Xolboeva Muslima Usmonjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Alisher Navoiy ijodida gul va bulbul obrazi 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Fil3368
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Asadov Maqsud Husenovich, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktor o‘rinbosari,  filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01. 
Rasmiy opponentlar: Amonova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimova Farida Isoqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek mumtoz adabiyotida gul va bulbul obrazlarining mohiyati, yuzaga kelish omillari, tarixiy taraqqiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodiyoti misolida g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini atroflicha ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Gul va bulbul obrazlarining mumtoz adabiyotda shakllanish omillari asoslanib, tadrijiy taraqqiyoti, obraz sifatida o‘rinlashish tamoyillari  hamda badiiy-estetik xususiyatlari ochib berilgan;
Sharq mumtoz adabiyotida, jumladan, o‘zbek mumtoz she’riyatida Alisher Navoiygacha ijod qilgan shoirlar lirikasida gul va bulbul obrazlari qo‘llangan she’rlar tahlili orqali badiiy tafakkur tadrijida ushbu timsollarning tutgan mavqeyi asoslangan;
Alisher Navoiyning she’riyatida lirik qahramon xarakteri va Xamsa” dostonlarida shoir dunyoqarashiga xos muhim jihatlarni yuzaga chiqarishda gul va bulbul obrazlari bajargan badiiy vazifalar adabiy matn tahlili vositasida dalillangan;
“Lison ut-tayr” dostonida gul va bulbul timsollarining irfoniy ma’no ifodasi, xususan, Haq yo‘lidagi yo‘lchi – solikning ma’naviy kamolot darajalarini tasvirlashdagi muhim ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Alisher Navoiy ijodida gul va bulbul obrazi” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gul va bulbul obrazlarining mumtoz adabiyotda shakllanish omillari, tadrijiy taraqqiyoti, obraz sifatida o‘rinlashish tamoyillari  hamda badiiy-estetik xususiyatlari kabi tahlillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 25-iyundagi 01/4-2762-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mualliflik korpusi ma’lumotlar bazasi gul va bulbul obrazining o‘zbek mumtoz adabiyotida va Alisher Navoiy ijodidagi o‘rni, ularning o‘ziga xos xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan.
Sharq mumtoz adabiyotida, jumladan, o‘zbek mumtoz she’riyatida Alisher Navoiygacha ijod qilgan shoirlar lirikasida gul va bulbul obrazlari qo‘llanilgan she’rlarning o‘ziga xosligi dalillangan o‘rinlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarda, Alisher Navoiy tavallud sanasiga bag‘ishlangan “Navoiyxonlik kechalarida, Adiblar xiyobonida tashkil etilgan adabiy uchrashuvlarda, yosh ijodkorlar to‘garagi mahorat darslarida foydalanildi (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025 yil iyuldagi 01-03/293-son ma’lumotnomasi). Bu orqali milliy adabiyotimizda to‘liq va ishonchli ilmiy matn o‘quvchilarga, adabiyot ixlosmandlariga taqdim etilishiga umid uyg‘otadi.
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonlaridagi oshiqona mavzudagi she’rlar va “Xamsa” dostonlaridagi orifona mazmundagi baytlarda gul va bulbul obrazlariga doir tahlillardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “G‘azal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning ssenariylarida 2023-2024-yil hamda 2025-yil yanvar va fevral oylari sonlarida foydalanildi  (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 18-iyuldagi 05-09-1168-son ma’lumotnomasi).
“Lison ut-tayr” dostonida insoniy kamolot darajalari, solik va faqr maqomlarini tasvirlashda gul va bulbul obrazlarining alohida mavqe egallagani va adabiy matn mohiyatini yuzaga chiqarishdagi yorqin jihatlarini asoslash bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Qo‘qon davlat pedagaogika institutida 2022 yilda bajarilgan f.f.d-ri professor Z.Qobilova rahbarligidagi AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb sayt va platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. Natijada Navoiy ijodida gul va bulbul obrazlari orqali ifodalangan irfoniy ma’nolarning Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari she’riyatida davom etganligini ko‘rsatib berishdagi ahamiyati ilmiy dalillar asosida o‘z isbotini topgan.


Ilmiy kengash raisi:                         B.To‘xliev
                   
Ilmiy kengash ilmiy kotibi:                     D.Asqarov

Ilmiy rahbar:                                  M.Asadov

Talabgor:                                 M.Xolboeva

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish