Isroilova Husnidaxon Vaxobjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Biopolimerlar va polimerlarning kimyoviy tarkibi asosida sinflash va standartlash», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K898.
Ilmiy rahbarlar: Abdug‘aniev Baxtiyor Yormaxamatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xakimova Fazilat Abdusobirovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Jalolov Iqboljon Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Egamberdiev Dostonbek Usmonjon o‘g‘li, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublika hududiga olib kirilayotgan va undan olib chiqib ketilayotgan tabiiy, sintetik va sun’iy polimerlarning miqdoriy kimyoviy tarkibini yuqori aniqlikdagi, ishonchli va tezkor uslublarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasining mezon ko‘rsatkichlari asosida tovar tarkibidagi jun, ipak va paxta tolalarini analitik uskunalarda tezkor aniqlash bo‘yicha yangi uslubiyot ishlab chiqilib, ularning TIF TN bo‘yicha to‘g‘ri tasnifi uchun qo‘llash mexanizmi asoslangan;
jun va ipak tolalarining sifat va miqdoriy tarkibi hplc usuli yordamida tahlil qilinib, bojxona maqsadlari uchun qo‘llaniladigan yangi identifikatsiya usuli ishlab chiqilgan va miqdoriy qiymatlari aniqlangan hamda tadqiqot natijalarining aniqligi parallel o‘lchovlar o‘rtasidagi mutlaq farqni baholash orqali takroriylik sharoitida isbotlangan;
jun va ipak tolalari aralashmasidan tayyorlangan matolarning sifat va miqdoriy tarkibi iq-fure spektrometri yordamida aniqlangan, uslubning takroriyligi va aniqligi parallel tajriba natijalari asosida baholangan, shuningdek litva laboratoriyasi natijalari bilan mos kelishi orqali uning ishonchliligi tasdiqlangan;
polimer mahsulotlari va chiqindilarining tif tn bo‘yicha noto‘g‘ri kodlanishi oqibatida yuzaga keladigan iqtisodiy va ekologik xatarlarni kamaytirish hamda xalqaro amaliyotga muvofiq xavf darajasini baholovchi strategik yondashuvlarni joriy etish zaruratidan kelib chiqib, ularni to‘g‘ri identifikatsiya qiluvchi yangi tezkor uslubiyot ishlab chiqilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasining mezon ko‘rsatkichlari asosida polimerlardagi polivinilxlorid, poliamid, poliizobutilen va poliuretan tarkibini analitik uskunalarda tezkor aniqlash bo‘yicha uslubiyot ishlab chiqilgan, uning tif tn kodlarini to‘g‘ri belgilashdagi qo‘llanish samaradorligi isbotlangan;
tashqi iqtisodiy faoliyatda polimer mahsulotlarini aniqlash, bojxona bojlaridan ozod qilish, kompensatsiyalar berish, pet chiqindilariga cheklovlar qo‘llash, polietilen granulalariga aksiz solig‘ini tatbiq etish va polimer chiqindilarini boshqarish jarayonlarining dolzarbligidan kelib chiqib, ularning turlarini tezkor aniqlash imkonini beruvchi uslubiyotlar majmuasi ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslangan;
poliamid, poliefir, jun, ipak va paxta tolalari hamda ular asosida tayyorlanadigan mahsulotlarni to‘g‘ri tasniflash va identifikatsiya qilish tashqi savdo va bojxona nazoratining muhim omili sifatida baholanib, infraqizil spektroskopiya usuli orqali ushbu materiallarning kimyoviy tuzilmasini aniqlash imkoniyati isbotlangan va amaliy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy, sintetik va sun’iy polimerlarning kimyoviy tarkibiga asoslanib ularning TIF TN kodi raqamlarini belgilash va standartlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy, sintetik va sun’iy polimerlarni bojxona ekspertizasi jarayonida tezkor, ishonchli va aniq aniqlash imkonini beruvchi yagona analitik uslub Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (Markaziy bojxona laboratoriyasining 2024 yil 4 dekabrdagi 17/05-24-2115-sonli ma’lumotnomasi asosida). Natijada, bojxona organlariga import qilinayotgan tabiiy va sintetik tolalar aralashmasidan tayyorlangan matolarning kimyoviy tarkibini aniqlash orqali ularning to‘g‘ri TIF TN kodlarini belgilash va standartlashtirish amaliyotini takomillashtirish imkonini bergan;
tabiiy, sintetik va sun’iy polimerlarning miqdoriy kimyoviy tarkibini yuqori aniqlikdagi, ishonchli va tezkor uslublarni ishlab chiqishga oid natijalaridan “Tovarlar kimyosi (Tovarlar ekspertizasi misolida)” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i, 517335-sonli guvohnoma). Natijada, tabiiy, sintetik va sun’iy polimerlarning kimyoviy tarkibi, tuzilma–xossa bog‘liqligi, identifikatsiya va tasniflash mezonlari, shuningdek ularni ekspertiza qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy analitik uslublarning funksional imkoniyatlari haqidagi ilmiy ma’lumotlarning o‘quv jarayoniga integratsiya qilinishi talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash imkonini bergan.