Islomova Moxiraxon Inomjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek adabiyotida qush obrazi talqinlari (“Zarbulmasal” asari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.2.PhD/Fil2439
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek adabiyotida qush obrazi talqinlarini tahlil etish asnosida Gulxaniyning “Zarbulmasal” asariga xos g‘oyaviy-falsafiy, badiiy-estetik jihatlarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
genezis nuqtai nazaridan o‘zbek adabiyotidagi qush kulti bilan bog‘liq qadimiy qarashlarning mazmun-mohiyati, tarixiy-mifologik jihatdan kelib chiqish asoslari, qushlarga aloqador e’tiqodiy munosabatlarning mifologik, folklor va yozma adabiyotdagi poetik tadrijiy taraqqiyoti, talqinlardagi turli qirralar, obrazlantirilish masalalarining badiiy qonuniyat hamda tamoyillari asoslangan;
ijtimoiy-falsafiy qarashlar ifodasi, voqelik tasvirlarida qushlarning ramziy obraz sifatida tutgan o‘rni, qiyosiy talqinlari, asosan, ularning yo‘l ko‘rsatuvchi, ilohiy hikmatlar va saboqlarni etkazuvchi vosita sifatida ramziy-majoziy qo‘llanishlari, muayyan g‘oyani yoritishdagi estetik vazifasi aniqlangan;
Gulxaniy o‘zigacha bo‘lgan mumtoz adabiyot an’analarini davom ettirib, yangi allegorik obrazlar yarata olganligi, o‘z zamondoshlarini tasvirlashda tanqidiy-realizm uslubining ustuvorligi hamda o‘zbek masalchiligini yangilanish, rivojlanish bosqichiga olib chiqqanligi dalillangan;
“Zarbulmasal” asari muallifining ijtimoiy-siyosiy hayotga faol tanqidiy qarashlari, jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyat, xalq boshqaruvi vakillarining bir-biriga va millatga bo‘lgan munosabati, kofliktlar, xonlik davri siyosiy jarayonlari, xususan, Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar, ularning xalq hayotiga ta’siri ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida “Zarbulmasal” asari orqali qush obrazi talqinlarini tadqiq etish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
genezis nuqtai nazaridan o‘zbek adabiyotidagi qush kulti bilan bog‘liq qadimiy qarashlarning mazmun-mohiyati, tarixiy-mifologik jihatdan kelib chiqish asoslari, qushlarga aloqador e’tiqodiy munosabatlarning mifologik, folklor va yozma adabiyotdagi poetik tadrijiy taraqqiyoti, talqinlardagi turli qirralar, obrazlantirilish masalalarining badiiy qonuniyat hamda tamoyillari asoslangan o‘rinlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universiteti bajarilgan FZ-201912099 raqamli “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillarida veb sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universitetining 2025-yil 19-martdagi №12099-19/03-son ma’lumotnomasi). Natijada qushlar obrazining og‘zaki va yozma adabiyotda homiy ruhlar haqidagi qadimgi mifologik tasavvur-tushunchalar, e’tiqodiy qarashlar bilan bog‘liqlikda talqin qilinishi, ramziy ma’nolari ko‘lamini ochishga xizmat qilgan.
Gulxaniy o‘zigacha bo‘lgan mumtoz adabiyot an’analarini davom ettirib, yangi allegorik obrazlar yarata olganligi, o‘z zamondoshlarini tasvirlashda tanqidiy-realizm uslubining ustuvorligi hamda o‘zbek masalchiligini yangilanish, rivojlanish bosqichiga olib chiqqanligi dalillangan fikr va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universitetida bajarilgan FZ-20190815110 raqamli “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan davlat universitetining 2025-yil 2-apreldagi №15110-02/04-son ma’lumotnomasi). Natijada qushlar obrazining og‘zaki va yozma adabiyotda homiy ruhlar haqidagi qadimgi mifologik tasavvur-tushunchalar, e’tiqodiy qarashlar bilan bog‘liqlikda talqin qilinishi, ramziy ma’nolari ko‘lamini ochishga xizmat qilgan;
“Zarbulmasal” asarida ijodkorning ijtimoiy-siyosiy hayotga faol tanqidiy qarashlari, jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyat, xalq boshqaruvi vakillarining bir-biriga va millatga bo‘lgan munosabati, konfliktlar, umuman, xonlik davri siyosiy jarayonlari, xususan, Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar, ularning xalq hayotiga ta’siri ochib berilgan fikr-mulohaza va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanalida 2025-yilning birinchi choragida efirga uzatilgan “Bir asar tarixi” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2025-yil 21-apreldagi № 25-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning badiiylik va ilmiylik jihati oshib, tinglovchi va tomoshabinlarning mumtoz asarlar xususiyatlariga doir bilim va tasavvurlari boyitilgan.