Jumaeva Muxlisa Baxshullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Cho‘l hududlari toponimlarining tabiiy geografik xususiyatlari (Navoiy viloyati misolida)», 11.00.01 - Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr280.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Ma’ruf Rustamovich, geografiya fanlari doktori, professor; Bayqabilov Husniddin Mardanovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyati misolida cho‘l hududidagi joy nomlarining tabiiy geografik xususiyatlarini aniqlash va ularni hududiy tarqalish hamda nomlanish qonuniyatlarini asoslash, toponimlarni guruhlashtirish, standartlashtirish va tasniflash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
cho‘l hududlari joy nomlarining tabiiy geografik xususiyatlari aniqlanib, morfologik strukturasi, semantik va funksional vazifalari bo‘yicha xususiyatlari tasniflangan;
geografik ob’ekt nomlarining geografik joylashuvi va etimologiyasi bo‘yicha veb texnologiyalarga asoslangan Navoiy viloyati joy nomlarining elektron platformasi yaratilgan;
ArcGIS (10.8) dasturi yordamida Navoiy viloyatining 1:2200000 masshtabli gidronimlar hamda oronimlar xaritalari yaratilgan;
Navoiy viloyati geografik joy nomlarining foydalanuvchilar uchun interaktiv, tahliliy va o‘quv imkoniyatlariga ega elektron platformasi algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy viloyati joy nomlarini tabiiy geografik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Navoiy viloyati cho‘l hududlarining toponimlarining tabiiy-geografik omillar bilan bog‘liqligiga asoslangan tasniflari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi 2025 yil 16 maydagi 03/03-5268-son ma’lumotnomasi). Natijada, toponimlarning shakllanishi va ma’nolarida tabiiy muhitning ta’sirini aniq ko‘rsatish, ularning tuzilishi, mazmuni va hududdagi funksional ahamiyati bo‘yicha tizimli tasnif ishlab chiqish imkonini bergan;
viloyat hududidagi geografik ob’ekt nomlarining tarixiy-etimologik kelib chiqishi va geografik joylashuvi asosida yaratilgan, foydalanuvchilar uchun qulay veb-platformasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi 2025 yil 16 maydagi 03/03-5268-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanuvchilar uchun qulay, interaktiv veb-platforma ishlab chiqilgan, bu esa toponimlarning tarixiy-ma’noviy xususiyatlarini va joylashuvini oson va aniq o‘rganish imkonini bergan;
ArcGIS dasturi vositasida Navoiy viloyatining toponimik xaritasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi 2025 yil 16 maydagi 03/03-5268-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidronimlar va oronimlarning geografik joylashuvi, ularning tabiiy-geografik xususiyatlari bilan bog‘liqligi vizual va tahliliy jihatdan aniq aks ettirilgan, bu esa hududning toponimik xususiyatlarini tizimli o‘rganish va tahlil qilish imkonini bergan;
toponimik ma’lumotlarni raqamli tizimda aks ettiruvchi elektron platformadan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi 2025 yil 16 maydagi 03/03-5268-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanuvchilar uchun interaktiv, tahliliy va o‘quv imkoniyatlariga ega zamonaviy axborot resursi ishlab chiqilgan, bu toponimlarning tizimli tahlili va ulardan samarali foydalanish imkonini bergan.