Kamalov Nodir Alovaddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chov churralarida endovideojarrohlik operatsiyalari natijalarini klinik baholash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4334.
Ilmiy rahbar: Babajanov Axmadjon Sultanbaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zayniev Alisher Faridunovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
endovideojarrohlik operatsiyalarini tanlashda differensial yondashuv orqali chov churralarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor endovideojarrohlik transabdominal preperitoneal gernioplastika (TARR) va kengaytirilgan ekstraperitoneal gernioplastika (e-TER) usullarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan va bunda TARR usulida 5,2% hollarda qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlanishi aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘ida operatsiya o‘tkazgan bemorlarda bir vaqtning o‘zida operatsiyalarni bajarish kerak bo‘lsa va churralarni ikki tomonlama lokalizatsiya qilish uchun transabdominal preperitoneal gernioplastika (TARR) gernioplastikasini amalga oshirishning ustuvorligi isbotlangan;
ilk bor chov gernioplastikaning algoritmi taklif kilingan va bunda total ekstraperitoneal gernioplastika (e-TER) qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolarida o‘tkazilgan operatsiyalar tufayli rivojlangan bitishma jarayonida, TARR esa bir vaqtning o‘zida simul`tan amaliyotlarni bajarish zarurati tug‘ilganda va ikki tomonlama churralarda asoslangan;
chov churalari uchun endovideojarrohlik operatsiyalarini tanlashda differinsial yondashuvning klinik samaradorligi operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi o‘rtacha 17,2±3,8 oylik kuzatuv bilan TARR va e-TER guruhlarida churraning takrorlanish chastotasi  2,1 % ga kamaytirish orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chov churralarida endovideojarrohlik operatsiyalari natijalarini klinik baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.01.2025 y. 11/30-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor endovideojarrohlik transabdominal preperitoneal gernioplastika (TARR) va kengaytirilgan ekstraperitoneal gernioplastika (e-TER) usullarining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan va bunda TARR usulida 5,2% hollarda qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 y. 4467-7-107-TB/2024-son buyrug‘i) va Samaqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.11.2024 y. 423-U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: chov churrasi uchun endovideojarrohlik aralashuv usulini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritm davolashning yuqori sifatiga erishish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: chov churrasi uchun endovideojarrohlik aralashuv usulini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritmi bilan bemorlarda bir vaqtdagi jarrohlik aralashuvi doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 8-10 kun uchun 3241320 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855200 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 1123700 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: endovideojarrohlik transabdominal preperitoneal (TARR) chov gernioplastikasida 5,2 % da qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlanishi bilan birga o‘tkazilgan, bu total ekstraperitoneal e-TER plastik jarrohlik bilan chiqarib tashlangan. Biroq joy cheklanganligi va texnik qiyinchiliklar tufayli TERning 3,8 %i TARRga aylantirildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘ida operatsiya o‘tkazgan bemorlarda bir vaqtning o‘zida operatsiyalarni bajarish kerak bo‘lsa va churralarni ikki tomonlama lokalizatsiya qilish uchun transabdominal preperitoneal gernioplastika (TARR) gernioplastikasini amalga oshirishning ustuvorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 y. 4467-7-107-TB/2024-son buyrug‘i) va Samaqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.11.2024 y. 423-U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: TER gernioplastikasi qorin bo‘shlig‘i a’zolarida ilgari jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda chov churrasi uchun tanlangan operatsiya hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: TER gernioplastikasi qorin bo‘shlig‘i a’zolarida ilgari jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda chov churrasi uchun tanlangan operatsiya yordamida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5445400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: qorin bo‘shlig‘i va chanoq bo‘shlig‘i a’zolarida bitishma kasalligi tufayli operayiya qilingan bemorlarda total ekstraperitoneal gernioplastika afzaldir. Agar bir vaqtning o‘zida operatsiyalarni bajarish kerak bo‘lsa va churralarni ikki tomonlama lokalizatsiya qilish uchun TARR tavsiya etiladi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor chov gernioplastikaning algoritmi taklif kilingan va bunda total ekstraperitoneal gernioplastika (e-TER) qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolarida o‘tkazilgan operatsiyalar tufayli rivojlangan bitishma jarayonida, TARR esa bir vaqtning o‘zida simul`tan amaliyotlarni bajarish zarurati tug‘ilganda va ikki tomonlama churralarda asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 y. 4467-7-107-TB/2024-son buyrug‘i) va Samaqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.11.2024 y. 423-U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: agar endovideojarrohlik operatsiyalariga zaruriyat tug‘ilsa ikki tomonlama chov churrasi uchun TARR ustuvor hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: transabdominal preperitoneal gernioplastika usulini qo‘llangan operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 35% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: TARR va TERning afzalliklar va kamchiliklarini hisobga olgan holda chov churralari uchun endivideojarrohlik operatsiyalari usulini tanlash algoritmi davolash sifatining yuqori darajasiga va gematomalar sonini kamaytirishga imkon berdi. TARR guruhlari 8,6 % dan 3,7% gacha, TER guruhlarida- e-TER 7,6%dan 5,7% gacha va preperitoneal bo‘shliq disseksiyasi bilan (TARR guruhlarida 8,6 %dan 7,4 gacha, TER- e-TER guruhlarida 13,5 % dan 5,7 % gacha).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chov churalari uchun endovideojarrohlik operatsiyalarini tanlashda differinsial yondashuvning klinik samaradorligi operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi o‘rtacha 17,2±3,8 oylik kuzatuv bilan TARR va e-TER guruhlarida churraning takrorlanish chastotasi  2,1 % ga kamaytirish orqali isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 y. 4467-7-107-TB/2024-son buyrug‘i) va Samaqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (20.11.2024 y. 423-U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: chov churrasi uchun endovideojarrohlik operatsiyalarini tanlashga differensial yondashuv orqali operatsiya vaqtidagi, operatsiyadan keyingi va residivni kamaytirish  klinik natijalarni yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4568400 so‘m  sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: TAR bilan operatsiyadan keyingi o‘rtacha 17,2±3,8 oylik kuzatuv bilan TARR va e-TER guruhlarida churraning takrorlanish chastotasi  2,1 %ni tashkil etadi. TARR va TER retrospektiv guruhlarida churraning takrorlanish chastotasi sezilarili farqlarga ega emas (mos ravishda 2,3% va 2,4 %) ammo chov churralarining endovideojarrohlik gernioplastika operatsiya usulini tanlashga differensial yondashuvning klinik samaradorligini isbotlovchi tadqiqotga qaraganda yuqori.

Yangiliklarga obuna bo‘lish