Azizova Shalola Iskandarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda davolovchi-profilaktik tish pastalarining kariesga qarshi samaradorligini qiyosiy o‘rganish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Tib3594.
Ilmiy rahbar: Xudanov Baxtinur Oybutaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.  DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Maslak Elena Efimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Bryussel Erkin universiteti (Bel`giya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davolovchi-profilaktik tish pastalarining 15 yoshli bolalarda kariesga qarshi profilaktik samaradorligini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bolalarda qo‘llanilgan tish pastasi turiga qarab ularda TER testi usuli bilan tish emalining demineralizatsiyaga chidamliligini baholash asosida emal rezistentligi oshirish uchun tish pastasining samarali tarkibi aniqlangan;
bolalar tish pastalari tarkibidagi ftor miqdorini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv va tegishli laboratoriya mezonlari ishlab chiqilgan; 
tish pastalarining asosiy oral patogenlarga (Streptococcus mutans, Lactobacilli, Candida Albicans) qarshi antimikrob faolligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;  
maktab yoshidagi bolalar uchun karies rivojlanish xavfi darajasini hisobga olgan holda tish pastalarini individual tanlash bo‘yicha “15 yoshli bolalar uchun tish pastasini tanlash” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan;
15 yoshli bolalarda turli faol komponentlar (natriy ftorid, arginin, gidroksiapatit va kalsiy) bilan kariesga qarshi samaradorlikka ega tish pastasining eng samarali tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalik davrida tish kariesi rivojlanishiga qarshi turli xil tish pastalaridan foydalanish samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda qo‘llanilgan tish pastasi turiga qarab ularda TER testi usuli bilan tish emalining demineralizatsiyaga chidamliligini baholash asosida emal rezistentligi oshirish uchun tish pastasining samarali tarkibi aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy yondashuv Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “Opredelenie soderjaniya ftora v zubnix pastax: metodika i prakticheskie rekomendatsii” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan (2025 yil 12 fevraldagi 01-r/70-son bayonnoma). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-son stomatologiya poliklinikasining 03.04.2025 yildagi 112-14-206-dop/2025-son hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasining 02.04.2025 yildagi 54-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.05.2025 yildagi 18/63-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur yondashuv bolalarda tish emalining rezistentligini oshirish, karies keltirib chiqaruvchi omillar ta’sirini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ftorning optimal konsentratsiyasiga ega tish pastalaridan foydalanish o‘rtacha bir bola uchun yiliga kamida 3 ta tishni kariesga chalinish va uning davolanishga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirdi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik bolalarda karies va uning asoratlarining oldini olish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalar tish pastalari tarkibidagi ftor miqdorini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy yondashuv va tegishli laboratoriya mezonlari Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “Opredelenie soderjaniya ftora v zubnix pastax: metodika i prakticheskie rekomendatsii” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan (2025 yil 12 fevraldagi 01-r/70-son bayonnoma). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-son stomatologiya poliklinikasininng 03.04.2025 yildagi 112-14-206-dop/2025-son hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasining 02.04.2025 yildagi 54-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.05.2025 yildagi 18/63-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur usul bolalarda tish emalining rezistentligini oshirish, karies o‘sishini kamaytirish va og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ftoridlarning optimal konsentratsiyasiga ega pastalardan muntazam foydalanish bir bola uchun yiliga kamida 2 ta tishni plombalashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi, bu har bir bemor uchun taxminan 240 ming so‘mni va 1000 nafar bola uchun 240 million so‘mdan ortiq mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik bolalarda karies profilaktikasining samarali va iqtisodiy asoslangan modelini yaratish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: tish pastalarining asosiy oral patogenlarga (Streptococcus mutans, Lactobacilli, Candida Albicans) qarshi antimikrob faolligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “Effektivnost` antimikrobnogo deystviya zubnix past protiv osnovnix oral`nix patogenov” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan (2025 yil 20 fevraldagi 01-r/69-son bayonnoma). Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-son stomatologiya poliklinikasining 02.04.2025 yildagi 54-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasining 02.04.2025 yildagi 54-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.05.2025 yildagi 18/63-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mikroblarga qarshi faolligi tasdiqlangan pastalarni qo‘llash patogen mikroflora sonini kamaytirishga, gigiena ko‘rsatkichlarini yaxshilashga va bolalarda kariesning o‘sish sur’atlarini sekinlashtirishga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorlik: pastalardan foydalanish kariesning asoratlangan shakllari chastotasini va ularni davolash xarajatlarini kamaytirish, oila va davlat byudjetiga yukni kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik bolalarga stomatologik yordam ko‘rsatishning profilaktik yo‘nalishini kuchaytirdi va sezilarli ijtimoiy-iqtisodiy samarani ko‘rsatdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: maktab yoshidagi bolalar uchun karies rivojlanish xavfi darajasini hisobga olgan holda tish pastalarini individual tanlash bo‘yicha “15 yoshli bolalar uchun tish pastasini tanlash” kompyuter dasturi ishlab chiqildi va sinovdan o‘tkazildi, u 21.02.2025 yildagi DGU 47956-sonli guvohnoma bilan tasdiqlangan. Dastur Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-son stomatologiya poliklinikasining 03.04.2025 yildagi 112-14-206-DOP/2025-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasining 02.04.2025 yildagi 54-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.05.2025 yildagi 18/63-sonli xulosasi). Ijtimoiy ahamiyati: dasturdan foydalanish kariesning shaxsiy profilaktikasini amalga oshirish, bolalar va ota-onalarning gigiena vositalaridan foydalanish intizomini oshirish va barqaror profilaktika ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: dasturni qo‘llash profilaktika choralarini optimallashtirdi, stomatologik yordamga murojaatlar sonini kamaytirdi va resurslarni tejashni ta’minladi. Xulosa: ushbu yangilik klinik va iqtisodiy samaradorligi isbotlangan, stomatologik muassasalarda va maktab profilaktika dasturlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: bolalarda turli faol komponentlar (natriy ftorid, arginin, gidroksiapatit va kalsiy) bilan kariesga qarshi samaradorlikka ega tish pastasining eng samarali tarkibini aniqlash mezonlari Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan “Opredelenie soderjaniya ftora v zubnix pastax: metodika i prakticheskie rekomendatsii” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan (2025 yil 12 fevraldagi 01-r/70-son bayonnoma). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-son stomatologiya poliklinikasininng 03.04.2025 yildagi 112-14-206-dop/2025-son hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasining 02.04.2025 yildagi 54-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.05.2025 yildagi 18/63-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur usul bolalarda samarali tish pastasini tanlash va og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: natriy ftorid, arginin, gidroksiapatit va kalsiy saqlovchi tish pastalari bolalarda yiliga o‘rtacha 3 ta tishni karies bo‘lishidan himoya qilish imkonini beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilik 15 yoshli bolalar uchun tish pastasining samarali formulalarini tanlash va kariesning oldini olish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish