To‘raev Azamat Shuhratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Tijorat banklarida raqamli bank mahsulotlaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3929
Ilmiy rahbar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Mamadiyarov Zokir Toshtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Ulugbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tijorat banklarida raqamli bank mahsulotlarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tijorat tijorat banklarining raqamli bank mahsulotlarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida bir zumda “telefon raqami→rubl summasi→avtomatik konvertatsiya→Humo/Uzkard” zanjiri asosida Sberbank Online–Agrobank o‘rtasida API largan asoslangan transchegaraviy pul o‘tkazmasi (R2R) raqamli bank xizmati integarsiyasi haqidagi taklifi ishlab chiqilgan;
bank xizmatlarini jozibadorligini oshirish maqsadida yuridik shaxslarga masofadan hisobvaraq ochish, boshqa banklardagi hisobvaraqlarni ko‘rish, boshqarish va to‘lovlarni amalga oshirish, kartoteka hisobini yuritish va kuzatib borish taklifi ishlab chiqilgan;
jismoniy shaxslarga ajratilayotgan muddatli to‘lov qarzlarni o‘zlashtirilishini kengaytirish maqsadida dunyoning barcha internet do‘konlarida ushbu muddatli to‘lov limitini Open ilovasidan Agrobankda vertual Viza karta ochish va shu orqali to‘lov qilish imkoniyat yaratish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
jismoniy shaxlarning banklardagi hisobraqamlarni boshqarish va ulardan to‘lovlarni amalga oshirishni soddalashtirish maqsadida “Pully” dasturi ishlab chiqish taklifi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida bir zumda “telefon raqami→rubl summasi→avtomatik konvertatsiya→Humo/Uzkard” zanjiri asosida Sberbank Online–Agrobank o‘rtasida API largan asoslangan transchegaraviy pul o‘tkazmasi (R2R) raqamli bank xizmati integarsiyasi haqidagi taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur faoliyatni joriy qilishda foydalanilgan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 27 oktyabrdagi 03-12-122 – son ma’lumotnomasi) Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ATB “Agrobank” ning mijozlar sonining sezilarli o‘sishiga erishilib, mazkur xizmatdan yil davomida o‘rtacha 2,3 million marotabamijozlar foydalangan. Natijada, bank ushbu xizmat hisobidan 2022 yilda 718 milliard so‘m, 2023 yilda esa 870 milliard so‘m miqdorida foizsiz daromad olgan;
bank xizmatlarini jozibadorligini oshirish maqsadida yuridik shaxslarga masofadan hisobvaraq ochish, boshqa banklardagi hisobvaraqlarni ko‘rish, boshqarish va to‘lovlarni amalga oshirish, kartoteka hisobini yuritish va kuzatib borish haqidagi taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur faoliyatni joriy qilishda foydalanilgan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 27 oktyabrdagi 03-12-122 - son ma’lumotnomasi) Natijada, bank tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, mobil ilova orqali 30 mingda ortiq yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga imkon yaratilgan;
Jismoniy shaxslarga ajratilayotgan muddatli to‘lov qarzlarni o‘zlashtirilishini kengaytirish maqsadida dunyoning barcha internet do‘konlarida ushbu muddatli to‘lov limitini Open ilovasidan Agrobankda vertual Viza karta ochish va shu orqali to‘lov qilish imkoniyat yaratish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 27 oktyabrdagi 03-12-122-son ma’lumotnomasi) Natijada Agrobank ATB tomonidan ajratilgan muddatli to‘lov orqali Nike, Adidas va Apple kabi yirik internet do‘konlarida ham savdolarni amalga oshirish imkonini bergan;
jismoniy shaxlarning banklardagi hisobraqamlarni boshqarish va ulardan to‘lovlarni amalga oshirishni soddalashtirish maqsadida “Pully” dasturi ishlab chiqish taklifi asoslab berilgan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 27 oktyabrdagi 03-12-122-son ma’lumotnomasi) Natijada bank mijozlari hisobraqamlarni o‘zlariga qulay bo‘lgan ilovadan kirib boshqarishlari va to‘lovlarni amalga oshirishlari hamda komissiya miqdori kam bo‘lgani uchun mablag‘larin iqtisod qilishlariga erishiladi.