Xajiboev Kishin Alisher o‘g‘lining
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
        “Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida tabiat va inson munosabatlari badiiy talqini” 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti (filologiya boʻyicha).
       Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4814 
       Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
       Ilmiy rahbar: Matkarimova Salomat Ko‘zievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Boltaeva Gulchehra Shokirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida tabiat va inson munosabatlari badiiy sintezining asar kompozisiyasi, syujeti, obrazlar tizimi va uslubida aks etish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romani yaratilishining tabiatga shafqatsiz munosabat natijasida Orol dengizining qurishi, otlar galasining nobud bo‘lishi, tuz koni va Nayson buva yodgorligining vayron etilishi  kabi ijtimoiy-falsafiy hamda indidual uslub, mavzuni yoritish mezonlari va badiiy  tasvir o‘ziga xosligi singari adabiy-estetik omillari ochib berilgan; 
romanda tabiat va inson munosabatlari rivoya, tavsif, dialog va monolog singari epik turning kompozision shakllari – asar qahramoni Ganja ruhiyatining quyosh bilan xayoliy muloqot orqali tasvirlanishi, shuningdek, rivoya unsurlari bo‘lmish izoh va sharhlar, muallif remarkalari vositasida poetik ifodalangani asoslangan;    
asar syujetida epizodik ekspozisiya qo‘llangani, tugunning Ganja va sohilda daryosiz kema, faqat manfaat yo‘lida ishlaydigan tizimga bo‘lgan munosabat vositasida o‘ziga xos ifodalangani, konfliktning xarakterlararo, qahramon va muhit hamda ichki (psixologik) turlari roman badiiyatini oshirgani isbotlangan; 
romanda tabiat va inson munosabatlari tasvirlangan obrazlar tizimining birinchi guruhi – bosh qahramon Ganja, yordamchi qahramonlar va epizodik  obrazlardan tarkib topgani, ikkinchi guruhni nabotot, hayvonot va jamodot obrazlari (Amudaryo, Meliqush, G‘irkovik, Qandim, qabar va h.k.) tashkil etishi aniqlanib, asar realistik uslub asosida yozilgani dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida tabiat va inson munosabatlarining poetik talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romani yaratilishiga tabiatga shafqatsiz munosabat natijasida Orol dengizining qurishi, otlar galasining nobud bo‘lishi, tuz koni va Nayson buva yodgorligining vayron etilishi  kabi ijtimoiy-falsafiy omillariga doir xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom Xorazm!”, Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” tabiat va inson munosabatlari badiiy talqini mavzusida nomli ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 13-maydagi 310-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarda tabiat va inson uyg‘unligi muammosining adabiy-estetik, ijtimoiy-falsafiy omillari, Erkin Samandar romanlari janr xususiyatlarining tabiat va inson obrazi uyg‘un talqinida ifodalanish usullari, tabiat va inson muammosining adib romanlari obrazlari va konsepsiyasida namoyon bo‘lish xossalarining bugungi kun uchun ahamiyatli bo‘lgan jihatlari yoritilgan;
Romanda tabiat va inson munosabatlari rivoya, tavsif, dialog va monolog singari epik turning kompozision shakllari – asar qahramoni Ganja ruhiyatining quyosh bilan xayoliy muloqoti orqali poetik ifodalangan xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023 yillarda bajarilgan OT-F1-030. “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 30-apreldagi 01/4-1789-son ma’lumotnomasi). Natijada Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romanida jahon adabiy-estetik tafakkuri sintezi, adib romanida tabiat va inson konsepsiyasi obrazli namoyon bo‘lishi, adibning adabiy-estetik qarashlari yuzasidan bildirilgan fikrlarni keng o‘quvchilar ommasiga yetkazish imkoniyati yaratilgan;
“Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romani syujetida epizodik ekspozisiya qo‘llangani, tugunning Ganja va sohilda daryosiz kema, faqat manfaat yo‘lida ishlaydigan tizimga bo‘lgan munosabat vositasida o‘ziga xos ifodalangani, konfliktning xarakterlararo, qahramon va muhit hamda ichki (psixologik) turlari roman badiiyatini oshirgani isbotlangan xulosalaridan lL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 29-apreldagi 01/4-1747-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiat va inson muammosining yozuvchining “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romani obrazlari va roman konsepsiyasida qanday namoyon bo‘lishi asoslanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish