Tojiboeva Nilufar Baxodirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarning kapitalini shakillantirish va boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2993.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arzumanyan Stella Yurevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy iqtisodiy voqeliklar va xalqaro tajribani hisobga olgan holda tijorat banklari kapitalini shakllantirish va boshqarish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularning aksiyalarini davlat-xususiy sheriklik (PPP–Public-Private Partnership) modeli orqali xususiy sektorga sotish yo‘li bilan davlat ulushini 40 foizga tushurish taklif etilgan;
tijorat banklarining kapital tuzilmasini optimallashtirish maqsadida, bank aksiyalarining bozor bahosini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirish strategiyalari orqali oshirish va shu bilan birga kapital tarkibida emission daromadlari ulushini 10 foizga yetkazish takliflari asoslangan;
tijorat banklarining moliyaviy faoliyati natijalari bo‘yicha dividendlarni barqaror to‘lash asosida bank aksiyalarining bozor qiymatini 10-20 foizga oshirish taklif etilgan;
tijorat banklari kapitaliga ichki va tashqi omillarning salbiy ta’siriga barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun yil davomida kamida ikki marta stress-test o‘tkazish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Barqaror manbalardan kapital shakllantirish, qo‘shilgan kapital ulushini oshirish va aksiyalarning bozor qiymatini oshirish orqali banklar kapitalini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar doirasida quyidagilar kiritildi:
tijorat banklarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularning aksiyalarini davlat-xususiy sheriklik (PPP–Public-Private Partnership) modeli orqali xususiy sektorga sotish yo‘li bilan davlat ulushini 40 foizga tushurish taklifi AT “Aloqabank” amaliyotiga tatbiq etildi (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 13 martdagi 05-04/1124-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida AT “Aloqabank” kapitali tarkibida davlat ulushi 2025-yil 1-yanvar holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga kamaytirishga erishilgan;
tijorat banklarining kapital tuzilmasini optimallashtirish maqsadida, bank aksiyalarining bozor bahosini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirish strategiyalari orqali oshirish va shu bilan birga kapital tarkibida emission daromadlari ulushini 10 foizga yetkazish taklifi AT “Aloqabank” amaliyotida (“Aloqabank” AT “Aloqabank”ning 13-mart, 13-martdagi 05-04/1124-sonli ma’lumotnomasi) qo‘llash natijasida 2025-yil 1-yanvar holatiga bank aksiyalarining bozor qiymati 16,8 foizga oshirildi va kapital tarkibidagi emission daromadlar ulushi 4,5 foizga oshirishga erishilgan;
tijorat banklarining moliyaviy faoliyati natijalari bo‘yicha dividendlarni barqaror to‘lash asosida bank aksiyalarining bozor qiymatini 10-20 foizga oshirish taklif etilgan. Mazkur taklif AT “Aloqabank”ning 2025 yil uchun ishlab chiqilayotgan “Aloqabank dividend siyosati”da foydalanish uchun qabul qilindi (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 13 martdagi 05-04/1124-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025 yilning birinchi yarmida bank aksiyalarining bozor qiymati 2,5–3 baravarga oshishi kutilmoqda.
tijorat banklari kapitaliga ichki va tashqi omillarning salbiy ta’siriga barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun yil davomida kamida ikki marta stress-test o‘tkazish taklif etilgan. Ushbu taklif AT “Aloqabank” amaliyotiga tatbiq etildi (AT “Aloqabank”ning 2025-yil 13-martdagi 05-04/1124-sonli guvohnomasi), natijada 2024-yilning ikkinchi yarmida bank tomonidan ikkita stress test o‘tkazilib, bankning regulyativ kapitali etarliligi koeffisienti 16,7 foizni bajarishga erishildi va bank xavf-xatarlarga barqarorligi bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiqligi ta’minlangan.