Masharipov Faxriddin Ataevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda elka suyagining bo‘rtiqlararo va bo‘rtiqlar usti asoratlangan sinishlarini davolash taktikasini optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib94.
Ilmiy rahbar: Musaev Toxir Siddiqovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 28.02.2018.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Ochkurenko Aleksandr Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Irismetov Murod Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maksadi: elka suyagining bo‘rtiqlararo va bo‘rtiqlar usti asoratlangan sinishlari bilan bolalarda kompleks diagnostika va davolashning taktik aspektlarini takomillashtirish yo‘li orqali anatom-funksional natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ES bo‘rtiqlararo va bo‘rtiqlar usti sinishlari klinik-anatomik hususiyatlari verifikatsiyasi suyak bo‘laklarining siljish xarakteri, yumshoq to‘qimalar va tomir-asab tutami jarohatining og‘irlik darajasi mukammal bog‘liqligi isbotlangan;
bolalarda ES bo‘rtiqlararo va bo‘rtiqlar usti sinishlarida qoldiq rotatsion siljishni kichik distraksiyalar hisobiga suyak bo‘laklarini adekvat joyiga qo‘yish va tirsak bo‘g‘imi o‘qli deformatsiyalarining oldini oluvchi moslama orqali bartaraf etish usuli takomillashtirilgan;
ES bo‘rtiqlararo sinishlarida suyak bo‘laklarining harakatlaridagi farqlar, atrofdagi mushak va to‘qimalarga fizik ta’sirini hisobga olgan holda fiksatsiyalangan sistema taqlid zonasida aniq va stabil repozisiyaga erishish uchun optimal buralish burchagi eksperimental ravishda aniqlangan;
bolalarda ES bo‘rtiqlararo va bo‘rtiqlar usti sinishlarida qon tomir tutamlari shikastlanish darajasiga va to‘qimalar ishemiyasiga ob’ektiv baho berishga asoslangan xirurgik davolashning optimal usulini tanlash mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda asoratlangan ES bo‘rtiqlararo va bo‘rtiqlar usti sinishi va uning oqibatlarini davolash taktikasini optimallashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda rotatsion siljish bilan asoratlangan ES bo‘rtiqlararo sinishlarini davolash uchun moslama» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali model uchun patenti olingan (№ FAP 00772, 31.10.2012 y.). Ushbu moslama suyak siniqlarining qoldiq rotatsion siljishini bartaraf qilish, ES distal qismining anatomik yaxlitligi va shaklini tiklash hamda tirsak bo‘g‘imi sohasida deformatsiyalar va funksional cheklanishlar rivojlanishining oldini olish imkonini bergan;
bolalarda asoratlangan ES bo‘rtiqlararo va bo‘rtiqlar usti sinishi va uning oqibatlarini davolash taktikasini optimallashtirishga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 avgustdagi 8 n-d/167-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Bolalarda ES bo‘rtiqlararo va bo‘rtiqlar usti sinishini davolashning taklif etilgan taktikasi amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini 34,0%dan 8,7%gacha kamaytirish va uzoq muddatdagi yaxshi natijalar ulushini 78,4%dan 97%gacha oshirish imkonini bergan.