O‘rmonov Dadaxon G‘olibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi florasidagi Limonium otolepis va Limonium ferganense turlarining kimyoviy tarkibi hamda biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K790.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjan Aminovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon, kimyo fanlari doktori, professor; Isaev Yusup Tojimamatovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Limonium otolepis va Limonium ferganense o‘simliklarining kimyoviy tarkibini fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlash, ularning ekstraktlari biologik faolligini baholash hamda o‘simlik ekstraktlari asosida ko‘p funksiyali nanozimlar olish va ularni tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor YuSSX usulidan foydalangan holda L. otolepis va L. ferganense er ustki qismi polifenol tarkibi tahlil qilindi, natijada apigenin, gall kislota, izoramnetin, rutin kabi flavonoidlari mavjudligi isbotlangan;
IBP-OES usulida L. otolepis va L. ferganense er ustki qismlari mineral tarkibi o‘rganilib, ularni o‘sish muhitiga qarab keskin farq qilishi aniqlangan;
O‘rta Osiyo hududida o‘rganilgan Limonium turlari orasidan birinchi bo‘lib L. otolepis er ustki qismi spirtli ekstraktidan apigenin flavonoidi sof holda ajratib olingan va strukturasi fizikaviy usullar bilan isbotlangan;
L. otolepis ildizi suvli va spirtli ekstraktlari hamda ular asosida olingan tannin-formaldegid smola termik barqarorliklari termogravimetrik usulda aniqlangan;
L. otolepis spirtli ekstraktidan olingan xloroform, etilasetat va suv-spirtli fraksiyalarini antimikrobial xossalari isbotlangan;
L. otolepis spirtli ekstraktidan olingan etilasetatli fraksiya sifat tarkibini o‘rganish uchun SX-MS usuli qo‘llanilgan va bir qancha polifenol birikmalar mavjudligi aniqlangan;
ilk bor L. otolepis ildizi spirtli ekstraktini qo‘llagan holda, antimikrob va ferment xossali nanozimlar sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. L. otolepis va L. ferganense o‘simliklari kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
L. otolepis va L. ferganense o‘simliklari kimyoviy tarkibi aniqlashga doir natijalardan “Fizikaviy tadqiqot usullari” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 7 oktyabr 387-sonli buyrug‘i, 427352-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida ushbu fan bo‘yicha talabalarga mashg‘ulot olib borish imkonini bergan;
L. otolepis o‘simligining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini aniqlash natijalaridan Qozog‘iston Respublikasining Nazarboev universiteti “Tabiiy resurslardan olinib, dopelangan uglerod nanoagregatlari asosida nanozim va antimikrob vositalarning yangi sinfini ishlab chiqish va potensial sanoatlashtirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasining Nazarboev universitetining 2025 yil 17 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, ajratib olingan biologik faol birikmalarning uglerod nanoagregatlari bilan funksional integratsiyasi asosida yuqori katalitik va antimikrob faollikka ega bo‘lgan nanozim tizimlarini yaratish imkonini bergan.