Utkurov Javoxirxon Baxodir o‘g‘lining 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini ommabopligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt1908.
Ilmiy maslahatchi: Hoshimov Jahongir Ravshanbek o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari mijozlari orasida masofaviy bank xizmatlarini joriy etish darajasini 70 foizgacha oshirish orqali to‘lov operatsiyalarini raqamli formatda amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish taklif etilgan;
yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish ulushini 50 foizga oshirish asosida bank operatsion jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha integratsion algoritm ishlab chiqish taklif etilgan;
masofaviy bank xizmatlarini keng joriy etish hisobiga bankning operatsion xarajatlarini 30 foizga qisqartirish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha raqamli boshqaruv tizimini joriy etish taklif etilgan;
banklarda “Cash out” amaliyotini raqamli boshqaruv tizimi orqali amalga oshirish natijasida naqd pul aylanmasi ulushini 35 foizga qisqartirish hamda elektron to‘lovlar ulushini oshirishni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan hisob-kitobini amalga oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tijorat banklari mijozlari orasida masofaviy bank xizmatlarini joriy etish darajasini 70 foizgacha oshirish orqali to‘lov operatsiyalarini raqamli formatda amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish taklifi “Aloqabank” AT tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (“Aloqabank” ATning 2025 yil 6 iyundagi 05-04/2442 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklarining mijozlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi va qulayligi oshadi, aholi hamda biznes sub’ektlari uchun moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda vaqt va resurslar tejalgan.
yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish ulushini 50 foizga oshirish asosida bank operatsion jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha integratsion algoritm ishlab chiqish taklifi “Aloqabank” AT tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (“Aloqabank” ATning 2025 yil 6 iyundagi 05-04/2442 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuridik shaxslar o‘z operatsiyalarini onlayn tarzda boshqarish, to‘lovlar va hisob-fakturalarni kuzatish, avtomatik hisobotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
masofaviy bank xizmatlarini keng joriy etish hisobiga bankning operatsion xarajatlarini 30 foizga qisqartirish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha raqamli boshqaruv tizimini joriy etish taklifi “Aloqabank” AT tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (“Aloqabank” ATning 2025 yil 6 iyundagi 05-04/2442 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, masofaviy bank xizmatlarini keng joriy etish va raqamli boshqaruv tizimini joriy qilish natijasida bankning operatsion xarajatlari sezilarli darajada kamayadi, xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshgan.
banklarda “Cash out” amaliyotini raqamli boshqaruv tizimi orqali amalga oshirish natijasida naqd pul aylanmasi ulushini 35 foizga qisqartirish hamda elektron to‘lovlar ulushini oshirishni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan hisob-kitobini amalga oshirish taklifi “Aloqabank” AT tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (“Aloqabank” ATning 2025 yil 6 iyundagi 05-04/2442 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Cash out” operatsiyalarini raqamli boshqaruv tizimi orqali avtomatlashtirish natijasida bankning naqd pul aylanmasi ulushi sezilarli darajada kamayadi va elektron to‘lovlar ulushi oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish