Mirzatillaev Umid Izzatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarning profilaktik faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.14 – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1388
Ilmiy maslahatchi: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar dοktοri, prοfessοr
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.07.2024.Yu.74.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaqulov Siyovush Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor; Sayitqulov Qodirali Abdisalimovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarning profilaktik faoliyatidagi mavjud muammolarni aniqlash, tahlil etish, sohaga oid nazariya va amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlarida inspektor-psixologlarning jinoyat sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan individual profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid vakolatini belgilanishi profilaktika tadbirlarining maqsadliligi va idoralararo hamkorlikning natijadorligini oshirishga hamda takroriy huquqbuzarlikni qisqartirishga imkon berishi asoslantirilgan;
inspektor-psixologlarning “alohida ishlanishi lozim bo‘lgan oilalar”da tarbiyalanayotgan voyaga etmaganlar bilan individual profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid vazifasini belgilanishi takroriy huquqbuzarlikni kamaytirish orqali profilaktika tizimining institutsional sifati oshishiga xizmat qilishi asoslantirilgan;
inspektor-psixologlarning ta’lim muassasalarida, xizmat hududi va oilalarda mahalla ettiligi bilan hamkorlikda o‘rganish va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilanishi qarovsiz bolalarni erta aniqlash, ularni psixologik, tibbiy va ijtimoiy-huquqiy xizmatlarga tezkor yo‘naltirish, maktabga davomat va ijtimoiy reintegratsiyani yaxshilash, kuch va vositalarni yuqori xavf guruhlariga manzilli yo‘naltirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
tarbiyasi og‘ir voyaga etmagan bolalar bilan “Fuqarobay”, “Oilabay”, “Mahallabay” ishlash metodikasini mahallalardagi “ettilik” tizimining faoliyatiga tatbiq etilishi amaliyotda mahalla–ta’lim–huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida ustuvor hamkorlik mexanizmlarini joriy etishga xizmat qilishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o’z ifodasini topgan:
voyaga etmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish yuzasidan inspektor-psixologlar jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan ichki ishlar organlari profilaktika yoki probatsiya hisobida turuvchi, ixtisoslashtirilgan maxsus muassasalaridan qaytgan, qimor va tavakkalchilikka asoslangan hamda ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq turli xildagi o‘yinlarga ruju qo‘ygan, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan, agressiv xulq-atvorli, ota-ona ta’siri ostidan chiqib ketgan (bo‘ysunmay qo‘ygan), umumta’lim maktabiga muntazam bormayotgan yoki jalb etilmagan, voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlaridan ota-onasiga topshirilgan voyaga etmaganlar bilan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozimligiga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 27-iyundagi “Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 350-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bandi ikkinchi xatboshini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 13-avgustdagi 40/1544-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarning profilaktik faoliyatini takomillashtirishga hamda joylarda voyaga etmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish yuzasidan inspektor-psixologlar alohida ishlanishini lozim bo‘lgan oilalarda tarbiyalanayotgan og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan, ota-onasi uzoq muddatga ketgan, ota-onasi bo‘lmagan yoki ajrashgan, nizoli yoki ajrim yoqasiga kelib qolgan oila farzandlari, sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turuvchilarning (spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, giyohvand, ruhiy kasal) farzandlari bilan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozimligiga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 27-iyundagi “Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 350-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bandi uchinchi xatboshini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 13-avgustdagi 40/1544-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarning profilaktik faoliyatini takomillashtirishga hamda joylarda voyaga etmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarning tomonidan – ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan – xizmat hududida, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan – oilalarda o‘rganish (kuzatish) va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish jarayonida qarovsiz bolalar aniqlashga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi “Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-son qarorining 3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 12-15-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi joylarda yoshlar va voyaga etmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga xizmat qilgan;
mahallalarda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan «tarbiyasi og‘ir» toifadagi voyaga etmaganlar bilan individual ishlarni tashkil etish bo‘yicha “Mahallalarda tarbiyasi og‘ir voyaga etmagan bolalar bilan ishlash mexanizmlari (“Fuqarobay”, “Oilabay”, “Mahallabay” ishlash metodikasi) nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish hamda uni mahallalardagi «ettilik» tizimi (mahalla raisi, profilaktika inspektori, inspektor-psixologlar, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli)ning faoliyatiga tadbiq etishga oid taklifi amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi “Oila va Gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 10-iyundagi 01-09/2727-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi voyaga etmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olishga xizmat qilgan.