Ummatova Ra’no Shagdarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori xavf guruxidagi homilador ayollarda massiv akusherlik qon ketishining oldini olishni optimallashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3468.
Ilmiy raxbar: Yusupov Usman Yuldashevich tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Babajanova Shaxida Dadajanovna, tibbiyot fanlari doktori; Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori xavf guruxidagi homilador ayollarda patologik va massiv akusherlik qon ketishining oldini olish uchun samarali zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor subkompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi bilan homilador ayollarda protrombin kompleks konsentratini profilaktik qo‘llash orqali gemostaz tizimidagi AQTVning 1,4 martaga pasayishi, fibrinogenning 2,6 martaga ortishi hamda XNNning 1,6 martaga pasayishi hisobiga patologik va massiv akusherlik qon ketishi holatlarini oldini olishda yuqori klinik samaradorligi isbotlangan; 
ilk bor protrombin kompleks konsentratining ikki dozada profilaktik qo‘llanilishi qon plazmasida fibrinogen va protrombin konsentratsiyasini me’yorlashtirishi natijasida koagulyasiya tizimidagi patogenetik buzilishlarni bartaraf etishi va ivish kaskadining fiziologik tiklanishini ta’minlashi isbotlangan;
ilk bor jigar sirrozi bilan homilador ayollarda profilaktik maqsadida protrombin kompleks konsentrati qo‘llanilish dozasi va qon yo‘qotish hajmi o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqligi protrombin kompleks konsentrati dozasi ortishi qon yo‘qotish hajmini kamaytirishi orqali tug‘ruqdan keyingi massiv qon ketishi va hayot uchun xavfli asoratlarning oldini olishi patogenetik jihatdan isbotlangan;
ilk bor subkompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi bo‘lgan homilador ayollarda massiv akusherlik qon ketishining oldini olish maqsadida protrombin kompleksini profilaktik qo‘llash orqali gemostaz tizimi barqarorligini ta’minlash, qon yo‘qotish hajmini kamaytirish va perinatal asoratlar xavfini pasaytirishga qaratilgan homiladorlikni olib borish algoritmi samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori xavf guruhidagi homilador ayollarda massiv akusherlik qon ketishining oldini olishni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor subkompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi bilan homilador ayollarda protrombin kompleks konsentratini profilaktik qo‘llash orqali gemostaz tizimidagi AQTVning 1,4 martaga pasayishi, fibrinogenning 2,6 martaga ortishi hamda XNNning 1,6 martaga pasayishi hisobiga patologik va massiv akusherlik qon ketishi holatlarini oldini olishda yuqori klinik samaradorlikka erishilganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 28 noyabrdagi №13 u-t/15 ekspert xulosasi asosida tasdiqlangan «Jigar patologiyasi bo‘lgan ayollarda massiv akusherlik qon ketishlarining profilaktikasida protrombin kompleksi konsentratidan foydalanish samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan.  Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 09.12.2024 yildagi 119-son hamda Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 10.12.2024 yildagi 83-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: protrombin kompleks konsentrati profilaktikasi massiv qon ketishlarning oldini olib, onalar o‘limini kamaytiradi, davolash xarajatlarini qisqartirib, tug‘ruqdan keyingi reabilitatsiya muddatini qisqartiradi. Shuningdek, bemorlar tezroq sog‘ligini tiklab, mehnat faoliyatiga qaytishiga yordam beradi va oilada psixologik barqarorlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur tadqiqotda protrombin kompleks konsentratini profilaktik qo‘llash orqali, SZP sarfi keskin kamaydi va natijada guruh bo‘yicha umumiy iqtisodiy samara 11271000 so‘mni tashkil etdi. Bu natija ushbu usulning nafaqat klinik, balki iqtisodiy jihatdan ham yuqori samaradorligini ko‘rsatadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor protrombin kompleks konsentratining ikki dozada profilaktik qo‘llanilishi qon plazmasida fibrinogen va protrombin konsentratsiyasini me’yorlashtirishi natijasida koagulyasiya tizimidagi patogenetik buzilishlarni bartaraf etdi va ivish kaskadining fiziologik tiklanishini ta’minlashi isbotlanganligi bilan bog‘liq takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 28 noyabrdagi №13 u-t/15 ekspert xulosasi asosida tasdiqlangan «Jigar patologiyasi bo‘lgan ayollarda massiv akusherlik qon ketishlarining profilaktikasida protrombin kompleksi konsentratidan foydalanish samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 09.12.2024 yildagi 119-son hamda Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 10.12.2024 yildagi 83-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: PKK profilaktikasi massiv qon ketish va qon yoqotishni kamaytiradi, bu onalar hayotini saqlashga va sog‘liqni mustahkamlashga olib keladi. Davolash xarajatlari kamayishi va reanimatsiyaga bo‘lgan ehtiyojning pasayishi sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, shuningdek ayollar tezroq reabilitatsiyalanib, oila va jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda protrombin kompleks konsentratini qo‘llash natijasida asoratlar va qayta operatsiyalar sonining kamayishi bilan bog‘liq ravishda, shifoxonadagi davolanish xarajatlari 1,7 barobarga qisqardi. Shu tariqa, har bir bemor hisobiga  4934242 so‘m tejamkorlik ta’minlandi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor jigar sirrozi bilan homilador ayollarda profilaktik maqsadida protrombin kompleks konsentrati qo‘llanilish dozasi qon yo‘qotish hajmi o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqligi protrombin kompleks konsentrati dozasi ortishi qon yo‘qotish hajmini kamaytirishi orqali tug‘ruqdan keyingi massiv qon ketishi va hayot uchun xavfli asoratlarning oldini olish imkoniyati patogenetik jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 28 noyabrdagi №13 u-t/15 ekspert xulosasi asosida tasdiqlangan «Jigar patologiyasi bo‘lgan ayollarda massiv akusherlik qon ketishlarining profilaktikasida protrombin kompleksi konsentratidan foydalanish samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 09.12.2024 yildagi 119-son hamda Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 10.12.2024 yildagi 83-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Protrombin kompleks konsentrati qon ketish va koagulopatik asoratlarni oldini olib, davolash xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi. Bemorlarning reabilitatsiyasi tezlashadi, tug‘ruqdan keyingi asoratlar soni kamayadi va shifokorlar mehnati samaradorligi oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: protrombin kompleks konsentrati qo‘llanilgan guruhda kesar kesish operatsiyalari, qon komponentlari sarfi va shifoxonada yotqizish muddati qisqarishi hisobiga umumiy xarajatlar 40% ga kamaydi. Bu usulning iqtisodiy samaradorligi har bir ayol uchun 4934242 so‘m tejamkorlik bilan ifodalanadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor subkompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi bo‘lgan homilador ayollarda massiv akusherlik qon ketishining oldini olish maqsadida protrombin kompleksini profilaktik qo‘llash orqali gemostaz tizimi barqarorligini ta’minlash, qon yo‘qotish hajmini kamaytirish va perinatal asoratlar xavfini pasaytirishga qaratilgan homiladorlikni olib borish algoritmi samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 28 noyabrdagi №13 u-t/15 ekspert xulosasi asosida tasdiqlangan «Jigar patologiyasi bo‘lgan ayollarda massiv akusherlik qon ketishlarining profilaktikasida protrombin kompleksi konsentratidan foydalanish samaradorligini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 09.12.2024 yildagi 119-son hamda Toshkent shaxar filiali bo‘yicha 10.12.2024 yildagi 83-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: protrombin kompleksi konsentrati profilaktikasi tufayli gemorragik asoratlar va poliorgan etishmovchiligi kamayadi, qon ketish xavfi pasayadi va tug‘ruqdan keyingi tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi. Bu sog‘liqni saqlash tizimida moliyaviy yukni kamaytiradi va aholida profilaktik tibbiy choralarga ishonchni mustahkamlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur tadqiqotda aniqlangan protrombin kompleks konsentrati profilaktik dozalash algoritmini joriy etish natijasida massiv akusherlik qon ketish asoratlari va davolash xarajatlari kamaydi. Bir bemor uchun o‘rtacha xarajat 15477026 so‘mdan 10542784 so‘mgacha qisqarib, 4934242 so‘m (taxminan 1,5 baravar) iqtisodiy samaradorlikka erishilganligi sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy jihatdan samarali echim hisoblanadi;

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish