Sheralieva Sayyoraxon Janishboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq to‘qimalar sarkomasining klinik-epidemiologik xususiyatlari va yashovchanlikni bashoratlash», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Tib3573.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Nodir Maxammatqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Akbar Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida yumshoq to‘qimalar sarkomasini klinik-epidemiologik holatini o‘rganish, xavf hududlarni aniqlash va yashovchanlikni bashorat qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida ilk bor yumshoq to‘qimalar sarkomasining kompleks epidemiologik tekshiruvi o‘tkazildi: jahon standarti bo‘yicha standartlashtirilgan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta yumshoq to‘qimalar sarkomasi bilan kasallanishda epidemiologik jihatdan noqulay hududlar aniqlangan; 
yumshoq to‘qimalar sarkomasini gistologik hilma-hilligi tufayli individual yashovchanlik ko‘rsatkichlari  bashorat qilindi va unga ko‘ra aniosarkoma, sinovial sarkoma va rabdomiosarkomalarning yashovchanlik ko‘rsatkichi boshqa gistologik turlaridan ko‘ra past ekanligi aniqlangan; 
yumshoq to‘qimalar sarkomasi bilan kasallangan bemorlarning olgan davo muolajalariga ko‘ra yashovchanlik ko‘rsatkichi asosida har bir gistologik tur uchun individual davolash algoritmi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun`dagi 19/48-son xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida YuTS bilan kasallanish holati ilk bor o‘rganildi, xavf hududlar aniqlanildi va yashovchanlikni bashoratlashdigan elektron dastur ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: O‘zbekiston Respublikasida ilk bor yumshoq to‘qimalar sarkomasining kompleks epidemiologik tekshiruvi o‘tkazildi: jahon standarti bo‘yicha standartlashtirilgan kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari aniqlangan. Bu esa bevosita O‘zbekistondagi YuTS bilan kasallanish ko‘rsatkichlarini dunyo miqyosida solishtirish imkonini beradi. Shu bilan birga Respublikada kasallanish holati taqqoslama holati o‘rganildi. Bu RIOvaRIATM Buxoro viloyati filiali (BVF) ning 19.09.2024 yildagi 107-son buyrug‘i,  RIOvaRIATM Qoraqalpoqiston Respublikasi filiali (QRF) ning 25.09.2024 yildagi 1813-son buyrug‘i, RIOvaRIATM Samarqand viloyati filiali (SVF) ning 24.09.2024 yildagi 29-son buyrug‘i va RIOvaRIATM Farg‘ona viloyati filiali (FVF) ning 13.09.2024 yildagi 76-son buyrug‘iga  muvofiq amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Respublikaning YuTS bilan kasallanish va o‘lim holatining “standartlashgan” ko‘rsatkichlari yordamida ushbu nazologiyadagi onkologik kasallikni mamlakatimiz miqyosidagi holati va qo‘shni davlatlar bilan taqqoslama tahlilini o‘tkazish imkoni tug‘iladi. Iqtisodiy samaradorligi: YuTS bilan kasallanish holatini bilish – YuTSni oldini olish uchun ijtimoiy va individual zahiralarini baholashda ahamiyatlidir. YuTS bilan kasallanishda oxirgi yillarda kechki bosqichlarda aniqlanishning 16,1% kamayishi, kechki bosqichdagi onkologik kasalliklarga ajratiladigan davolash xarajatlarini 4,5% kamaytirishi mumkin. Xulosa: Tadqiqot ma`lumotlariga asoslangan tavsiyalarni muvaffaiyatli amalga oshirish Respublika hududlarini tibbiy xaritalash paytida, O‘zbekiston Respublikasini saratongan qarshi davlat dasturini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida  hamda iqtisodiy zahiralashda yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangiligi: O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta yumshoq to‘qimalar sarkomasi bilan kasallanishda epidemiologik jihatdan noqulay hududlar aniqlangan. Bu RIOvaRIATM Buxoro viloyati filiali (BVF) ning 19.09.2024 yildagi 107-son buyrug‘i,  RIOvaRIATM Qoraqalpoqiston Respublikasi filiali (QRF) ning 25.09.2024 yildagi 1813-son buyrug‘i, RIOvaRIATM Samarqand viloyati filiali (SVF) ning 24.09.2024 yildagi 29-son buyrug‘i va RIOvaRIATM Farg‘ona viloyati filiali (FVF) ning 13.09.2024 yildagi 76-son buyrug‘iga  muvofiq amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dastur yordamida YuTS bilan kasallanish yuqori hududlarda qo‘shimcha profilaktik ko‘ruvlar o‘tkaziladi. Bu esa bemorlardagi yaxshi sifatli hosilalarni vaqtida aniqlanib, davolanib yomon sifatli hosilaga o‘tishi oldi olinada. Bu esa o‘z-o‘zidan kasasallanish ko‘rsatkichini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Shuningdek, u sog‘liqni saqlash tizimida moliyaviy yuklamani kamaytirishi, onkologik kasalliklarga ajratiladigan davolash xarajatlarini 9,0% kamaytirishi mumkin. Xulosa: Tadqiqot ma`lumotlariga asoslangan tavsiyalarni muvaffaiyatli amalga oshirish mamlakatda axoli salomatligini umumiy darajasini yaxshilashga yordam beradi; 
uchinchi ilmiy yangiligi: yumshoq to‘qimalar sarkomasini gistologik hilma-hilligi tufayli individual yashovchanlik ko‘rsatkichlari  bashorat qilindi va unga ko‘ra aniosarkoma, sinovial sarkoma va rabdomiosarkomalarning yashovchanlik ko‘rsatkichi boshqa gistologik turlaridan ko‘ra past ekanligi aniqlangan. Bu RIOvaRIATM Buxoro viloyati filiali (BVF) ning 19.09.2024 yildagi 107-son buyrug‘i,  RIOvaRIATM Qoraqalpoqiston Respubli kasi filiali (QRF) ning 25.09.2024 yildagi 1813-son buyrug‘i, RIOvaRIATM Samarqand viloyati filiali (SVF) ning 24.09.2024 yildagi 29-son buyrug‘i va RIOvaRIATM Farg‘ona viloyati filiali (FVF) ning 13.09.2024 yildagi 76-son buyrug‘iga  muvofiq amaliyotga joriy etildi.  Ilmiy yangiligining ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: YuTS bilan kasallangan bemorlarning dastur yordamida aniqlanadigan yashovchanlik ko‘rsatkichi yordamida, keyingi bajariladigan davo chora-tadbirlari va shu bilan birga shahsiy hayotidagi zaruriy amaliyotlari uchun ham vaqt taqsimlashi uchun asosiy yordamchi qo‘llanma sifatida foydalansa bo‘ladi. Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: YuTS bilan kasallangan bemorlarning yashovchanlik ko‘rsatkichi yordamida, davlat tomonidan nogironlik uchun to‘lanadigan nafaqa to‘lovini 8,5 foizga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: yangi usulni joriy etish, oldindan bemorlarga ajratiladigan nafaqa to‘lovlarni aniqlik darajasini belgilab beradi. Bu esa xar yili onkologik kasallarga ajratiladigan  nafaqa byudjet mablag‘ini iqtisod qilinishiga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: yumshoq to‘qimalar sarkomasi bilan kasallangan bemorlarning olgan davo muolajalariga ko‘ra yashovchanlik ko‘rsatkichi asosida har bir gistologik tur uchun individual davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Bu RIOvaRIATM Buxoro viloyati filiali (BVF) ning 19.09.2024 yildagi 107-son buyrug‘i,  RIOvaRIATM Qoraqalpoqiston Respublikasi filiali (QRF) ning 25.09.2024 yildagi 1813-son buyrug‘i, RIOvaRIATM Samarqand viloyati filiali (SVF) ning 24.09.2024 yildagi 29-son buyrug‘i va RIOvaRIATM Farg‘ona viloyati filiali (FVF) ning 13.09.2024 yildagi 76-son buyrug‘iga  muvofiq amaliyotga joriy etildi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “Sarcoma C49” dasturi orqali YuTSni gistologik turi, kasallik bosqichi, sarkoma joylashuvi va bemor klinik holatidan kelib chiqib individual davo muolajasi ishlab chiqiladi hamda bemorlarni o‘zlarini nazorat qilishlari uchun juda qulay bo‘lib, qayta ko‘rik va qayta davolanishi muddatini ko‘rsatadi. Bu esa bemorlarni vaqtida davolanishini va asoratlarini oldini olishini ta’minlaydi. Bundan tashqari bemorlarni kechki bosqichlarga o‘tishini oldini oladi.  Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: kechki bosqichdagi har bir YuTS bilan kasallangan bemorga o‘tkaziladigan  davo muolajasi uchun sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarni 15,5%ga qisqartirishiga imkon beradi. Xulosa: yangi usulni joriy etish, bemorlarning samarasiz yoki keraksiz (ortiqcha) muolajalar va davolash usullarini aniqroq bashorat qilish orqali byudjet mablag‘ini iqtisod qilinishiga olib keladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish