Yaxyoeva Firuza Obidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda kardiorenal sindrom immun-yallig‘lanish biomarkerlarining diagnostik ahamiyati” 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3090.
Ilmiy rahbar: Ganieva Shaxzoda Shavkat qizi, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich tibbiyot fanlari doktori, professor; Trigulova Raisa Xusainovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda kardiorenal sindrom immun-yallig‘lanish biomarkerlarining diagnostik ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yurak ishemik kasalligi va 2-tip kardiorenal sindromda IL-17A, IL-6, FGF-23, VEGF-A sitokinlari va nefrospesifik marker NGAL miqdorlarining ishonarli ortishi tizimli yallig‘lanishga olib kelishi va buyrak funksiyasi buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor 4-tip kardiorenal sindromda FGF-23 va sistatin C miqdorining ortishi miokard gipertrofiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri stimulyasiyasiga va chap qorincha qon haydash fraksiyasi miqdori kamayishiga olib kelishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor yurak ishemik kasalligi va 4-tip kardiorenal sindromda buyrak lipokalini (NGAL) va endotelial o‘sish omillari (FGF-23 va VEGF-A) miqdorlarining keskin ortishi buyrak to‘qimasining erta shikastlanishi va patologik angiogenez jarayonlari kuchayishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor yurak ishemik kasalligi va kardiorenal sindromda tizimli yallig‘lanishning kuchayishi fonida IL-6 sitokin miqdori, peshobdagi NGAL ko‘rsatkichlarining ortishi, al`buminuriya xamda glomerulyar fil`tratsiya tezligining keskin kamayishi buyrak funksiyasi buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda kardiorenal sindrom immun-yallig‘lanish biomarkerlarining diagnostik ahamiyatini aniqlash jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak ishemik kasalligi va 2-tip kardiorenal sindromda IL-17A, IL-6, FGF-23, VEGF-A sitokinlari va nefrospesifik marker NGAL miqdorlarining ishonarli ortishi tizimli yallig‘lanishga olib kelishi va buyrak funksiyasi buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha «Yurak ishemik kasalligini immunologik tashxislash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2024-yil 1-iyuldagi №14-m/018 sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 30.07.2024 yildagi 47-sonli, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.08.2024 yildagi 1490-2-42-TB/2024- sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bo‘yicha 20.07.2024 yildagi 127-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20-martdagi 24/06-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar yurak ishemik kasalligida kardiorenal sindromni o‘z vaqtida aniqlash, klinik-immunologik tashhislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali amaliy faoliyatlariga joriy etilishida yurak ishemik kasalligini immunologik tashxislash usuli qo‘llash kasallikning klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash va davolashning differinsirlangan usullaridan foydalanish xar bir bemorga nisbatan 530000 sum iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: yurak ishemik kasalligi va 2-tip kardiorenal sindromda IL-17A, IL-6, FGF-23, VEGF-A sitokinlari va nefrospesifik marker NGAL miqdorlarining ishonarli ortishi tizimli yallig‘lanishga olib kelishi va buyrak funksiyasi buzilishiga sabab bo‘lishi asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor 4-tip kardiorenal sindromda FGF-23 va sistatin C miqdorining ortishi miokard gipertrofiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri stimulyasiyasiga va chap qorincha qon haydash fraksiyasi miqdori kamayishiga olib kelishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha «Yurak ishemik kasalligini immunologik tashxislash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2024-yil 1-iyuldagi №24-m/018 sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 30.07.2024 yildagi 47-sonli, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.08.2024 yildagi 1490-2-42-TB/2024- sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bo‘yicha 20.07.2024 yildagi 127-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20-martdagi 14/06-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar yurak ishemik kasalligida kardiorenal sindromni o‘z vaqtida aniqlash, klinik-immunologik tashhislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali amaliy faoliyatlariga joriy etilishida yurak ishemik kasalligini immunologik tashxislash usuli qo‘llash kasallikning klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash va davolashning differinsirlangan usullaridan foydalanish xar bir bemorga nisbatan 530000 sum iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: 4-tip kardiorenal sindromda FGF-23 va sistatin C miqdorining ortishi miokard gipertrofiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri stimulyasiyasiga va chap qorincha qon haydash fraksiyasi miqdori kamayishiga olib kelishi asoslangan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak ishemik kasalligi va 4-tip kardiorenal sindromda buyrak lipokalini (NGAL) va endotelial o‘sish omillari (FGF-23 va VEGF-A) miqdorlarining keskin ortishi buyrak to‘qimasining erta shikastlanishi va patologik angiogenez jarayonlari kuchayishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha «Yurak ishemik kasalligini immunologik tashxislash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2024-yil 1-iyuldagi №24-m/018 sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 30.07.2024 yildagi 47-sonli, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.08.2024 yildagi 1490-2-42-TB/2024- sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bo‘yicha 20.07.2024 yildagi 127-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20-martdagi 24/06-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar yurak ishemik kasalligida kardiorenal sindromni o‘z vaqtida aniqlash, klinik-immunologik tashhislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali amaliy faoliyatlariga joriy etilishida yurak ishemik kasalligini immunologik tashxislash usuli qo‘llash kasallikning klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash va davolashning differinsirlangan usullaridan foydalanish xar bir bemorga nisbatan 530000 sum iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: yurak ishemik kasalligi va 4-tip kardiorenal sindromda buyrak lipokalini (NGAL) va endotelial o‘sish omillari (FGF-23 va VEGF-A) miqdorlarining keskin ortishi buyrak to‘qimasining erta shikastlanishi va patologik angiogenez jarayonlari kuchayishi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak ishemik kasalligi va kardiorenal sindromda tizimli yallig‘lanishning kuchayishi fonida IL-6 sitokin miqdori, peshobdagi NGAL ko‘rsatkichlarining ortishi, al`buminuriya xamda glomerulyar fil`tratsiya tezligining keskin kamayishi buyrak funksiyasi buzilishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha «Yurak ishemik kasalligini immunologik tashxislash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2024-yil 1-iyuldagi №24-m/018 sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali bo‘yicha 30.07.2024 yildagi 47-sonli, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.08.2024 yildagi 1490-2-42-TB/2024- sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bo‘yicha 20.07.2024 yildagi 127-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20-martdagi 14/06-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar yurak ishemik kasalligida kardiorenal sindromni o‘z vaqtida aniqlash, klinik-immunologik tashhislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali amaliy faoliyatlariga joriy etilishida yurak ishemik kasalligini immunologik tashxislash usuli qo‘llash kasallikning klinik-immunologik xususiyatlarini aniqlash va davolashning differinsirlangan usullaridan foydalanish xar bir bemorga nisbatan 530000 sum iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: yurak ishemik kasalligi va kardiorenal sindromda tizimli yallig‘lanishning kuchayishi fonida IL-6 sitokin miqdori, peshobdagi NGAL ko‘rsatkichlarining ortishi, al`buminuriya xamda glomerulyar fil`tratsiya tezligining keskin kamayishi buyrak funksiyasi buzilishiga sabab bo‘lishi asoslangan.