Norqulov Mirsaid To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi:
 «Aksiyadorlik jamiyatini kapital tarkibini shakllantirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 — “Moliya, pul muomalasi va kredit” Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4104.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Foziljonov Ibrohimjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatini kapital tarkibini shakllantirish amaliyotini takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarining qarz kapitali va o‘z kapitali o‘rtasidagi maqbul nisbatni 30/70 darajasida belgilash orqali kapital tarkibini muvozanatlashtirish hamda moliyaviy samaradorlikni oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining qarz kapitali tarkibini shakllantirishda bank kredit resurslarini jalb qilishga ko‘ra qarz kapitali riskini aniqlashda qarzni kapitalga nisbati koeffisient qiymatini «past risk» (0 – 0,3), «o‘rta risk» (0,31-0,7), «yuqori risk» (0,71) darajalariga ajratish orqali moliyaviy barqarorligini ta’minlash va moliyaviy dastaklardan oqilona foydalanish taklifi asoslangan; 
aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar paketini mahalliy va xalqaro kapital bozoriga ommaviy savdolarga chiqarishda anderrayter, investisiya vositachilari va maxsus konsul`tantlarni jalb qilish orqali aksiyalar bozor qiymatining yuqori va quyi chegarasini aniqlash taklifi ishlab chiqilgan; 
O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ qimmatli qog‘ozlari qiymatining o‘sishini o‘zgarmas samaralar regression ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatini kapital tarkibini shakllantirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarining qarz kapitali va o‘z kapitali o‘rtasidagi maqbul nisbatni 30/70 darajasida belgilash orqali kapital tarkibini muvozanatlashtirish hamda moliyaviy samaradorlikni oshirish taklifi «Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 24 iyundagi 01-435-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini moliyaviy resurlarni jalb qilishi qilishi va kapital samaradorlikni oshirishga hamda rentabellik ko‘rsatkichlari hisoblangan aktivlar va kapital samaradorlik koeffitsientlarini me’yoriy darajada saqlab qolish imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlarining qarz kapitali tarkibini shakllantirishda bank kredit resurslarini jalb qilishga ko‘ra qarz kapitali riskini aniqlashda qarzni kapitalga nisbati koeffisient qiymatini «past risk» (0 – 0,3), «o‘rta risk» (0,31-0,7), «yuqori risk» (0,71) darajalariga ajratish  orqali moliyaviy barqarorligini ta’minlash va moliyaviy dastaklardan oqilona foydalanish taklifi «Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 24 iyundagi 01-435-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini kapitali tarkibida bank kreditlar orqali jalb qilingan resurslarni faqatgina yuqori foyda keltiruvchi loyihalar mablag‘larni yo‘naltirish orqali foiz xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy richagni oqilona fodalanish orqali aksidorlarni daromadini ortishiga olib kelgan;
aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalar paketini mahalliy va xalqaro kapital bozoriga ommaviy savdolarga chiqarishda anderrayter, investisiya vositachilari va maxsus konsul`tantlarni jalb qilish orqali aksiyalar bozor qiymatining yuqori va quyi chegarasini aniqlash taklifi «Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 24 iyundagi 01-435-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida fond bozorida obligatsiyalar bilan bog‘liq savdo hajmini ortishiga va aksiyadorlik jamiyatlarini fond bozoriga qarz insturment orqali faolligini oshirishga xizmat qiladi;
O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ qimmatli qog‘ozlari qiymatining o‘sishini o‘zgarmas samaralar regression ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif «Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Sharg‘unko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 24 iyundagi 01-435-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aksiyadorlik jamiyatning kapital rentabelligi va aktivlar rentabilligini hamda jamiyatning sof foydasini o‘sish dinamikasini baholash imkoni yaratilgan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish