Sheraliev Nurbek Jumanazar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Barqaror iqtisodiy o‘sishni taminlashda davlat byudjetining ahamiyatini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy sharoitlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyatini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan oltin va mis qazib oluvchi korxonalar davlat ulushi bo‘yicha sof foydasining 100 foizini davlat byudjetiga dividendlar tarzida o‘tkazish zarurligi asoslangan;
yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ining stavkalar o‘zgaruvchanligi 25 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash orqali mahalliy bujetlarning daromadlari barqarorligini oshirish taklif etilgan;
konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining yuqori cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 3 foizdan oshmasligi taklif etilgan;
respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘larining 10 foizgacha bo‘lgan cheklangan miqdorlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga yo‘naltirish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Barqaror iqtisodiy o‘sishni taminlashda davlat byudjetining ahamiyatini oshirishni ta’minlovchi byudjet mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan oltin va mis qazib oluvchi korxonalar davlat ulushi bo‘yicha sof foydasining 100 foizini davlat byudjetiga dividendlar tarzida o‘tkazish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 04/23-13-12529-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, davlat byudjeti daromadlari oshadi, lekin korxonalarning reinvestisiya imkoniyatlari kamayadi va ularning moliyaviy mustaqilligi pasayadi, bu esa uzoq muddatda investision jozibadorlik va rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ining stavkalar o‘zgaruvchanligi 25 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash orqali mahalliy byudjetlarning daromadlari barqarorligini oshirish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 04/23-13-12529-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlarning daromadlari barqaror bo‘ladi, bu esa hududlarni moliyaviy boshqarish va xizmatlarni rejalashtirish imkoniyatlarini yaxshilagan.
konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining yuqori cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 3 foizdan oshmasligi taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 04/23-13-12529-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, davlat moliyaviy barqarorligi oshadi, byudjet xarajatlarini boshqarish yaxshilanadi va makroiqtisodiy xavfsizlik mustahkamlagan.
respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘larining 10 foizgacha bo‘lgan cheklangan miqdorlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga yo‘naltirish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 5-iyundagi 04/23-13-12529-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, moliyaviy resurslari oshadi, faoliyati barqarorlik kasb etadi va hududiy byudjetlar mablag‘larini samarali boshqarish imkoniyati kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish