Ulkanboeva Matlubaxon Hasanboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida an’anaviylik va novatorlik (Istiqlol davri yoshlar hikoyachiligi misolida)10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3368
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ov Abdulla O‘zbekovich, filologiya fanlari nomzodi, professor; Yo‘ldoshev Normat Temirovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida an’anaviylik va novatorlik masalasini hikoya janridagi shakliy-uslubiy, g‘oyaviy-mazmuniy yangilanishlar orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy adabiyotdan siyosiy-mafkuraviy qarashlarni mustahkamlovchi vosita sifatida foydalanish, adabiy mavzu va g‘oyalarni boshqarishga urinish an’ana va novatorlik muammosining tabiiy izchil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan;
ijtimoiy-siyosiy voqelikning yozuvchi badiiy tafakkurida yuzaga keltiradigan evrilishlar aniqlanib, adabiy avlodlararo davom etgan an’analar “O‘g‘ri” va “O‘zbek xarakteri”, “Ko‘k dengiz” va “Biz yo‘q bo‘lamiz” kabi hikoyalarning qiyosiy badiiy-estetik tahlili vositasida dalillangan;
yangi avlod hikoyanavislarining an’ana doirasidagi modernistik izlanishlari syujet, g‘oya, poetik obraz va badiiy ifodadagi yangilanishlar “Biz yo‘q bo‘lamiz”, “Sakkizoyoqlar va ibodatxona”, “Overton”, “Eynshteyn jumbog‘i” kabi hikoyalar tahlili orqali isbotlangan;
zamonaviy nasrda yuzaga kelgan hikoya janrining yangi shakli – drabbl(mitti hikoya)larning o‘ziga xos xususiyatlari, genezesi, nazariy asoslari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida an’anaviylik va novatorlik” tadqiqot ishi asosida olingan ilmiy va amaliy natijalardan:
badiiy adabiyotdan siyosiy-mafkuraviy hukmronlikni mustahkamlovchi vosita sifatida foydalanish, unda ifodalanadigan mavzu va g‘oyalarga sun’iy ravishda aralashish, boshqarishga urinish adabiy jarayonda an’ana va novatorlik muammosining tabiiy rivojlanish izchilligiga putur etkazishi, adabiyotning xolis, haqqoniy taraqqiyot yo‘lini izdan chiqarishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilganligi, XXI asrning dastlabki choragidagi yangi ijtimoiy-siyosiy voqelik ta’sirida o‘zbek hikoyachiligida asr bo‘yi shakllangan adabiy an’analar kutilmagan o‘zgarishlarga uchragani va yangi avlod hikoyanavislari adabiy jarayonni yangi yo‘nalishga burishga intilishayotgani misollar asosida dalillanganligiga doir xulosa va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021 – 2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 12-maydagi 01/4-1894 ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek hikoyachiligiga doir adabiyotshunoslikdagi mavjud ilmiy xulosalar, an’anaviylik va novatorlik bilan bog‘liq mulohazalar yanada boyitilgan;
dissertatsiyaning adabiy an’ana va uning asosida yuzaga keladigan novatorlik masalasi ijodkorning ijtimoiy-siyosiy voqelikka xolis baho berishi, uning zamirida shakllanayotgan va jamiyatni tubdan o‘zgartirib yuboradigan yangi ehtiyojni badiiy idrok etishi va bu boradagi estetik-ijtimoiy pozisiyasida mustahkam tura olish salohiyati ekanligini isbotlangan xulosalaridan, shuningdek, yangi avlod hikoyanavislarining an’ana doirasidagi modernistik izlanishlari mahsuli sifatida syujet, g‘oya, poetik obraz va badiiy ifodadagi yangilanishlar izohlangan o‘rinlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida filologiya fanlari doktori Xamraqulova Xurshida Quvvatovna rahbarligida 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474-raqamli “Bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron paltforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusida innovatsion loyihani bajarishda loyiha doirasida foydalanildi (Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 20-oktyabrdagi № 04/1-5026 ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
tadqiqot ishidagi yoshlar hikoyachiligi yuzasidan chiqarilgan xulosalar, hikoyalardagi yangilangan obrazlar borasidagi tahlil va talqinlardan “O‘zbekiston” teleradiokanali” DMdagi qator eshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda (2024-2025-yillarda) foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil, 13-oktyabrdagi 05-09-1615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” kabi eshittirishlarning ilmiy-ma’rifiy jihatdan salohiyati ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan.