Atadjanov G‘ulomjon To‘xtaboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Istiqlol davri tarixiy dramalarida syujet va obraz yaratish mahorati, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3326.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Kuchkarova Marhabo Xudayberganovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01. 
Rasmiy opponentlar: Rustamova Ibodatxon Ikramovna, filologiya fanlari doktori, professor; Amonova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida yaratilgan tarixiy dramalarda qo‘llanilgan syujet turlari va obrazlar tizimini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
 O‘zbek adabiyotida  tarixiy dramaning shakllanishi va uning sho‘ro davridagi namunalari, ularning mavzu doirasi va tarixiy shaxslar obrazining badiiy gavdalantirilishidagi ijtimoiy mafkuraviy ta’siri hamda tarixiy dramaning o‘rganilish tarixi isbotlangan;
istiqlol davri adabiyotida yaratilgan “Imom Buxoriy” (U.Qo‘chqor), “Jaloliddin Manguberdi” (N.Eshonqul, T.Mirzo),  “Shayx Najmiddin Kubro” (O.Matjon), “Sohibqiron” (A.Oripov),“Avlodlarga vasiyat” (O.Yoqubov), “Adolat fasli” (U.Azim) kabi  tarixiy dramalarda syujet va obrazning namoyon bo‘lish turlari va usullari badiiy-estetik tahlillar orqali aniqlab dalillangan;
istiqlol davri tarixiy-biografik dramalarida qo‘llanilgan syujetning retrospektiv, xronologik, konsentrik, halqali, teskari, sikl turlari Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Usmon Azim, Iqbol Mirzo,  Usmon Qo‘chqor, To‘ra Mirzo, Farmon Toshev, Olimjon Xoldor va boshqalarning tarixiy dramalari asosida asoslangan;
istiqlol davri dramaturgiyasida yaratilgan Imom Buxoriy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Behbudiy, Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi shayxlar, sarkardalar, diniy ulamolar, jadidlar va qatag‘onga uchragan adiblar siymosining badiiy talqinlari hamda mistik obraz yaratishdagi dramaturg badiiy mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Istiqlol davri tarixiy dramalarida syujet va obraz yaratish mahorati” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida yaratilgan tarixiy dramalarda dramaturglar qo‘llagan syujetning retrospektiv, halqali, konsentrik, sikl turlari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan (“Uch tarixiy drama tahlili” (Sharq yulduzi, 2024, 8-son); “Usmon Nosir obrazining badiiy talqinlari” (O‘zbek tili va adabiyoti, 2024, 4-son); 
A.Oripov (“Sohibqiron”), O.Yoqubov (“Avlodlarga vasiyat”),  U.Azim (“Adolat fasli”),  O.Matjon (“Shayx Najmiddin Kubro”), U.Qo‘chqor (“Imom Buxoriy”), I.Mirzo (“Samarqand sayqali”, “Alisherbek va Husayn”)larning tarixiy dramalarida sarkardalar, avliyo shaxslar, muhaddislar, buyuk mumtoz mutafakkir shoirlar obrazini yaratishdagi dramaturglarning badiiy mahorati haqidagi ilmiy-nazariy fikr-qarashlari, umumiy xulosalaridan hamda badiiy-estetik tahlillaridan O‘zR  Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-5221091448 raqamli “Jahon navoiyshunosligi elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan. ( 2025-yil 5-sentyabrdagi  54- son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha istiqlol davri tarixiy dramalarida yaratilgan tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini va dramaturgning syujet yaratish mahorati haqidagi nazariy tushunchalarni to‘ldirishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tagan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish”  nomli amaliy  loyihasidan foydalanilgan (2025-yil 20-maydagi 01/4-2048-son ma’lumotnomasi). Natijada Imom Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi obrazlar, sodda va murakkab syujet, teskari, xronikali, retrospektiv, halqali syujet turlari haqidagi nazariy qarashlar yanada boyitilgan;
Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Mashrab, Muqimiy, Behbudiy, Cho‘lpon, Oybek, Usmon Nosir obrazlarining istiqlol davri tarixiy dramalaridagi badiiy talqini, milliy o‘zlik va tarixiy qadriyatlarni yoritish tamoyillari, shuningdek, istiqlol davri tarixiy dramasidagi yangi uslubiy yondashuvlar bo‘yicha olib borilgan tahlillardan “Bedorlik” va “Adabiy jarayon” kabi eshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-99-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy-ma’rifiy jihatdan salohiyati ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish