Saidov Izzatillo Istamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lomlashtirishning tashkiliy-uslubiy xususiyatlari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped462.

Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo­niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.

Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sog‘lomlashtirishning tashkiliy-uslubiy xususiyat­lariga asoslangan uslubiyatni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil oluvchi o‘quvchilarning salomat­ligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan jismoniy tarbiya dasturining o‘ziga xos tashkiliy-uslubiy xususiyatlariga asoslangan uslubiyat takomillashtirilgan;

jismoniy tarbiya darslarida 10-11 yoshli o‘quvchilarning salomatligini mustah­kamlaydigan aerobika, egiluvchanlik va mushaklar cho‘ziluvchanligini yaxshilashga xizmat qiluvchi stretching mashqlarini qo‘llash mexanizmi ishlab chiqilgan;

har xil darajadagi individual qobiliyat va tayyorgarlikka ega bo‘lgan 10-11 yoshli o‘quvchilar uchun vazifalar belgilab olinib, ularning jismoniy tayyorgarligini nazarda tutgan holda jismoniy tarbiya darslarini tashkillashtirish metodikasi takomillashtirilgan;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularda jismoniy tarbiyaning harakat amallariga o‘rgatish, jismoniy tayyorgarlik,jismoniy rivojlanganlik va funksional tayyorgarligini rivojlan­tirish uslubiyati takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchi­larini jismoniy tarbiya darslarida sog‘lomlashtirishning tashkiliy-uslubiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining salomat­ligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan jismoniy tarbiya dasturining o‘ziga xos tashkiliy-uslubiy xususiyatlariga asoslangan takomillashtirilgan uslubiyat Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 32- va 33- umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda Buxoro shahridagi 1 va 9- umumiy o‘rta ta’lim maktablari 10-11 yoshli o‘quvchi­larining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublika­si Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3112-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-11 yoshli o‘quvchilar bilan sog‘lomlashtirish yo‘nali­shidagi jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishda o‘quvchilarning salomatligi, jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan;

jismoniy tarbiya darslarida 10-11 yoshli o‘quvchilarning salomatligini mustah­kamlaydigan aerobika, egiluvchanlik va mushaklar cho‘ziluvchanligini yaxshilashga xizmat qiluvchi stretching mashqlarini qo‘llashning takomillashtirilgan metodikasi Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 32- va 33- umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3112-son ma’lumotnomasi). Natijada 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-11 yoshli o‘quvchilarning egiluvchanlik sifati 44-48%ga, 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining egiluvchanlik sifati 42-47%ga, Buxoro shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-11 yoshli o‘quvchilarning egiluvchanlik sifati 40-45%ga, 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining egiluvchanlik sifati 43-46%ga rivojlangan;

har xil darajadagi individual qobiliyat va tayyorgarlikka ega bo‘lgan 10-11 yoshli o‘quvchilar uchun vazifalar belgilab olinib, ularning jismoniy tayyorgarligini nazarda tutgan holda takomillashtirilgan metodika Buxoro shahri­dagi 1- va 9- umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3112-son ma’lumot­nomasi). Natijada 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-11 yoshli o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 11,5 %ga, 9- umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-11 yoshli o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 11,2%ga yaxshilangan;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularda jismoniy tarbiyaning harakatlantirishga qaratilgan bilimlarini shakllantirish, jismoniy tayyorgarlik,jismoniy rivojlanganlik va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashning takomillashtirilgan uslubiyati Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 32- va 33-umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublika­si Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3112-son ma’lumotnomasi). Natijada 32-maktabning 10-11 yoshli o‘quvchi­larining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 12,4%ga, 33 - maktabning 10-11 yoshli o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 12,2%ga yaxshilangan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish