Kukimova Gul`jan Baxadirxodjaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Antikovir» va «NoCovid-20» kapsulalarining texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Far132.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shoxista Fexruzovna, farmatsevtika fanlari  doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, DSc.04/30.11.2024.Far.188.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaeva Nilufar Muxutdinovna farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Foziljonova Malika Shuxratdjanovna farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika ilmiy - tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kurkumin va rux mikroelementi asosida sintez kilingan “Kurkusink” kompleks birikmasi asosida “Antikovir” dori vositasi va  uzun kurkuma ildiz va ildizpoyasining quruq ekstraktini saqlagan “NoCovid-20”  kapsulalarining texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kurkumin va rux elementi saqlovchi kompleks birikma sintez qilinib, uning fizik-kimyoviy qo‘rsatkichlari aniqlangan hamda taklif etilayotgan innovatsion substansiya fraksion tarkibi, sochiluvchanligi, sochiluvchanlik zichligi, tabiiy og‘ish burchagi kabi texnologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholangan;
ilk bor olingan kompleks birikma substansiyasi asosida «Antikovir» dori vositasining tarkibi tanlanib, yordamchi moddalar va substansiyaning optimal nisbati asosida texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yangi  «NoCovid-20» biologik faol qo‘shimchasining tarkibi tanlanib,  texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda taklif etilayotgan BFQ kapsulalarining tarkibidagi biologik faol modda - kurkuminning miqdori aniqlangan;
olingan «Antikovir» kapsula dori vositasi hamda «NoCovid-20» biologik faol qo‘shimchasi tarkibidagi biologik faol moddalarning sifat me’yorlari,  barcha kapsulalarning saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Antikovir” va “NoCovid-20” kapsulalarining texnologiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Kurkusink” farmatsevtik substansiyasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-22175941-4829-2022). Ushbu korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanganligi “Kurkusink” substansiyasi asosida dori vositalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Antikovir» kapsulalari  uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-22175941-4813-2022). Ushbu xujjatlarning tasdiqlanishi koronavirusga qarshi dori vositasining ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Kurkusink” substansiyasi va «Antikovir» kapsulalari O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (DV/M 04046/02/22, DV/M 04040/02/22).  Mazkur substansiya va preparatning ro‘yxatdan o‘tkazilishi ularni mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarish imkonini bergan;
«NoCovid-20» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 23937838-50:2020) va  ularni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TI 23937838-52:2021). Natijada, farmatsevtika sanoati uchun kurkuma quruq ekstrakti va rux elementi asosida olingan «NoCovid-20» kapsulalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish