Tuychiev G‘ofurjon O‘rmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qon suyultiruvchi va moziy bezi yallig‘lanishini davolashga shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1038.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdulloev Obidjon Shaxabidinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vohidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mamatqulova Surayyo Abdusamatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: qarag‘ay gulchanglari, sarimsoqpiyoz, ot kashtani, gazanda o‘ti asosida qon ivishini me’yorlashtiruvchi hamda prostata bezi yallig‘lanishini oldini oluvchi va davolovchi tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish, kimyoviy tarkibini, biologik faolligini aniqlash hamda samaradorlik va xavfsizlik profilini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy qarag‘ay gulchanglari (Pinus spp.), sarimsoqpiyoz (Allium sativum L.), ot kashtani (Aesculus hippocastanum L.), gazanda o‘ti (Urtica dioica L.) va ularning har xil tarkibli kompozisiyalarining in vitro sharoitida antioksidant, antiradikal faolliklarini baholash asosida qon suyultiruvchi va prostata bezi kasalligini davolash xususiyatiga ega bo‘lgan samarali “Astuy” va “Prostafito” oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarining biologik faol moddalar tarkibi YuSSX usulida o‘rganilganda «Prostafito» oziq-ovqat qoshilmasi B3, B6, PP vitaminlari, kempferol flavonoidiga, «Astuy» oziq-ovqat qo‘shilmasi B3, B6, B2 vitaminlari, rutin, apidenin flavonoidlariga boy ekanligi aniqlangan;
IBP OES usulida «Prostafito» va «Astuy» oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibidagi 49 ta kimyoviy elementlar miqdori aniqlanganda ularda inson salomatligi uchun foydali bo'lgan makroelementlar va hayotiy muhim bo‘lgan mikroelementlar etarli bo‘lib, zaharli va og‘ir metallar me’yoriy miqdordan ko‘p emasligi isbotlangan;
«Prostafito» va «Astuy» oziq-ovqat qo‘shilmalarining in vitro sharoitida andiradikal faolligini baholash ularning antiradikal faolligi yuqori ekanligini hamda organizmda sodir bo‘ladigan patologik o‘zgarishlarning asosiy sababchilaridan bo‘lgan radikallanish jarayonini ingibirlash orqali yallig‘lanishni oldini olish hamda davolashda qo‘llash mumkinligi asoslangan;
oziq-ovqat qo‘shilmalarining zaharlilik darajasi past, «Prostafito» oziq-ovqat qo‘shilmasining moziy bezi yallig‘lanishini oldini oluvchi va davolovchi xususiyati, «Astuy» oziq-ovqat qo‘shilmasining qonni suyiltirish, quyuqlashishini oldini olish xususiyati hamda samaradorligi yuqori ekanligi in vivo sharoitida isbotlangan; 
olib borilgan klinik tadqiqotlar natijasida mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalari yuqorida qayd etilgan kasalligi bor be’morlarga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qon suyultiruvchi va moziy bezi yallig‘lanishini davolashga shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalari olish bo‘yocha ilmiy natijalar asosida:
qarag‘ay gulchanglari va gazanda o‘ti asosida moziy bezi yallig‘lanishiga qarshi «Prostafito» hamda sarimsoqpiyoz, ot kashtani mevalari asosida qon suyultiruvchi «Astuy» oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish  texnologik yo‘riqnomasi (TI27110484-04:2025) ishlab chiqilib “As-Kam-farma” MChJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat Bosh boshqarmasining 02.10.2025 yildagi 01-28/9431-son ma’lumotnomasi). Natijada, prostata bezi kasalliklarini va qon qo‘yilishini oldini olish va qon qo‘yilishi kasalligiga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan; 
qarag‘ay gulchanglari va gazanda o‘ti asosida «Prostafito» hamda sarimsoqpiyoz, ot kashtani mevalari asosida ishlab chiqarilgan «Astuy» oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarilishiga ruxsatnomalar olingan (O’zbeksiton Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 28.10.2025 yildagi № 1117064 va № 1117066-sonli ruxsatnomalari). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarni iste’molchilar bozoriga chiqarish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish