Mirzaev Sanjar Olimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8708
Ilmiy rahbar: Samieva Shaxnoz Xikmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 
Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: 
Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03 
Rasmiy opponentlar: 1. Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; 
2. Gafforov Alisher Xolmurodovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika oliy ta’lim muassasalarida “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish hamda pedagogik jarayonda samarali tatbiq etish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
        texnika oliy ta’lim muassasalari malaka talablaridan texnologik bilimlarni g‘oyalar generatori tamoyili asosida “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanini o‘qitish jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari motivatsion, obrazlilik, tezkorlik va refleksivlik tamoyillari orqali o’qitishning zamonaviu didaktik imkoniuatlari aniqlashtirilgan;
    texnika oliy ta’lim muassasalarida “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanini o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida interfaol ta’lim metodlari va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarda texnik fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari (tashxislash, ixtirochilik va boshqarish) va o‘ziga xos jihatlari dasturiy ilovalar, 3D animatsiualar asosida rivojlantirilgan;
    “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanini o‘qitishda talabalarning  texnologik va kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nostandart texnik masalalar, axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali innovatsion o‘qitish metodlarini integratsiyalashga asoslangan model takomillashtirilgan;
    “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti”  fanini o‘qitishning o‘quv - metodik ta’minoti diskretlilik va axborotlilik tamoyillariga ko‘ra ta’limni raqamlashtirish qonuniyatlariga funksional imkon beruvchi integral baholash mezonlarini kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
texnika oliy ta’lim muassasalari malaka talablaridan texnologik bilimlarni g‘oyalar generatori tamoyili asosida “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanini o‘qitish jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari motivatsion, obrazlilik, tezkorlik va refleksivlik tamoyillari orqali o’qitishning zamonaviu didaktik imkoniuatlariga oid taklif va tavsiyalar “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” va “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanlari dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 4-apreldagi 02/01-01-48-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar bo‘lajak muhandislarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi;
texnika oliy ta’lim muassasalarida “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanini o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida interfaol ta’lim metodlari va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarda texnik fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari (tashxislash, ixtirochilik va boshqarish) va o‘ziga xos jihatlari dasturiy ilovalar, 3D animatsiualar asosida “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” nomli  o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 4-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, 233-0998- raqamli nashr guvohnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma talabalarda “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanidan  kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi;
“Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti” fanini o‘qitishda talabalarning  texnologik va kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nostandart texnik masalalar, axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali innovatsion o‘qitish metodlarini integratsiyalashga asoslangan model mazmunini qamrab oluvchi Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-ERR-l-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+SVNE IMEP: (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 1-martdagi  589/30-02-01-son ma’lumotnomasi). “O‘zbekistonda texnika oliy ta’lim muassasasi tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan. Natijada, suv xo‘jaligida elektr ta’minoti mashg‘ulotlarini o‘qitishda talabalarning kreativlik qobiliyatini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish