Raximboev Sardor Qahramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transformatsiya jarayonida banklarning investision jozibadorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt5964
Ilmiy rahbar: Xusanov Ulug‘bek Nishanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: To‘raev Shavkat Shuhratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tojiev Raxmatilla Rahmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes 
va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining investision jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari moliyaviy investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirishda sof foyda hajmini “qoniqarli” (ROE ≤ 10%), “yaxshi” (10% < ROE ≤ 20%), “a’lo” (ROE > 20%) kabi differensial toifalarga ajratish mexanizmi asosida “a’lo” toifasiga mansub banklarda dividend siyosatini optimallashtirish yo‘li bilan bank jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
banklarning investision faoliyatini diversifikatsiyalash, risklarni kamaytirish hamda aktivlar portfelining uzoq muddatli rentabelligini ta’minlashda tijorat banklarining aktivlari tarkibida investisiyalar ulushini yillik o‘rtacha darajada barqaror ushlab turish va uni bankning yalpi aktivlari o‘sish sur’ati bilan mutanosib ravishda boshqarish asoslangan;
tijorat banklarida yuqori likvidli investisiyalar hajmini kengaytirish, investision portfelini optimallashtirishda qimmatli qog‘ozlarni likvidlik mezoniga ko‘ra “yuqori” (0,75-1,0), “o‘rta” (0,45-0,74) va “past” (0-0,44) toifalarga ajratgan holda boshqarish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan moliyaviy investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirishda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda banklar aktivlari tarkibida qimmatli qog‘ozlari ulushining 2030-yilga qadar prognoz ssenariylari taklif qilingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:    
tijorat banklari moliyaviy investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirishda sof foyda hajmini “qoniqarli” (ROE ≤ 10%), “yaxshi” (10% < ROE ≤ 20%), “a’lo” (ROE > 20%) kabi differensial toifalarga ajratish mexanizmi asosida “a’lo” toifasiga mansub banklarda dividend siyosatini optimallashtirish yo‘li bilan bank jozibadorligini oshirish taklifi “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2025-yil biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Agrobank”ning 2025-yil 29-sentyabrdagi 07-03-09/85-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning o‘z mablag‘lari tarkibida qo‘shimcha kapital manbasining summasi 2025-yil 30-mayda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga oshishi ta’minlangan;
banklarning investision faoliyatini diversifikatsiyalash, risklarni kamaytirish hamda aktivlar portfelining uzoq muddatli rentabelligini ta’minlashda tijorat banklarining aktivlari tarkibida investisiyalar ulushini yillik o‘rtacha darajada barqaror ushlab turish va uni bankning yalpi aktivlari o‘sish sur’ati bilan mutanosib ravishda boshqarishga doir taklifi “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat bankining strategik rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Agrobank”ning 2025-yil 29-sentyabrdagi 07-03-09/85-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarining moliyaviy aktivlar portfeli tarkibida investisiyalarning ulushini yillik o‘rtacha 12 foiz va uni bankning yalpi aktivlari yillik o‘rtacha o‘sish surʼati bilan mutanosib holda saqlash AT “Agrobank”ning investisiyalari portfeli hajmini 2025-yil 30-iyun holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,8 foizga oshishiga erishilgan;
tijorat banklarida yuqori likvidli investisiyalar hajmini kengaytirish, investision portfelini optimallashtirishda qimmatli qog‘ozlarni likvidlik mezoniga ko‘ra “yuqori” (0,75-1,0), “o‘rta” (0,45-0,74) va “past” (0-0,44) toifalarga ajratgan holda boshqarishga doir taklifi “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatiga joriy etilgan (ATB “Agrobank”ning 2025-yil 29-sentyabrdagi 07-03-09/85-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yil birinchi yarim yillikda jami investisiya portfeli tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning ulushi 59,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil birinchi yarim yillikda ushbu ko‘rsatkichni 78,1 foizga yetkazish imkonini bergan;
tijorat banklari tomonidan moliyaviy investisiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirishda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda banklar aktivlari tarkibida qimmatli qog‘ozlari ulushining 2030-yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi “Agrobank” aksiyadorlik-tijorat bankining tomonidan 2030-yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (ATB “Agrobank”ning 2025-yil 29-sentyabrdagi 07-03-09/85-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining uzoq muddatli istiqboldagi qimmatli qog‘ozlar portfeli hajmi hamda u bilan bog‘liq asosiy instrumentlar faoliyatini aniqlashtirish va o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish