Sobirjonov Sanjar Sobirjonovichning 
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy menejment tizimini transformatsiyalashda raqamli marketingni takomillashtirish yo‘llari (tadbirkorlik subektlari faoliyati misolida)», 
08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» hamda 08.00.11 – «Marketing»
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt600
Ilmiy maslahatchi: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.  
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Gulyamov Saidahror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axunova Gulchehra Nazarovna.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Moliyaviy menejment tizimida raqamli marketing texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “raqamli marketing” tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy menejment tizimini transformatsiyalashning o‘ziga xos iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, axloqiy, hissiy xulq-atvor asosida shakllangan, uning xalqaro marketing tamoyillarini ifoda etuvchi ma’nolar, yondashuvlar majmuini korxonalar uchun milliy va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish hamda moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
korxona byudjetiga raqamli marketing xarajatlarining quyi [1;10] va yuqori [10;30] chegaralarining ta’siri  (MMS – mixed methods survey) aralash metodlar so‘rovnomasi usuli orqali aniqlanib, korxonalar moliyaviy natijalarining yuqori darajadagi interval oraliqqa erishishi va umumiy daromadi oshishi asoslangan;
moliyaviy menejment transformatsiyasi jarayonida raqamli marketingning ROI-fokusli kognitiv optimallashtirish modeli (CMROI Model) asosida marketing xarajatlarining umumiy xarajatlar tarkibidagi ulushi interval oralig‘ida korxona daromadlarining chegaraviy parametrlarini aniqlash orqali moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichini o‘sishini ta’minlash asoslangan;
tadbirkorlik subektlari faoliyatida raqamli marketingdan foydalanishni korrelyasion baholashning   “innovatsion” (0,68 ≤ r ≤ 0,84) va “raqobatdosh” 
(0,84 ≤ r ≤ 0,95)  integratsiya qilish asosida resurslarni samarali taqsimlash, raqobatbardoshlik va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qilishi asoslangan;
respublikamizda tadbirkorlik subektlari faoliyatida raqamli marketing strategiyasidan foydalanish samaradorligi ARDL modeli yordamida tahlil qilinib, 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik subektlari faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda raqamli marketingdan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “raqamli marketing” tushunchasining iqtisodiy mazmuni moliyaviy menejment tizimini transformatsiyalashning o‘ziga xos iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, axloqiy, hissiy xulq-atvor asosida shakllangan, uning xalqaro marketing tamoyillarini ifoda etuvchi ma’nolar, yondashuvlar majmuini korxonalar uchun milliy va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish hamda moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish taklifi Oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Xalqaro marketing” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda, tadbirkorlar va xalqaro hamkorlar uchun tan olinishi va jozibadorligini hamda moliyaviy ta’sirini ta’minlash nuqtai nazardan takomillashtirilgan “raqamli marketing” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan. 
korxona byudjetiga raqamli marketing xarajatlarining quyi [1;10] va yuqori [10;30] chegaralarining ta’siri  (MMS – mixed methods survey) aralash metodlar so‘rovnomasi usuli orqali aniqlanib, korxonalar moliyaviy natijalarining yuqori darajadagi interval oraliqqa erishishi va umumiy daromadi 25-30 foizga oshirish taklifi Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyatiga joriy qilingan  (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2024 yil 13 fevraldagi 9/03-30-2591-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik subektlarining raqamli marketingdan foydalanish holati hamda raqamli marketingga bo‘lgan yalpi talabi bo‘yicha tezkor, ishonchli va birlamchi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan;
moliyaviy menejment transformatsiyasi jarayonida raqamli marketingning ROI-fokusli kognitiv optimallashtirish modeli (CMROI Model) asosida marketing xarajatlarining umumiy xarajatlar tarkibidagi ulushi interval oralig‘ida korxona daromadlarining chegaraviy parametrlarini aniqlash orqali moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichini 6-8 foizga o‘sishini ta’minlash taklifi Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2024 yil 13 fevraldagi 9/03-30-2591-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida marketing xarajatlarining umumiy xarajatlar tarkibidagi ulushi 30-40 foiz interval oralig‘ida bo‘lganda, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichini 6-8 foizga o‘sishini ta’minlashga erishilgan.
tadbirkorlik subektlari faoliyatida raqamli marketingdan foydalanishni korrelyasion baholashning   “innovatsion” (0,68 ≤ r ≤ 0,84) va “raqobatdosh” 
(0,84 ≤ r ≤ 0,95)  integratsiya qilish asosida resurslarni samarali taqsimlash, raqobatbardoshlik va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qilishi taklifi Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2024 yil 13 fevraldagi 9/03-30-2591-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida korxonalarda raqamli marketing uchun sarflanadigan investisiyalarning 
1 foizga ortishi korxona foydasini 7,1 %ga o‘sishiga olib kelishi asoslangan.
tadbirkorlik subektlari faoliyatini prognozlashtirishda raqamli marketing strategiyasidan foydalanishning ARDL modelini qo‘llash zarurligi taklifi Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2024 yil 13 fevraldagi 9/03-30-2591-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida YaIMning tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari faoliyatida raqamli marketing ulushini 2030 yilga qadar 70 foizga etkazilishi Respublika YaIMini 80,0 %ga, eksportni 40,99 %ga, bandlikni 83,45 % ulushga oshirishga erishish prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish