Safarov Azamat Mamatali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Karbamid-formaldegid konsentrati asosida izosiyanatsiz usulda poliuretan olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materaillar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5838.
Ilmiy rahbar: Aliqulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Sottiqulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karbamid-formaldegid konsentrati asosida yangi turdagi poliuretanlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karbamid-formaldegid konsentrati, gliserin, karbamid va formalin asosida uretan guruhlari saqlovchi yangi turdagi oligomerlar sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sintez qilingan oliguretanlar va ftal angidridning o‘zaro reaksiyasi asosida yuqori yopishqoqlik, korroziyaga chidamlilik va deformatsion mustahkamlikka ega bo‘lgan yangi bog‘langan oligouretan-ftalli kompozision materiallar olish usuli ishlab chiqilgan;
oligouretanlarning ftal angidrid bilan kimyoviy reaksiyasi jarayonida reaksiya mahsulotlarining tabiati matrisa sifatida poliuretanlarni qo‘llash imkoniyatiga ta'sir qilmasligi isbotlangan va poliuretan asosidagi to‘ldirilgan yangi kompozitlar olingan;
oligouretan asosidagi poliuretan konstruksiyalarining shakllanish mexanizmi va uretan guruhli oligomerlarning ftalliuretan polimerlarning ishqalanish koeffisientiga ta’siri hamda yuk ortishi bilan ishqalanish koeffisientining oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karbamid formaldegid konsentrati asosida izosiyanatsiz usulda poliuretan olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijarlar asosida:
karbamid - formaldegid konsentrati asosida izosianatsiz usulda poliuretan olish texnologiyasi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK da poliuretan oligomerlar olishda amaliyotga joriy qilingan (“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKning 2025 yil 20 martdagi 09/1-179-son ma’lumotnomasi). Natijada, konveer tasmalari uchun foydalanilayotgan 101-T1, 301-L, 101-L markali rezina qorishmalarni olishda qo‘llaniladigan uretan saqlovchi elastomerlar olish imkoni yaratilgan;
olingan uretan saqlovchi elastomerlar “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK rezina qorishmalarni olishda amaliyotga joriy qilingan (“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK ning 2025 yil 20 martdagi 09/1-179-son ma’lumotnomasi). Natijada, konveer tasmalarining ishlash samaradorligini oshirish imkonini bergan.