Turaev Xikmatulla Negmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Klinik va farmakologik tahlil natijalari asosida aritmiyalar farmakoterapiyasini optimallashtirish» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib.3129.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baydurin Serik Amangel`dinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: K.I.Axunbaeva nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lmachalar fibrillyasiyasida klinik-farmakologik tahlil natijalari asosida antitrombotik farmakoterapiyani optimallashtirish orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarning xalqaro va milliy registrlari ma’lumotlari tizimlashtirildi, ular klinik tavsiyalar bilan taqqoslanib, davolash sxemalaridagi asosiy o‘xshashlik va farqlari aniqlangan;
ambulator va gospital terapiya bosqichlarida OAK tayinlanishining klinik xususiyatlari va dinamikasi baholanib, yurak ritmi buzilishlarida zamonaviy milliy va xalqaro tavsiyalar bilan amaliy amaliyot o‘rtasidagi nomutanosibliklar asoslangan;
ambulator sharoitda yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarning antikoagulyant terapiyaga rioya qilish darajasi aniqlangan va antikoagulyant terapiyaga rioya qilish darajasini pasaytiruvchi asosiy omillar aniqlangan;
mikrovezikulalarning yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda tromboemboliya rivojlanishi prokoagulyant xossalari va tromboz xavfi bilan bog‘liqligi aniqlanib, yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarkand Davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 17 oktyabrdagi №11401-sonli xatiga ko‘ra quyidagi ilmiy yangilik va samaradorliklarga erishilgan:
birinchi ilmiy yangilik: yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarning xalqaro va milliy registrlari ma’lumotlari tizimlashtirildi, ular klinik tavsiyalar bilan taqqoslanib, davolash sxemalaridagi asosiy o‘xshashlik va farqlari aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: ish natijalari nafaqat ilmiy bilimlarni rivojlantiradi, balki jamiyat salomatligi va farovonligiga bevosita ta’sir qiladi, yurak ritmi buzilishlari bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar yurak ritmi buzilishlar bo‘lgan bemorlarda tromboembolik asoratlarni erta diagnostikasini yaxshilab, terapiyani o‘z vaqtida to‘g‘rilash va asoratlar xavfini kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: bemorlarning statsionarda yotish muddati qisqarishi va shifoxonaga murojaatlar soni kamayishi tufayli har bir bemor uchun o‘rtacha 3 kunlik davolanish xarajatlari 405000 so‘m mablag‘ tejalishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ambulator va gospital terapiya bosqichlarida OAK tayinlanishining klinik xususiyatlari va dinamikasi baholanib, yurak ritmi buzilishlarida zamonaviy milliy va xalqaro tavsiyalar bilan amaliy amaliyot o‘rtasidagi nomutanosibliklar aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: sh natijalari yurak ritmi buzilishlarida OAK tayinlanishining klinik xususiyatlari va dinamikasini baholash, ambulator va gospital terapiya bosqichlarida zamonaviy milliy va xalqaro tavsiyalar bilan amaliy amaliyot o‘rtasidagi nomutanosibliklarni aniqlash orqali diagnostika va davolashni takomillashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu tavsiyalar bemorlarning xabardorligini oshirib, terapiyaga rioya qilishni yaxshilash va tromboembolik hodisalar sonini kamaytirishga yordam bergan. Mikrovezikulalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni joriy etish tromboembolik asoratlar bilan bog‘liq gospitalizatsiyalar sonini kamaytirib, statsionarda davolashning o‘rtacha muddatini 3 kunga qisqartirdi va davlat byudjetiga 235000 so‘m tejash imkonini berdi (terapevtik bo‘limda bir kunlik koyka-kun qiymati 135000 so‘m). Antikoagulyant terapiya sxemalarini optimallashtirish qo‘shimcha laborator va instrumental tadqiqotlarga ehtiyojni kamaytirib (125000 so‘m qiymatida), har bir bemor uchun yiliga 375000 so‘m tejalishini ta’minladi. Xulosa: Yurak ritmi buzilishlarida OAK tayinlanishining klinik xususiyatlarini baholash orqali terapiyaning samaradorligi oshirilgan. Zamonaviy tavsiyalarni joriy qilish bemorlarning xabardorligini oshirib, terapiyaga rioya qilishini yaxshilagan va tromboembolik asoratlar sonini kamaytirgan. Antikoagulyant terapiyasi sxemalarining optimallashtirish natijasida har bir bemor uchun yiliga 375000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan.
uchinchi ilmiy yangilik: ambulator sharoitda yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarning antikoagulyant terapiyaga rioya qilish darajasi baxolangan, antikoagulyant terapiyaga rioya qilish darajasini pasaytiruvchi asosiy omillar aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: ish natijalari yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda antikoagulyant terapiyaga rioya qilish darajasini yaxshilashga yordam berib, tromboembolik asoratlarning prognozini yaxshilashga, terapiya samaradorligini oshirishga va xalqaro klinik tavsiyalarga muvofiq davolash tadbirlarini tashkil etishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda antikoagulyant terapiyaga rioya qilish darajasini yaxshilash orqali tromboembolik asoratlar soni kamaygan, davolanish samaradorligi oshgan va kasalxonada umumiy davolanish vaqti qisqargan. Natijada, statsionarda davolanish muddatining o‘rtacha 2 kunga qisqarishi hisobiga 270000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalgan. Xulosa: antikoagulyant terapiyani optimallashtirish orqali terapiya samaradorligi oshgan va 270000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mikrovezikulalarning yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda tromboemboliya rivojlanishiga yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan, ularning prokoagulyant xossalari va tromboz xavfi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: ish natijalari yurak ritmi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda mikrovezikulalarning prokoagulyant xususiyatlari va tromboembolik asoratlar xavfi bilan bog‘liqligini aniqlash orqali ushbu asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini takomillashtirishga yordam bergan va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, davolash samaradorligini oshirish va xalqaro klinik tavsiyalarga muvofiq maqsadli profilaktika choralarini joriy qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mikrovezikulalarni baholash asosida tromboembolik asoratlar xavfini erta aniqlash va antikoagulyant terapiya sxemalarini optimallashtirish orqali asoratlar kamayishi natijasida, statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 3 kunga qisqarib, 405000 so‘m byudjeti mablag‘lari tejalgan. Shuningdek, samarasiz antikoagulyant terapiyasidan voz kechish hisobiga 270000 so‘m va qo‘shimcha laborator va instrumental tadqiqotlarga ehtiyoj kamayishi natijasida esa yiliga 375000 so‘m byudjeti mablag‘lari iqtisod qilingan. Xulosa: mikrovezikulalarni baholash va antikoagulyant terapiya sxemalarini optimallashtirish orqali tromboembolik asoratlar xavfi kamaygan, statsionarda davolanish muddati qisqarishi, samarasiz antikoagulyant terapiyadan voz kechish, hamda instrumental tadqiqotlarga ehtiyoj kamayishi natijasida yiliga umumiy 1050000 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan.