Uroqboeva Farzuna Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliya bozorida investisiya jozibadorligini ta’minlashni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2998.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Alisher Ro‘zimurodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari investisiya jozibadorligini baholash va samarali investisiya muhitini yaratish hamda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bank tizimida kapital etarliligini saqlab turishning bir strategiyasi sifatida kredit portfelida muammoli kreditlar ulushini 3,5 foizdan ortiq bo‘lmagan darajada cheklash orqali kredit sifatini yaxshilash, kredit portfeli diversifikatsiyasini ta’minlash, kredit tizimini baholashning qat’iy tizimini joriy etish taklif etilgan;
ustav kapitali 50 foizdan yuqori bo‘lgan tijorat banklarida IPO amaliyotini amalga oshirishdan oldin sof foydaning dividendga yo‘naltirilgan qismini bosqichma bosqich oshirib borish hamda dividend tarixini yuritish amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
tijorat banklarida samarali korporativ boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida bank aksiyalarining real qiymatini aniqlash maqsadida bank faoliyatining fundamental tahlilini o‘tkazish va tahlil natijalarini, shuningdek ekspertlar va maslahatchilarning fikr mulohazalari hamda prognozlarini korporativ veb saytga joylashtirish taklif etilgan;
tijorat banklarida investorlarning bankning daromadlariga nisbatan o‘z xarajatlarini samarali boshqarishini baholash uchun, bank uchun ortiqcha va samarasiz bo‘lgan sohalarni aniqlash uchun operatsion samaradorlik (CIR) ko‘rsatkichini baholash hamda ushbu ko‘rsatkich ko‘pi bilan 50-60 foiz darajasiga etkazish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliya bozorida investisiya jozibadorligini ta’minlashni takomillashtirish masalalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank tizimida kapital etarliligini saqlab turishning bir strategiyasi sifatida kredit portfelida muammoli kreditlar ulushini 3,5 foizdan ortiq bo‘lmagan darajada cheklash orqali kredit sifatini yaxshilash, kredit portfeli diversifikatsiyasini ta’monlash, kredit tizimini baholashning qat’iy tizimini joriy etish taklifi “Turonbank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“Turonbank” ATB ning 2025-yil 6-martdagi 12/02-19-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATBning kredit portfeli 2023-yilda 11 894 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yildagi 9 431 mlrd so‘mga nisbatan 26,1 foizga o‘sgan. Bankning muammoli kreditlari esa 2023-yilda 271,3 mlrd so‘mni tashkil etib, uning kredit portfeldagi ulushi 2,3 foizga etgan hamda yil boshiga nisbatan 0,3 foizga kamayishi natijasida aktivlar sifatini yaxshilashga erishilgan;
ustav kapitali 50 foizdan yuqori bo‘lgan tijorat banklarida IPO amaliyotini amalga oshirishdan oldin institutsional va individual investorlarning ishonchini oshirish maqsadida samarali dividend siyosatini yuritish orqali sof foydaning dividendga yo‘naltirilgan qismini bosqichma bosqich oshirib borish hamda dividend tarixini yuritish amaliyotini joriy etish taklifi “Turonbank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“Turonbank” ATB ning 2025-yil 6-martdagi 12/02-19-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB 2023-yilda har bir imtiyozli aksiya uchun nominal qiymatga nisbatan 20 foiz, har bir oddiy aksiyaga nominal qiymatiga nisbatan 1,68 foiz miqdorda dividend to‘lagan bo‘lib, jami 26,5 mlrd so‘mni tashkil etgan;
tijorat banklarida samarali korporativ boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida bankning veb saytida sof foydaning kelgusi yil uchun taqsimlash takliflari bo‘yicha asoslarni e’lon qilinishini ta’minlash, ustav fondlarida ishtirok etayotgan xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlarida bank vakillarining ovoz berish tartibini batafsil tartibga soluvchi hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash, bankning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash(5 yildan ortiq muddatga), bank aksiyalarining real qiymatini aniqlash maqsadida bank faoliyatining fundamental tahlilini o‘tkazish va tahlil natijalarini, shuningdek ekspertlar va maslahatchilarning fikr mulohazalari hamda prognozlarini korporativ veb saytga joylashtirish taklifi “Turonbank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“Turonbank” ATB ning 2025-yil 6-martdagi 12/02-19-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATB boshqaruv tizimini baholash xulosasi bo‘yicha 2023-yilda 987 ball yoki foiz ko‘rinishida 82% foiz natijani ko‘rsatgan. 2022-yilda esa bu ko‘rsatkich 719 ball yoki 60% natijani qayd etgan;
tijorat banklarida investorlarning bankning daromadlariga nisbatan o‘z xarajatlarini samarali boshqarishini baholash uchun, fond bozorida qulay moliyaviy holatni saqlab qolish uchun, kapitalning etarlilik va likvidlilik talablariga bank qanchalik rioya etayotganliginin aks ettirish uchun, bank uchun ortiqcha va samarasiz bo‘lgan sohalarni aniqlash uchun operatsion samaradorlik(CIR) ko‘rsatkichini baholash hamda ushbu ko‘rsatkich ko‘pi bilan 50-60 foiz darajasiga etkazish taklifi “Turonbank” ATB amaliyotiga joriy etilgan (“Turonbank” ATB ning 2025-yil 6-martdagi 12/02-19-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Turonbank” ATBning 2023-yil oxirida CIR ko‘rsatkichi 55,8 foizni tashkil etgan.