Nurbaeva Marvarid Tavakalovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Alisher Navoiy ijodida mav’iza 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Fil3348 
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Radjabova Burobiya Tangirovna,  O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01. 
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Nurboy Abduhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rajabova Ma’rifat Baqoevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek mumtoz adabiyotdagi mav’izaning genezisini, mazmun-mohiyatini aniqlash, asosan, Alisher Navoiy ijodiyotida tutgan o‘rnini yoritish orqali mav’izaning badiiy va g‘oyaviy jihatlarini ochib berishdan iboratdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mav’izaning asosi, vujudga kelish tarixi va takomili, qo‘llanish o‘rinlari  hamda sharq adabiyotidagi roli ochib berilgan; 
Alisher Navoiygacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotida mav’izaning ahamiyati, asosiy vazifalariga aniqlik kiritilib, tariqat vakillari hamda sohibi devon shoirlar ijodi orqali taraqqiyot tamoyillari asoslangan;
Alisher Navoiy lirik asarlarining janriy tabiatidan kelib chiqqan holda mav’iza talqinidagi o‘ziga xosliklar tahlil etilib, xususan, g‘azal, qitʼa, ruboiy, fard kabi janrlarning g‘oya hamda badiiyatini belgilashda mav’izaning o‘rni dalillangan;
 Mav’izalarning ifoda imkoniyatlari Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Lison ut-tayr”, “Nasoyim ul-muhabbat” kabi epik asarlari vositasida ochib berilgan. 
IV. Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
Alisher Navoiy asarlaridagi mav’izalarni tahlil qilish orqali, badiiy matnlardagi axloqiy-ma’naviy g‘oyalarning teranligi ochib berildi. Natijada zamonaviy mav’izashunoslik, adabiy-tanqid va diniy-ma’rifiy targ‘ibotda foydalanish uchun boy manba yaratildi. Tadqiqot natijasida Navoiy asarlaridagi pand-nasihat shakllari, tasavvufiy va axloqiy g‘oyalar, mav’izaning uslubiy xususiyatlari tahlil qilinib, ularni ta’limiy-ma’rifiy jarayonlarga tatbiq etish samaralari ko‘rsatildi.
Dissertatsiya natijalari o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari, diniy-ma’rifiy soha vakillari hamda madaniyat kishilari uchun ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot materiallarini tayyorlashda amaliy yordam beradi.
Tadqiqot davomida Navoiy lirikasi va nasriy asarlarida mujassam mav’izaviy g‘oyalar poetik ifoda bilan uyg‘un holda tahlil qilinib, badiiy asardagi axloqiy-ma’naviy mazmunning estetik yuksaklikda aks etishi aniqlab berildi. Bu holat Navoiy asarlarining didaktik ta’sirini zamonaviy badiiy-estetik talqinlar nuqtayi nazaridan baholash imkonini yaratadi.
Tadqiqot natijalari Alisher Navoiy asarlaridagi mav’izaviy qatlamni o‘rganish orqali, ularni o‘quv jarayonida (maktab va oliy ta’limda) ma’naviy-ma’rifiy tarbiya vositasi sifatida qo‘llashga xizmat qiladi. Shu ma’noda mazkur tadqiqot o‘zbek adabiyoti tarixi va tasavvuf tarixi kabi fanlardan yaratiladigan darslik va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilishi mumkin.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Alisher Navoiy ijodida mav’iza” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya hamda ishlanmalar asosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024 yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetning 2025-yil 25-iyundagi №01/4-2727-son ma’lumotnomasi). Natijada mualliflik korpusi ma’lumotlar bazasi “Alisher Navoiy ijodida mav’iza” mavzusiga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan. 
O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2021–2024-yillar uchun mo‘ljallangan O‘A-21-24 raqamli “Turkiy xalqlar, O‘zbek-Ozarbayjon adabiy-madaniy aloqalar” mavzusidagi fundamental loyihasida ushbu dissertatsiyaning ma’lum qismlaridan foydalanildi. (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyati Markazining 23.10.2025 yildagi №154/AZE raqamli ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti maqsadli tayanch doktoranti Nurbaeva Marvarid Tavakalovnaning “Alisher Navoiy ijodida mav’iza” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari (maqolalar)dan quyidagi yoʻnalishlarda foydalanildi:
1.    “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Tamaddun nuri”, “Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” kabi jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalarida mav’izaning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Loyihaning asosiy maqsadlarini amalga oshirishda ulardan foydalanilgan va  ular tegishli tartibda hisobotlarda ko‘rsatilgan. 
2.    Tadqiqot doirasida Sharq adabiyoti, xususan, o‘zbek adabiyotida mav’izaning o‘rni va qiymati, uning  X-XV asr o‘zbek adiblari ijodida akslanishi masalasi “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub”, “Nasoyim ul-muhabbat” kabi asarlari misolida loyiha xulosalariga kiritilgan.
3.    “Mav’iza xususida”, “Alisher Navoiy ijodida mav’iza”, “Navoiygacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotida mav’iza” kabi ilmiy maqolalaridan foydalanilganligi loyiha hisobotlarida o‘z aksini topgan.
O‘zbek mumtoz adabiyotida mav’iza yo‘nalishidagi asarlar, lirik hamda epik tur janrlarida mav’izalarning o‘rni va ifodalanish “xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlarini asoslash bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “G‘azal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning ssenariylarida 2023-2024 yillar hamda 2025-yil yanvar va fevral oylari sonlari tadqiqotda aks etgan mav’izaning asosi, vujudga kelish tarixi va takomili, qo‘llanish o‘rinlari hamda sharq adabiyotidagi roli kabi masalalar borasida tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan. (“O‘zbekiston” radiokanali DMning 2025-yil 16-sentyabrdagi 05-09-1452-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot ishida Alisher Navoiy asarlaridagi mav’izaviy unsurlarni tahlil qilish orqali badiiy matnlardagi axloqiy-ma’naviy g‘oyalarning teranligi ochib berilgan. Navoiy asarlaridagi pand-nasihat shakllari, tasavvufiy va axloqiy g‘oyalar, mav’izaning uslubiy xususiyatlari tahlil qilinib, ularni ta’limiy-ma’rifiy jarayonlarga tatbiq etish samaralari dalillangan. Alisher Navoiy asarlaridagi mav’izaviy qatlamni o‘rganish orqali ularni o‘quv jarayonida (maktab va oliy ta’limda) ma’naviy-ma’rifiy tarbiya vositasi sifatida qo‘llashga xizmat qilishi, ayniqsa, poetik nutqdagi axloqiy targ‘ibot metodikasini ishlab chiqishda asos bo‘la olishi, shu ma’noda mazkur tadqiqot O‘zbek adabiyoti tarixi va Tasavvuf tarixi kabi fanlardan yaratiladigan darslik va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilishi mumkinligi haqida ham fikr bildirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish