Sobirova Dilnoza Rasulovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiy reklamalarning antroposentrik tadqiqi”. 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Fil850.
Ilmiy maslahatchi: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat universiteti, DSc.03/25.12.2024.Fil.164.01.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Ra’no Haydarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Babadjanov Farxad Kurbanbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy reklama matnlarining antroposentrik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilidagi 200 ta tibbiy reklama matni adresant – matn – adresat (so‘zlovchi – matn – tinglovchi), produsient – matn – resipient (axborot uzatuvchi – matn – qabul qiluvchi)dan iborat uchliklar asosida lingvokognitiv, psixolingvistik, sotsiolingvistik, pragmalingvistik jihatdan o‘rganilishi natijasida reklama matnlarining inson tafakkuri, dunyoqarashi, ruhiy olami, ijtimoiy roli kabi omillar inobatga olingan holda yaratilishi lozimligi dalillandi;
tibbiyotga oid reklama matnlarida faol qo‘llanishda bo‘lgan “kasallik” konseptining qismat, sir tutish, yaqinlar g‘amxo‘rligiga ehtiyoj, qo‘rquv kabi, “salomatlik” konseptining bebaho boylik, uzoq umr, sog‘lom aql, baxtli hayot kabi tushunchalar bilan bog‘liqligi hamda ularning lisoniy tafakkurda aks etishi aniqlandi;
tibbiy reklamalarda auditoriyaga foydalanish qulayligi, individual moddalar ta’siri, davolanish vaqtini tejash, ta’sir tezligi, xavfsizlik, arzon narx kabi 9 turdagi aqliy hamda ta’m, hid, og‘riqsiz, jarrohlik amaliyotisiz davolash, zamonaviylik, uch tomonlama ta’sir kabi 12 turdagi hissiy motivlar orqali psixologik ta’sir etilishi natijasida resipientlarning tibbiy vositadan foydalanishga undalishi isbotlandi;
tibbiy reklama matnlarida adresatlar ijtimoiy-demografik (adresatning yoshi, jinsi, millati, ta’lim darajasi) xususiyatlarining ifodalanishi 37 %, psixografik xususiyatlar: adresatlar turmush tarzining aks etishi 32 %, oilaviy munosabatlarning ifodalanishi 18 %, sog‘lom, shifobaxsh, tabiiy, halol kabi qiymat bildiruvchi birliklarning qo‘llanishi 13 % ni tashkil etishi statistik tahlillar asosida aniqlandi;
ayrim tibbiyot reklamalarining lingvistik ekspertizasi amalga oshirilib, tibbiy reklamada auditoriyaga psixologik ta’sir etuvchi so‘z va jumlalarni qo‘llamaslik,  tijoriy tibbiy reklamalar bilan yonma-yon ravishda ijtimoiy tibbiy reklamalarni qo‘llash, reklama matnlarida faol qo‘llanilayotgan resept, svecha, suspenziya, qabul qilmoq kabi birliklar o‘rnida ularning dorinoma, shamdori, malhamdori, iste’mol qilmoq kabi muqobillarini qo‘llash lozimligiga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy reklamalarning antroposentrik tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
dissertatsiyada o‘zbek tilidagi tibbiy reklama matnlari antroposentrik nuqtayi nazardan tadqiq etilib, ushbu matnlarning lingvokognitiv, psixolingvistik, sotsiolingvistik, pragmalingvistik xususiyatlari, ushbu matnlarning adresant – matn – adresatdan iborat uchlik asosida ochib berilishi, tibbiy reklamada til sohibi milliy-mental tafakkurining hisobga olinishi, “kasallik” va “salomatlik” konseptlarining lisoniy tafakkurda aks etishiga doir muammolarni  yoritish bilan bog‘liq nazariy xulosalar soha lingvistikasi rivoji uchun samarali bo‘lgan ilmiy yondashuvlarning yuzaga kelishiga xizmat qilishiga oid xulosalardan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani (2017-2020-yy.) bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 14-martdagi 139/1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning mukammallashuviga xizmat qilgan. 
tibbiy reklama diskursida kommunikativ intensiya, nutqiy aktlar hamda ularning voqelanishi yuzasidan yaratilgan nazariyalarga tayanib, kuzatishlar asosida yuzaga kelgan tibbiyotga oid reklamalarning sotsiopragmatik xususiyatlari borasidagi xulosalardan №90-01/38-raqamli “Nomoddiy madaniy meros muhofazasi bo‘yicha barqaror tadqiqot dalillari to‘plami: Markaziy Osiyo va kichik orol rivojlanayotgan davlatlarga e’tibor qaratish” nomli loyihani (2022–2024-yy.)  bajarishda foydalanilgan (“Umrboqiy meros”  O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot Markazining 2025-yil 24-martdagi №MA01/01-17-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihani bajarishda dissertatsiya xulosalariga tayanilgan. 
tibbiyotga oid reklamalarda resipientlarga ratsional va hissiy motivlar orqali ta’sir etilib, ularning targ‘ib etilayotgan tibbiy mahsulotni qabul qilishga undalishi borasidagi fikrlarga asosan aholining turli qatlamlariga psixologik yordam ko‘rsatishda samarali foydalanilishi mumkinligi to‘g‘risidagi, shuningdek, tibbiyotga oid reklamalarda kreollashtirilganlik, mantiqiy uzilish, interpretatsiyaning voqelanishi va ularning maqsadli auditoriyaga ta’siri kabi muhim xulosalardan Yo-A-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatish” mavzusidagi fundamental loyihani (2016-2017-yy.) bajarishda foydalanilgan (Buxoro xalqaro universitetining 2025-yil 29-martdagi №01-02-son ma’lumotnomasi). Natijada  ilmiy   xulosalar   loyihaning  aholi turli  qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatish borasidagi nazariy materiallarining boyishi imkonini bergan.
tadqiqotdan o‘rin olgan adresat(tomoshabin, tinglovchi)larning ijtimoiy-demografik va psixografik xususiyatlariga oid nazariy qarashlardan, jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali muloqot qilinganda adresatlarning jinsi, yoshi, kasbi, ta’lim darajasi, yashash sharoiti kabi omillarni inobatga olish lozimligi samarali muloqotni ta’minlashi, bu orqali maqsadli auditoriyaga samarali ta’sir eta olish mumkinligi borasidagi fikr-mulohazalardan “Buxoro” telekanalida  efirga uzatilgan “Dolzarb mavzu”, “Assalom, Buxoro”, “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosida efirga uzatilgan “Kun mavzusi”, “Najot bilimda” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston millliy teleradiokompaniyasi “Buxoro viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 14-martdagi №01-09-80-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabin(tinglovchi)lar bilan yanada samarali va yaqin muloqot qilinishiga, teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar mazmunining mukamallashishiga hamda ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan.
tibbiy reklama tarixi, reklama matnlarini yaratish usullari, “kopirayter”, “kopirayting” tushunchalari, reklamaning nazariy asoslari borasidagi ma’lumotlardan 60320100 – Jurnalistika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “PR va reklama” darsligining “Reklama texnologiyalari”, “Reklama ommaviy aloqa shakli sifatida”, “Reklamaning yuzaga kelish tarixi”, “Reklamaning funksional tavsifi va tasnifi”, “Reklamalarni yaratish usullari”, “Reklamalarda psixologik ta’sir mexanizmlari” kabi mavzularini yoritishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №236816-raqamli ruxsatnomasi). Natijada reklamaning shakllanish tarixi, reklamaning nazariy asoslariga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitilgan.  
tibbiy reklama matni, reklama matnlarini yaratish usullari xususidagi ma’lumotlardan 60320100 – Jurnalistika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Media tili va uslubi” darsligining “Reklama tili va uslubi”, “Samarali reklama matnlarini yaratish” kabi mavzularni yoritishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi №348517-raqamli ruxsatnomasi). Natijada mediamatnlarning lingvistik xususiyatlari, medianing matn bilan uyg‘unligi, adabiy til me’yorlariga rioya qilinishi bilan bog‘liq muammolar bilan bo‘lajak jurnalistlarni tanishtirish, ularga mohirona tarzda mediamatnlar, jumladan, reklama matnlarini yaratishga oid bilimlar berishda tadqiqot natijalari qo‘l kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish