Shokirova Nargiza Gani qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Antifosfolipid sindromli ayollarni xomiladorlik oldidan tayyorlash va xomiladorlikni erta muddatlarida olib borishni optimallashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik i ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.PhD/Tib3109.
Ilmiy rahbar: Muratova Nigora Djuraevna, tibbiyot fanlari doktori dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti,  DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtrlgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy  tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antifosfolipid sindromli ayollarni xomiladorlikka tayyorlash va gestatsiyaning erta muddatlarida olib borish usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
antifosfolipid sindromli ayollarda anamnestik, klinik va laborator ko‘rsatkichlarni o‘rganish orqali, takroriy reproduktiv yo‘qotishlarga olib keladigan gemostaz buzilishining asosiy xavf omillari isbotlangan;
AFS da reproduktiv yo‘qotishlar faqatgina giperkoagulyasiya, ya’ni trombotsitlar agregatsiyasi vaqti va AChTV 1,5 marta qisqarishi (p<0,05), fibrinogenning 2,5 marta ortishi (p<0,05) hisobiga emas, balki yallig‘lanish jarayonlar mavjudligi hisobiga ham sodir bo‘lishi isbotlangan;
reproduktiv yo‘qotishlarni oldini olish maqsadida past molekulyar geparinlar uzoq muddat qo‘llanilda anti-Xa faolligini aniqlash gipokoagulyasiya xavfining markeri sifatida xizmat qilishi mumkinligi, uning 1,1-1,2 ME/ml dan ortishi PMG dozasini korreksiyalash yoki bekor qilishni talab qilinishi isbotlangan;
antifosfolipid sindromli ayollarni davolashda giperkoagulyasiya, autoimmun va yallig‘lanish jarayonlarini davolashga differensial yondashuv reproduktiv yo‘qotishlar sonini kamayishiga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent Davlat stomatologiya instituti ekspert komissiyasining 28.03.2024 yildagi №04-p\114, va 28.03.2024 yildagi №04-p\115-sonli xulosasiga muvofiq (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti 20.06.2025 yildagi 20/18-sonli ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalari uchun joriy etish haqida xati yuborilgan): 
birinchi ilmiy yangilik: antifosfolipid sindromli ayollarda anamnestik, klinik va laborator ko‘rsatkichlarni o‘rganish orqali, takroriy reproduktiv yo‘qotishlarga olib keladigan gemostaz buzilishining asosiy xavf omillari isbotlangan; (26.06.2024 yildagi 70-sonli buyruq bilan 68-sonli Oilaviy poliklinika va 26.03.2025 yildagi 161-sonli buyrug‘i bilan Toshkent shahar 8-sonli ShTK). Ijtimoiy samaradorligi: antifosfolipid sindromli va/yoki anamnezida takroriy reproduktiv yo‘qotishlari bor ayollarni tekshirish asosida homila tushishi, homila rivojlanmasligi va muddatiga etmagan tug‘ruqni oldini olish, kasalxonaga yotqizish chastotasini kamaytirish, va reproduktiv yo‘qotishlar sonini kamaytirish maqsadida antifosfolipid sindromini erta aniqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Iqtisodiy samaradorligi: antifosfolipid sindromli ayollarda reproduktiv yo‘qotishlar rivojlanishining xavf omillarini hisobga olib 18 nafar ayolga erta tashhis qo‘yishga erishildi, davolash tadbirlarining o‘z vaqtida boshlanishi ushbu ayollarda statsionarda davolanish vaqtini 5,5 kundan 3 kungacha kamaytirilgan, 18 nafar bemorning statsionar davolanishi uchun sarflanadigan 14288400 so‘m mablag‘ tejalish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Taklif etilgan usul va tavsiyalar bo‘yicha antifosfolipid sindromiga chalingan ayollarda reproduktiv yo‘qotishlar sodir bo‘lishi, jumladan takroriy homila tushishi, rivojlanmay qolishi, erta muddatdagi tug‘ruq, intra- va antenatal o‘limlar chastotasining pasayishiga erishildi, dori vositalardan iqtisodiy samaradorlik shifokorga bitta murojaatdan 18 nafar ayol uchun  63450000 so‘m va statsionarda bo‘lishdan 14288400 so‘mni tashkil qildi,  18 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 77738400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: antifosfolipid sindromi xavf omillarini aniqlash va o‘z vaqtida davolash asosida takroriy homila tushishlarini chastotasi kamaytirildi, bunda statsionarda davolanish chastotasi va davomiyligi hisobiga  793800 so‘m tejaldi. Dori vositalardan iqtisodiy samaradorlik shifokorga bitta murojaatdan  3525000 so‘m va statsionarda bo‘lishdan 793800 so‘mni tashkil qildi,  1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 4318800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: AFS da reproduktiv yo‘qotishlar faqatgina giperkoagulyasiya, ya’ni trombotsitlar agregatsiyasi vaqti va AChTV 1,5 marta qisqarishi (p<0,05), fibrinogenning 2,5 marta ortishi (p<0,05) hisobiga emas, balki yallig‘lanish jarayonlar mavjudligi hisobiga ham sodir bo‘lishi isbotlangan. (26.06.2024 yildagi 70-sonli buyruq bilan 68-sonli Oilaviy poliklinika va 26.03.2025 yildagi 161-sonli buyrug‘i bilan Toshkent shahar 8-sonli ShTK). Ijtimoiy samaradorligi: antifosfolipid sindromi kuzatilgan ayollarda revmatologik omillar miqdori ortishi, gemostaziologik va gormonal buzilishlar mavjudligini aniqlash orqali organizmning immun javobi pasayishini va giperkoagulyasiya holatini aniqlash, akusherlik asoratlari rivojlanishining oldini olish mumkin, bu davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: antifosfolipid sindromi kuzatilgan ayollarda revmatologik omillar miqdori ortishi, gemostaziologik va gormonal buzilishlar mavjudligi giperkoagulyasiya holatiga va takroriy reproduktiv yo‘qotishlarga olib keladi, ushbu patologiya chastotasining pasayishi reproduktiv yoshdagi 10 nafar ayol uchun 1 kunda 6065766 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan, statsionarda davolanish chastotasi 2,5 baravar kamaygan. Xulosa: antifosfolipid sindromi kuzatilgan ayollarda giperkoagulyasiya holati rivojlanishi va takroriy reproduktiv yo‘qotishlarning oldini olish 1 kunda 1 bemorga 606576 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yo‘qotishlarni oldini olish maqsadida past molekulyar geparinlar uzoq muddat qo‘llanilda anti-Xa faolligini aniqlash gipokoagulyasiya xavfining markeri sifatida xizmat qilishi mumkinligi, uning 1,1-1,2 ME/ml dan ortishi PMG dozasini korreksiyalash yoki bekor qilishni talab qilinishi isbotlangan (26.06.2024 yildagi 70-sonli buyruq bilan 68-sonli Oilaviy poliklinika va 26.03.2025 yildagi 161-sonli buyrug‘i bilan Toshkent shahar 8-sonli ShTK); Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tekshirish algoritmi antifosfolipid sindromini ambulatoriya sharoitida davolash imkonini beradi, yallig‘lanish jarayonini davolash va giperkoagulyasiyani korreksiyalash preparatlarini qo‘shgan holda kompleks davolash taktikasini tanlash takroriy reproduktiv yo‘qotishlarni oldini oladi, homiladorlikni muddatiga etishi va sog‘lom bola tug‘ilishi imkonini beradi va ayol turmush sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: odatiy homila tashlash va antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda taklif etilgan algoritm bo‘yicha ambulatoriya sharoitida o‘z vaqtida tashxislash takroriy reproduktiv yo‘qotishlar, akusherlik asoratlarining chastotasini kamaytirish, gipokoagulyasiya holati va qon ketishi kabi asoratlarni 3 baravar qisqarish imkonini berdi. Ambulator davolanganda, statsionarda davolanishdan farqli o‘laroq, tejamkorlik 20 nafar bemorga 12117000 so‘m mablag‘ tejalish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.  Xulosa: antifosfolipid sindromni va giperkoagulyasiya xolatini o‘z vaqtida tashxislash asoratlar rivojlanishining oldini olish va 1 bemorga 605850 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik antifosfolipid sindromli ayollarni davolashda giperkoagulyasiya, autoimmun va yallig‘lanish jarayonlarini davolashga differensial yondashuv reproduktiv yo‘qotishlar sonini kamayishiga yordam berishi isbotlangan (26.06.2024 yildagi 70-sonli buyruq bilan 68-sonli Oilaviy poliklinika va 26.03.2025 yildagi 161-sonli buyrug‘i bilan Toshkent shahar 8-sonli ShTK). Ijtimoiy samaradorligi: antifosfolipid sindromi kuzatilgan ayollarda homiladorlikdan oldin tizimli ferment terapiya preparatlarini qo‘llash ayollarda autoimmun kasalliklar va yallig‘lanish jarayonlar asoratlarini kaymaytirishga, qonning reologik hususiyatlarini yaxshilash imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida takroriy homila yo‘qotishlarni oldini olish, akusherlik asoratlarining chastotasini kamaytirish, homiladorlikni muddatiga etishi va sog‘lom bola tug‘ilishi imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: antifosfolipid sindromi kuzatilgan ayollarda homiladorlikdan oldin tizimli ferment terapiya preparatlarini qo‘llash takroriy reproduktiv yo‘qotishlar chastotasini qisqartiradi, ushbu patologiya chastotasining pasayishi reproduktiv yoshdagi 10 nafar ayol uchun 1 kunda 6065766 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan, statsionarda davolanish chastotasi 2,5 baravar kamaygan. Xulosa: antifosfolipid sindromi kuzatilgan ayollarda takroriy reproduktiv yo‘qotishlarning oldini olish va akusherlik asoratlarining chastotasi qisqarishi 1 kunda 1 bemorga 606576 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish