Saidova Dilfuza Abdifattohovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda turizm sohasini sinergetik rivojlantirish asosida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5319.
Ilmiy rahbar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xodjaeva Nodira Abdurashidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Afraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda turistik majmualar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy va boshqaruv mexanizimlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm sohalarini klasterli yondashuv asosida boshqarish tuzilmasi resurs oqimi manbalarining kengayishi, iste’mol qilinayotgan resurslar hajmining qisqarishi va resurslar harakatiga nisbatan neytral ustunliklar kabi omillarni 3 guruhga tasniflash orqali asoslangan;
Farg‘ona viloyatida turizm sohalarini sinergetik rivojlantirish bo‘yicha samaradorlikni aniq normalangan qiymatlarda integral baholash uslubiyoti transport (K1 = 0,85), YaIM ulushi (K2 = 0,60), agrar klaster (K3 = 0,55), madaniy tadbirlar (K4 = 0,75) ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinergetik samaradorlikni baholash asosida takomillashtirilgan;
hududlarda turizm sohalarini sinergetik samaradorlik ko‘rsatkichlari natijalarini baholashda «sinergiya yo‘q yoki salbiy» (0,01 – 0,39), «past sinergiya» (0,40 – 0,59), «o‘rtacha sinergiya» (0,60 – 0,79) va «yuqori sinergiya» (0,80 – 1,00) interval oraliqda guruhlash taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasidagi turistik korxonalar soni, sohada band bo‘lgan aholi soni, xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyat natijalari va kiritilayotgan investisiyalar hajmiga ta’sirini ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm sohalarini klasterli yondashuv asosida boshqarish tuzilmasi resurs oqimi manbalarining kengayishi, iste'mol qilinayotgan resurslar hajmining qisqarishi va resurslar harakatiga nisbatan neytral ustunliklar kabi omillarni 3 guruhga tasniflash bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-noyabrdagi 03-10-17-11398-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm sohasini hududiy integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm asosida boshqarish samaradorligi sezilarli darajada oshirilib, boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilma hamda tabiiy va ekologik tizimlarning segmentatsiyasi orqali hududlar kesimida resurslardan kompleks foydalanish imkoni kengaygan hamda turizm xizmatlari sifati va ko‘lamining oshishi hisobiga sohaning iqtisodiy samaradorligi 10-12% ga ortgan;
Farg‘ona viloyatida turizm sohalarini sinergetik rivojlantirish bo‘yicha samaradorlikni aniq normalangan qiymatlarda integral baholash uslubiyoti transport (K1 = 0,85), YaIM ulushi (K2 = 0,60), agrar klaster (K3 = 0,55), madaniy tadbirlar (K4 = 0,75) ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinergetik samaradorlikni baholash asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-noyabrdagi 03-10-17-11398-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda turizm klasterlari faoliyatining sinergiya darajasi aniqlanib, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlash amalga oshirilishi orqali turizm klasterlari o‘rtasida resurslardan kompleks foydalanish samaradorligi 11-13% ga oshgan;
hududlarda turizm sohalarini sinergetik samaradorlik ko‘rsatkichlari natijalarini baholashda «sinergiya yo‘q yoki salbiy» (0,01 – 0,39), «past sinergiya» (0,40 – 0,59), «o‘rtacha sinergiya» (0,60 – 0,79) va «yuqori sinergiya» (0,80 – 1,00) interval oraliqda guruhlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-noyabrdagi 03-10-17-11398-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm sohalarini klasterli yondashuv asosida boshqarish jarayoni samaradorligi oshirilib, resurs oqimi manbalari kengayishi va ulardan maqsadli foydalanish hisobiga xizmatlar taklifi 10-12% ga ko‘paygan, iste’mol qilinayotgan resurslar hajmining qisqarishi asosida xarajatlarni 8-9% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasidagi turistik korxonalar soni, sohada band bo‘lgan aholi soni, xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyat natijalari va kiritilayotgan investisiyalar hajmiga ta’sirini ifodalovchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 4-noyabrdagi 03-10-17-11398-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik firmalar va tashkilotlar soni, turizm sohasida band bo‘lgan aholi ko‘rsatkichlari hamda turizm bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining faoliyat natijalari investisiyalar hajmi bilan birgalikda tizimli ravishda baholanib, turizm sohasiga jalb etilayotgan investisiyalar samaradorligini oshirish, xorijiy sayyohlar oqimi prognozi asosida infratuzilmani rejalashtirish hamda turizm xizmatlari eksportini 14-16% ga oshirish imkoni yaratilgan.