Abdug‘anieva Dilso‘z Faxriddin kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homila o‘sishi kechikishini prognozlash va profilaktikasini takomillashtirish” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: №B2024.4.PhD/Tib5062.
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Nilufar Abdujabborovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. homila o‘sishining kechikishi sindromining klinik va immunobiokimyoviy xususiyatlarini tahlil qilish asosida uni prognozlash va oldini olish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
HO‘KS (homila o‘sishining kechikishi sindromi) bo‘lgan ayollarda homiladorlik va tug‘ruq kechishida og‘ir preeklampsiya, bachadon-yo‘ldosh qon aylanishining II–III darajali buzilishi, abdominal tug‘ruq hamda perinatal o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqori darajasi uchrashi isbotlangan;
20-24 yoshdagi o‘zbek populyasiyasi ayollarida erta HO‘KS rivojlanishini bashorat qilishda differensial yondashuv, oldingi abortlar, surunkali arterial gipertenziya va siydik yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan, kech HO‘KS rivojlanishi 35 va undan katta yosh, 3 yoki undan ortiq tug‘ruqlar, oldingi muddatdan oldin tug‘ruqlar, og‘ir preeklampsiya va perinatal yuqotishlar bilan bog‘liqligi ilmiy isbotlangan;
homiladorlarda angiogen o‘sish omillari darajasining pasayishi HO‘KS rivojlanishi bilan bog‘liqligi va patologiyaning erta shaklini baholashda VEGF A, IGF-I, hamda PlGF kabi biomarkerlar erta XO‘KS rivojlanishida muhim prognostik ahamiyatga ega ekanligi hamda og‘ir preeklampsiya va HO‘KS kabi qo‘shma asoratlar rivojlanishining belgisi hisoblanishi isbotlangan;
klinik-fenotipik va immunologik tadqiqotlar asosida HO‘KS patologiyasining oldini olish asoslari, XO‘KS rivojlanishi bo‘yicha yuqori xavf guruhidagi ayollarni homiladorlikka tayyorlashni, shuningdek, VEGF A va IGF-I o‘sish omillarining miqdoriy darajalarini bashorat qilish orqali HO‘KSni klinik belgilar paydo bo‘lmasidan oldin erta tashxislash va homiladorlikning dastlabki bosqichlaridan boshlab profilaktik gestogen terapiyasidan foydalanish algoritmi ishlab chiqish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
HO‘KS bo‘lgan ayollarda homiladorlik kechishining klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish va angiogen o‘sish omillarini aniqlash asosida diagnostik yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: HO‘KS (homila o‘sishining kechikishi sindromi) bo‘lgan ayollarda homiladorlik va tug‘ruq kechishida og‘ir preeklampsiya, bachadon-yo‘ldosh qon aylanishining II–III darajali buzilishi, abdominal tug‘ruq hamda perinatal o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqori darajasi uchrashi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali buyicha 2025 yil 15 maydagi 53-1-son buyrug‘i xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2025 yil 3 iyundagi 97-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi homiladorlik davrining fiziologik kechishini, homilaning ona qornida normal rivojlanishini ta’minlash, homila yo‘qotishning oldini olish, va perinatal o‘limni kamaytirish maqsadida HO‘K sindromi bo‘lgan homilador ayollarni antenatal parvarishlash sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi o‘sishning angiogen omillarini aniqlash, ona va homila uchun asoratlarni prognoz qilish va oldini olish hamda davolash taktikasini optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish va yiliga o‘rtacha 67500000 so‘mni ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: anamnezda HO‘KS amalga oshishining yuqori xavf omillarini va qonda tasdiqlovchi markerlarni aniqlash homila o‘sishining kechikishi va perinatal o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan homilador ayollar kontingentini aniqlash va klinik kuzatuvga yangi yondashuvlarni taklif qilish imkonini berdi, bu esa 1 nafar bemor uchun 750000 so‘mni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: 20-24 yoshdagi o‘zbek populyasiyasi ayollarida erta HO‘KS rivojlanishini bashorat qilishda differensial yondashuv, oldingi abortlar, surunkali arterial gipertenziya va siydik yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan, kech HO‘KS rivojlanishi 35 va undan katta yosh, 3 yoki undan ortiq tug‘ruqlar, oldingi muddatdan oldin tug‘ruqlar, og‘ir preeklampsiya va perinatal yuqotishlar bilan bog‘liqligi ilmiy isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali buyicha 2025 yil 15 maydagi 53-1-son buyrug‘i xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2025 yil 3 iyundagi 97-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi homiladorlik muddatini hisobga olgan holda HO‘KS aniqlashda differensial yondashuv patologiyaning turli xil variantlari uchun xos bo‘lgan yuqori xavf omillarini aniqlash va HO‘KS xavfi guruhidagi ayollarni homiladorlikka tayyorlash va ularni homiladorlikning erta muddatlarida olib borish tamoyillarini ishlab chiqish zarurligini asoslash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi olingan natijalarning amaliy qo‘llanilishi homiladorlik asoratlarining angiogen genezini aniqlash imkonini bergan, profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish yotoq kunlari sonini kamaytirish hisobiga 90 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 67500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: HO‘KS erta fenotipi va perinatal yo‘qotishlar o‘rtasidagi aniqlangan bog‘liqlik ushbu guruh homiladorlarini yuqori xavf zonasiga ajratish va kuchaytirilgan kuzatuv zarurligini asoslaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlarda angiogen o‘sish omillari darajasining pasayishi HO‘KS rivojlanishi bilan bog‘liqligi va patologiyaning erta shaklini baholashda VEGF A, IGF-I, hamda PlGF kabi biomarkerlar erta XO‘KS rivojlanishida muhim prognostik ahamiyatga ega ekanligi hamda og‘ir preeklampsiya va HO‘KS kabi qo‘shma asoratlar rivojlanishining belgisi hisoblanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali buyicha 2025 yil 15 maydagi 53-1-son buyrug‘i xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2025 yil 3 iyundagi 97-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi angiogen o‘sish omillari dinamikasining aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlari ona-yo‘ldosh-homila tizimida qon tomirlari bilan bog‘liq buzilishlarning ustunligini homila o‘sishining patologik kechikishi genezida qayd etish imkonini berdi, bu klinik jihatdan homila uchun hayotiy zarur ta’minotning yomonlashishi, rivojlanishining kechikishi, hatto uning yo‘qotilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi olingan natijalarning amaliyotda qo‘llanilishi homiladorlikning ushbu asoratining angiogen genezini aniqlash imkonini bergan, kompleks farmakoterapiyani o‘z vaqtida o‘tkazish yotoq kunlari sonini kamaytirish hisobiga 90 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 67020000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: olingan ma’lumotlar HO‘KS xavfi bo‘lgan homiladorlarda laborator nazoratga olinadigan immunologik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va prenatal immun monitoring yo‘nalishlarini aniqlashtirish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-fenotipik va immunologik tadqiqotlar asosida HO‘KS patologiyasining oldini olish asoslari, XO‘KS rivojlanishi bo‘yicha yuqori xavf guruhidagi ayollarni homiladorlikka tayyorlashni, shuningdek, VEGF A va IGF-I o‘sish omillarining miqdoriy darajalarini bashorat qilish orqali HO‘KSni klinik belgilar paydo bo‘lmasidan oldin erta tashxislash va homiladorlikning dastlabki bosqichlaridan boshlab profilaktik gestogen terapiyasidan foydalanish algoritmi ishlab chiqish samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyati filiali buyicha 2025 yil 15 maydagi 53-1-son buyrug‘i xamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2025 yil 3 iyundagi 97-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi homiladorlik davrining fiziologik kechishini ta’minlashga qaratilgan pregravidar tayyorgarlik sifatini oshirish, homila yo‘qotilishining oldini olish, uning ona qornida normal rivojlanishini ta’minlash va perinatal o‘limni kamaytirishga erishilgan; Iqtisodiy samaradorligi homiladorlik patologiyasi rivojlanish patogeneziga kompleks farmakoterapiya bilan maqsadli ta’sir ko‘rsatish davolash muddatlarini qisqartirishga olib keladi va byudjet mablag‘larini bir nafar bemor hisobiga 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: aniqlangan VEGF-A va IGF-I prognostik markerlari homiladorlikning qo‘shma asoratlari va HO‘KS xavfini erta tabaqalashtirishga asos bo‘lganligi isbotlangan.