Abdirashidov Durbek Abdirashid o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polivinilxlorid va mineral to‘ldiruvchilar asosida olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5578.
Ilmiy rahbar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnik fanlari doktori, dotsent; Karimova Kamolaxon Bahadirovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxlorid va mineral to‘ldiruvchilar hamda melamin sianurat asosida olovbardosh organik materiallar tarkibini yaratish, ularni iqtisodiy hamda ekologik samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PVX bilan o‘zaro mos keluvchi modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar va mineral to‘ldiruvchilar tanlab olinib, ularning fizik-kimyoviy xossalari, kompozisiyaga kiritilishidagi kinetik va strukturaviy o‘zgarishlar hamda yakuniy materialning ekspluatatsion xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
PVX, galogensiz modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar hamda mineral to‘ldiruvchilar asosida kompozit olish jarayonida komponentlarning bir xil dispersiyalanishini taʼminlovchi aralashtirish, ekstruziya va quyish bosqichlari uchun maqbul texnologik parametrlar ishlab chiqilgan;
PVX asosidagi materiallarning kislorod indeksi15% dan 22,1 %  ko‘tarilishi galogensiz modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar - melamin, melamin sianurat va mineral to‘ldiruvchi talkning miqdori va ularning kompozisiyadagi o‘zaro sinergik ta’siri aniqlangan;
galogensiz modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar va to‘ldiruvchi bilan olingan kompozit materiallarning fizik mexanik xossalari 24-25 MPa kuchlanishda deformatsiyasi 85% dan 95 % gacha ko‘tarilgani aniqlangan;
olingan materiallarning termik barqarorligi 353,3 °C da o‘zgarmasligi va komponentlarning PVX polimer matrisasiga sinergik ta’siri natijasida parchalanish jarayonining kechikishi aniqlangan;
mineral to‘ldiruvchilar va PVX asosida olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polivinilxlorid va mineral to‘ldiruvchilar asosida olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
PVX va galogensiz qo‘shimcha melamin sianurat va mahalliy mineral to‘ldiruvchi talk asosida olingan organik materialning olovbardoshligini oshiruvchi qoplamalar olish usuli Muborak GQIZ “O‘zbekneftgaz” Muborak gazni qayta ishlash zavodi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Muborak GQIZ “O‘zbekneftgaz” Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2025 yil 23 oktyabrdagi 1024/GK-10 ma’lumotnoma). Natijada, PVX va mahalliy mineral to‘ldiruvchilar hamda galogensiz antipirenlar metall konstruksiya va quvurlarni olovbardoshligini oshiruvchi qoplama hosil qiluvchi materiallarni olish imkonini bergan;
polivinilxlorid va mineral to‘ldiruvchilar asosida olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasi “Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati (AJ) da amaliyotga joriy qilingan (“Jizzax plastmassa” AJ ning 2025 yil 12-avgustdagi 07-11/352-sonli ma’lumotnomasi); Natijada, olovbardosh, issiqlikka chidamli, cho‘zilish va zarbaga bardoshlili, deyarli tutun hosil qimaydigan, kimyoviy va UF nurlarga barqaror yangi avlod kabel hamda izolyasion quvurlarning ekspluatatsion xossalarini oshirish imkonini bergan. 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish