Madmarov Doniyor Abdumuxtor ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy va periferik vestibulopatiyalarning klinik-nevrologik xususiyatlari va differensial diagnostikasi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4910.
Ilmiy konsul`tant: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baxodirova Munisa Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
 II.Tadqiqotning maqsadi: markaziy va periferik vestibulopatiyalarning klinik-nevrologik xususiyatlarini kompleks baholash, differensial tashxislashni optimallashtirish hamda reabilitatsiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
markaziy va periferik vestibulopatiyali bemorlarda VASh va DHI shkala ko‘rsatkichlarining oshishi stabiloplatforma parametrlaridagi o‘zgarishlar va vertebrobazilyar havzada qon oqimi tezligining pasayishi bilan uzviy bog‘liq ekani aniqlangan;
vestibulopatiya patogenezida vertebrobazilyar havzada qon oqimi tezligining pasayishi natijasida vestibulyar yadrolar perfuziyasining kamayishi, propriotseptiv o‘tkazuvchanlikning buzilishi va stabilogramma tebranish amplitudasining 1,4–1,8 marta ortishi bilan kechuvchi neyrovaskulyar disfunksiya yetakchi omil ekani isbotlangan;
periferik vestibulopatiyali bemorlarda standart terapiya bilan birga individual ravishda tanlangan stabiloplatforma mashg‘ulotlarini qo‘llash natijasida stabilogramma tebranish amplitudasining pasayishi, COP deviatsiyasining qisqarishi va muvozanatni saqlash vaqtining uzayishi bilan namoyon bo‘lgan barqaror reabilitatsion samarani ta’minlashi isbotlangan;
markaziy va periferik vestibulopatiyali bemorlarda klinik, gemodinamik va stabiloplatforma ko‘rsatkichlariga asoslangan differensial tashxis mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy va periferik vestibulopatiyali bemorlarda differensial yondashuvni xamda reabilitatsiyani optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: markaziy va periferik vestibulopatiyali bemorlarda VASh va DHI shkala ko‘rsatkichlarining oshishi stabiloplatforma parametrlaridagi o‘zgarishlar va vertebrobazilyar havzada qon oqimi tezligining pasayishi bilan uzviy bog‘liq ekani aniqlanganligi “Markaziy va periferik vestibulopatiyalarning klinik-nevrologik xususiyatlariga asoslanib differensial diagnostikasini optimallashtirish” (Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasininng 2025 yil 23 apreldagi 94-sonli guvohnomasi) va Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Farg‘ona shaxar 1-sonli shifoxonasiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: markaziy va periferik vestibulopatiyalarning klinik va laborator-instrumental xususiyatlari hamda bosh miyaga qon olib keluvchi arteriyalar va vertebrobazilyar havzadagi gemodinamik buzilishlar bilan klinik-nevrologik simptomatikaning og‘irlik darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik baholandi. Bu esa tashxis qo‘yish samaradorligini minimal iqtisodiy xarajatlar bilan oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan diagnostika terapevti modelni joriy etish natijasida mutaxassislarga rejadan tashqari murojaatlar sonini kamaytirish mumkin bo‘ldi, bu esa bir kurs davolash narxini o‘rtacha 1850 000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: markaziy va periferik vestibulopatiyalarni tashxislash va davolashda ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish tibbiy yordam samaradorligini oshirish, terapiyaga individual yondashuvni ta’minlash va sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy yukni kamaytirish bilan birga klinik va funksional natijalarni yaxshilash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: vestibulopatiya patogenezida vertebrobazilyar havzada qon oqimi tezligining pasayishi natijasida vestibulyar yadrolar perfuziyasining kamayishi, propriotseptiv o‘tkazuvchanlikning buzilishi va stabilogramma tebranish amplitudasining 1,4–1,8 marta ortishi bilan kechuvchi neyrovaskulyar disfunksiya yetakchi omil ekani isbotlanganligi “Markaziy va periferik vestibulopatiyalarning klinik-nevrologik xususiyatlariga asoslanib differensial diagnostikasini optimallashtirish” uslubiy tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Ishlab chiqilgan tavsiyalar Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasininng №94-sonli (23.04.2025y) buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Farg‘ona shaxar 1-sonli shifoxonasiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: markaziy va periferik vestibulopatiyalarga ega bemorlarda reabilitatsiya jarayonida qo‘llanilgan usullarning xulosalari jamlandi, bu esa mazkur patologiyalarni yanada maqsadli differensatsiya qilish va reabilitatsiya samaradorligi oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan yondashuvning amalga oshirilishi kompyuter tomografiyalar va boshqa klinik-instrumental tadqiqotlar natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik diagnostika jarayonini optimallashtirish imkonini berdi bu esa har bir bemor uchun har bir terapiya kursiga o‘rtacha 2125000 so‘mgacha byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejashni ta’minladi. Xulosa: markaziy va periferik vestibulopatiyalarda mrt tasvirlarining xususiyatlari va ularning boshqa klinik-instrumental tadqiqotlar natijalari bilan birga reabilitatsiyada qilish davomida maqbul reabilitatsiya modeli ishlab chiqildi, bu esa diagnostika va tibbiy yordam narxini kamaytirish bilan birga klinik, funksional va psixosotsial davolash natijalarini yaxshilashga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: periferik vestibulopatiyali bemorlarda standart terapiya bilan birga individual ravishda tanlangan stabiloplatforma mashg‘ulotlarini qo‘llash natijasida stabilogramma tebranish amplitudasining pasayishi, COP deviatsiyasining qisqarishi va muvozanatni saqlash vaqtining uzayishi bilan namoyon bo‘lgan barqaror reabilitatsion samarani ta’minlashi isbotlanganligi “Markaziy va periferik vestibulopatiyalarning klinik-nevrologik xususiyatlariga asoslanib differensial diagnostikasini optimallashtirish” uslubiy tavsiyalar tarkibiga kiritilgan va bu yangilik Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasininng  (23.04.2025y) №94-buy- rug‘iga asosan Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Farg‘ona shaxar 1-sonli shifoxonasiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining o‘zgarishlari va terapiya samaradorligining klinik prediktorlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish vestibulopatiyalarning aniq bemorlardagi individual prognozini yaxshilashga yordam berdi.Bu shubhasiz, bemorlar hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan terapiya algoritmidan foydalanish davolanish muddatini qisqartirishni, qimmat dori-darmonlar aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minladi. Har bir bemorga o‘rtacha xarajat iqtisod qilish har bir kurs uchun 2176000 so‘mdan 3600000 so‘mgacha bo‘lgan. Xulosa: qo‘llangan tadqiqot usullari natijalarining o‘zgarishlari va terapiya samaradorligining klinik prediktorlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik vestibulopatiyalarning individual prognozini yaxshilashga imkon berdi.Markaziy va periferik vestibulopatiya bilan xastalangan bemorlar bu reabilitatsiya usuli yordamida bosh aylanishlarini kamayishi va muvozanatini tez tiklanishiga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: markaziy va periferik vestibulopatiyali bemorlarda klinik, gemodinamik va stabiloplatforma ko‘rsatkichlariga asoslangan differensial tashxis mezoni ishlab chiqilganligi Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasininng №94-sonli (23.04.2025y) buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Farg‘ona shaxar 1-sonli shifoxonasiga tadbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: yuqori sezgirlik, spesifiklik va tashxis aniqligiga ega bo‘lgan differensial tashxis algoritmi ishlab chiqildi. Bu algoritm ambulator va statsionar sharoitlarda qo‘llash uchun mos bo‘lib, vestibulopatiyalarning kelib chiqish sabablarini erta aniqlash imkonini yaratadi hamda ularning surunkali tus olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Iqtisodiy samaradorligi: tashxis algoritmini joriy etish vestibulopatiyalarning erta tashxisi va maqsadli davolanishiga imkoniyat yaratib, ambulator va statsionar davolanish xarajatlarini har bir bemor uchun 1625000 so‘mgacha kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: yuqori sezgirlik, spesifiklik va diagnostik aniqlikka ega bo‘lgan bosqichma-bosqich differensial tashxis algoritmi ishlab chiqildi. U ambulator va statsionar amaliyotda samarali qo‘llanishi mumkin, vestibulopatiyalarning erta aniqlanishi va surunkalashuvini oldini olishga yordam beradi. Bu bemorlarning funksional holatini yaxshilashga, o‘z-o‘zini parvarish qilish darajasini oshirishga va nogironlik xavfini kamaytirishga yordam berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish