Obidova Shoxsanam Akromjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asab kasalliklarida foydalaniladigan yangi oziq-ovqat qoʻshilmalarini olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K886.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xakimov Nasrulla Sabirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mo‘ydinov Nurillo To‘xtarovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Valeriana officinalis l. ildiz va ildizpoya, Matricaria chamomillal gullari, Melissa officinalis l. er ustki qismi, Urtica dioical barglari,  Hupe ricum perforatum l er ustki qismi Jasminum l. gullari kompozisiyasi asosida xalq tabobati uchun oziq-ovqat qoshilmalari ishlab chiqish hamda olingan yangi tovarlarni TIF TN bo‘yicha  sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida etishtirilgan Valeriana officinalis L., Matricaria chamo milla L., Melissa officinalis, Urtica dioica L., Hypericum perforatum L. hamda Jasmi num L. o‘simliklarining tarkibidagi makro- va mikroelementlar induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli yordamida aniqlanib K, P, Mg, Fe, Zn, Ca, Na kabi asosiy elementlarning yuqori miqdorda to‘planishi isbotlangan;
mazkur o‘simliklarning ekstraktlarining in vitro sharoitida antioksidant faollik lari AF% qiymatlari asosida tizimli baholanib, mos ravishda yuqori ko‘rsatkichlar isbotlangan;
 “As-Sabr” va “As-Sedan” oziq-ovqat qo‘shilmalarining element tarkibi (IBP-OES) usulida aniqlanib, K, Mg, Fe, Ca, Mn, Na, P, Si kabi hayotiy zarur elementlar yuqori miqdorda saqlanishi aniqlangan;
“As-Sabr” va “As-Sedan” oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi suvda eruvchan B gurux vitaminlari B1, B2, B6, B9, C va fenol birikmalar salisil kislota, kversetin, rutin, gall kislotasi YuSSX usulida isbotlangan;
“As-Sabr” va “As-Sedan” oziq-ovqat qo‘shilmasi asab kasalliklarini chaqiruv chi ksilolga nisbatan dien kon’yugatlari, superoksid dismutaza (SOD), katalaza, malondialdegid (MDA) va oqsil miqdori fermentlarining yuqori katalitik faolligi biologik oksidlanish jarayonlarini ingibirlab, qaytara olish xossasini namoyon qila olishi IFA usuli orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Valeriana officinalis L., Matricaria chamomilla L, Melissa officinalis, Urtica dioica L., hupericum perforatum L., Jasminum dorivor o‘simliklar qismlari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Valeriana officinalis L., Matricaria chamomilla L, Melissa officinalis, asosida “As-Sabr” hamda Urtica dioica L., hupericum perforatum L., Jasminum kompozit siyasi asosida “As-Sedan” nomli yangi oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomasi (TY 303271760-03:2025) ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat Bosh boshqarmasi tomonidagi Sanitar-epidemiologik xulosa berilgan (O’zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat Bosh boshqarmasining 2025 yildagi  021928-son son xulosasi) Natijada, Valeriana officinalis L., Matricaria chamomilla L, Melissa officinalis, Urtica dioica L., Huperi cum perforatum L., Jasminum asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
“As-Sabr” va “As-Sedan” nomli yangi oziq-ovqat qo‘shilmalari tovar sifatida sinflanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “Valeriana officinalis L., Matricaria chamomilla L, Melissa officinalis, Urtica dioica L., Hupericum perforatum L., Jasmi num dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan, tarkibida B, C, PP kabi vitaminlar, rutin, kversetin, apigenin kabi flavonoidlar, foydali, elementlari kabi tabiiy birikmalar saqlagan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun – 1212 30 150 9 tovar kod raqami ishlab chiqilib davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining 2024-yil 4-dekabrdagi № 17/05-24-2125 – son ma’lumotnomasi). Natijada, Valeriana officinalis L., Matricaria chamomilla L. kabi o‘simliklar asosida ishlab chiqilgan tovarlarni eksport va importida to‘g‘ri dekloratsiyalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish