Abduqodirov Eldor Isroilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinson kasalligi: klinik-immunologik va neyropsixologik parallellar», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib848.
Ilmiy konsul`tant: Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kilichev Ibadulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Antanas Vaytkus, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parkinson kasalligining klinik, immunologik va neyropsixologik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni patogenetik jihatdan tahlil qilish hamda erta tashxislashni takomillashtirishga qaratilgan prognostik mezon ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlar qon zardobida TNF-v, IL-6, IL-10 va S-reaktiv oqsil darajalari oshib, aksincha IgA va IgG kamayishi, kasallik progressiyasini aks ettiruvchi patogenetik biomarker ekanligi aniqlangan;
Parkinson kasalligining rivojlanishida yallig‘lanish mediatorlari (TNF-v, IL-6, IL-10 va S-reaktiv oqsil) va immun tizimining regulyator vazifalari o‘rtasidagi gomeostatik muvozanat buzilishi, surunkali yallig‘lanishni kuchaytirib, dofaminergik neyronlar degradatsiyasini tezlashtiruvchi hamda kasallik progressiyasini belgilab beruvchi yetakchi patogenetik omil ekanligi asoslangan;
Parkinson kasalligining klinik avj olishi yallig‘lanish mediatorlari va gumoral immun javob ko‘rsatkichlarining oshib borishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yallig‘lanish jarayonlarining faollashuvi motor simptomlarni kuchaytirishi aniqlangan;
Parkinson kasalligida TNF-v, IL-6, IL-10 va S-reaktiv oqsil darajalari ortishi kognitiv va affektiv buzilishlarning progressiyasini va harakatga bog‘liq bo‘lmagan belgilar rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani isbotlangan;
Parkinson kasalligining immunologik va neyropsixologik ko‘rsatkichlarini integrativ baholashga asoslangan kasallikni erta tashxislash, og‘irlik darajasini, motor va nomotor buzilishlarni aniqlash mezoni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Parkinson kasalligida klinik, immunologik va neyropsixologik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning dinamik o‘zgarishlari va nomotor belgilar shakllanishidagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlar qon zardobida TNF-v, IL-6, IL-10 va S-reaktiv oqsil darajalari oshib, aksincha IgA va IgG kamayishi, kasallik progressiyasini aks ettiruvchi patogenetik biomarker ekanligi aniqlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi aniqlangan bemorlar immun statusini baholash usuli» va «Parkinson kasalligida neyropsixologik o‘zgarishlarga asoslanib kasallikning og‘irlik darajasini baholash algoritmini ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi (04.04.2025 yildagi 01-62-sonli buyruq) va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (17.04.2025 yildagi 34-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan immunologik baholash yondashuvi orqali Parkinson kasalligini erta aniqlash, motor va nomotor buzilishlarning og‘irlashishini oldini olish, shuningdek bemorlarning hayotiy faolligi va ijtimoiy moslashuvini saqlab qolish imkoni yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan immunologik diagnostika usuli qimmat instrumental tekshiruvlar sonini kamaytirish, bemorlarning dispanser kuzatuvini yaxshilash hamda davolash samaradorligini oshirish orqali bir nafar bemor hisobida o‘rtacha 370000 so‘mlik byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi. Xulosa: Parkinson kasalligining klinik shakllari va bosqichlariga mos ravishda TNF-v, IL-6, IL-10, S-reaktiv oqsil va immunoglobulin A hamda G darajalaridagi o‘zgarishlar kasallikning progressiyasi va og‘ir kechishini tavsiflovchi ishonchli biomarker ekanligi aniqlandi. Bu esa Parkinson kasalligini erta tashxislash va individual terapevtik yondashuvni shakllantirishda immunologik ko‘rsatkichlardan samarali foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligining rivojlanishida yallig‘lanish mediatorlari (TNF-v, IL-6, IL-10 va S-reaktiv oqsil) va immun tizimining regulyator vazifalari o‘rtasidagi gomeostatik muvozanat buzilishi, surunkali yallig‘lanishni kuchaytirib, dofaminergik neyronlar degradatsiyasini tezlashtiruvchi hamda kasallik progressiyasini belgilab beruvchi yetakchi patogenetik omil ekanligi asoslanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi aniqlangan bemorlar immun statusini baholash usuli» va «Parkinson kasalligida neyropsixologik o‘zgarishlarga asoslanib kasallikning og‘irlik darajasini baholash algoritmini ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi (04.04.2025 yildagi 01-62-sonli buyruq) va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (17.04.2025 yildagi 34-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan immunologik mezon asosida Parkinson kasalligining rivojlanishi va og‘ir klinik shakllarini bashorat qilish imkoni yaratilib, bemorlarda motor va nomotor buzilishlarning oldini olish, ularning hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy faolligini uzoq muddat saqlab qolish ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: Immunologik mezonni klinik amaliyotga joriy etish orqali kasallikning og‘ir bosqichlariga o‘tish holatlarini kamaytirish, qimmatbaho instrumental tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni qisqartirish hamda terapiya samaradorligini oshirish natijasida bir nafar bemor hisobida o‘rtacha 410000 so‘mlik byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkoni yaratildi. Xulosa: Parkinson kasalligining rivojlanishi yallig‘lanish mediatorlari va immun tizimi regulyator funksiyalari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi bilan uzviy bog‘liq ekani aniqlandi. Bu holat immun disbalansning kasallik patogenezidagi hal qiluvchi ahamiyatini ko‘rsatib, ushbu bog‘lanishni baholashga qaratilgan immunologik mezonni klinik amaliyotda qo‘llash zarurligini asoslab berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligining klinik avj olishi yallig‘lanish mediatorlari va gumoral immun javob ko‘rsatkichlarining oshib borishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yallig‘lanish jarayonlarining faollashuvi motor simptomlarni kuchaytirishi aniqlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi aniqlangan bemorlar immun statusini baholash usuli» va «Parkinson kasalligida neyropsixologik o‘zgarishlarga asoslanib kasallikning og‘irlik darajasini baholash algoritmini ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi (04.04.2025 yildagi 01-62-sonli buyruq) va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (17.04.2025 yildagi 34-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan patogenetik yondashuv asosida Parkinson kasalligining klinik og‘irlashishini erta aniqlash va motor buzilishlarning kuchayishini oldini olish imkoni yaratilib, bemorlarning funksional mustaqilligi, mehnat qobiliyati va ijtimoiy faolligi uzoq muddat saqlab qolinishi ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: Yallig‘lanish mediatorlari va gumoral immun javob ko‘rsatkichlariga asoslangan baholash usulini amaliyotga joriy etish orqali kasallikning og‘ir shakllariga o‘tish holatlarini kamaytirish, davolash muddatlarini qisqartirish va reabilitatsiya xarajatlarini optimallashtirish natijasida bir nafar bemor hisobida o‘rtacha 390000 so‘mlik byudjet mablag‘larini tejash imkoni yaratildi. Xulosa: Parkinson kasalligining klinik og‘irlashishi yallig‘lanish mediatorlari va gumoral immun javob ko‘rsatkichlarining oshib borishi bilan uzviy bog‘liq ekani aniqlandi. Bu holat neyroyallig‘lanish jarayonlarining faollashuvi motor simptomlarni kuchaytiruvchi asosiy patogenetik omil ekanligini ko‘rsatib, kasallik kechishini nazorat qilishda immunologik monitoringni joriy etish zarurligini asoslab berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligida TNF-v, IL-6, IL-10 va S-reaktiv oqsil darajalari ortishi kognitiv va affektiv buzilishlarning progressiyasini va harakatga bog‘liq bo‘lmagan belgilar rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi aniqlangan bemorlar immun statusini baholash usuli» va «Parkinson kasalligida neyropsixologik o‘zgarishlarga asoslanib kasallikning og‘irlik darajasini baholash algoritmini ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi (04.04.2025 yildagi 01-62-sonli buyruq) va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (17.04.2025 yildagi 34-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Sitokinlar (TNF-v, IL-6, IL-10) va immunoglobulinlar (IgA, IgG) konsentratsiyasiga asoslangan klinik-prognostik model orqali Parkinson kasalligining og‘irlik darajasi va davomiyligini aniq baholash, bemorlarda motor va nomotor buzilishlarni erta aniqlash hamda individual reabilitatsiya dasturlarini tuzish imkoni yaratildi. Bu yondashuv kasallik progressiyasini sustlashtirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Klinik-prognostik modelni amaliyotga joriy etish orqali noqonuniy tekshiruvlar sonini kamaytirish, bemorlarning davolanish jarayonini qisqartirish va qimmat instrumental usullarga ehtiyojni pasaytirish hisobiga bir nafar bemorga o‘rtacha 400000 so‘mlik byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkoni yaratildi. Xulosa: Biokimyoviy tahlil natijalariga ko‘ra sitokinlar va immunoglobulinlar konsentratsiyasining o‘zgarishi Parkinson kasalligining og‘irlik darajasi va davomiyligi bilan patogenetik bog‘liq ekani aniqlandi. Bu esa kasallik kechishini bashorat qilish va individual terapevtik taktikani belgilashda klinik-prognostik modelni qo‘llash zarurligini ko‘rsatdi.
beshinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligining immunologik va neyropsixologik ko‘rsatkichlarini integrativ baholashga asoslangan kasallikni erta tashxislash, og‘irlik darajasini, motor va nomotor buzilishlarni aniqlash mezoni ishlab chiqilganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 29.03.2025y, 01-r/114- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Parkinson kasalligi aniqlangan bemorlar immun statusini baholash usuli» va «Parkinson kasalligida neyropsixologik o‘zgarishlarga asoslanib kasallikning og‘irlik darajasini baholash algoritmini ishlab chiqish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasiga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usuli Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi (04.04.2025 yildagi 01-62-sonli buyruq) va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (17.04.2025 yildagi 34-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Immunologik va neyropsixologik ko‘rsatkichlarni integrativ tahlil qilishga asoslangan baholash mezoni orqali Parkinson kasalligini erta aniqlash, motor va nomotor buzilishlarni baholash hamda individual terapiyani tanlash imkoni yaratildi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy faolligini saqlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Integrativ baholash mezonini amaliyotga joriy etish orqali diagnostika jarayonini soddalashtirish, tekshiruvlar sonini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirish hisobiga bir nafar bemorga o‘rtacha 420000 so‘mlik byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkoni yaratildi. Xulosa: Immunologik va neyropsixologik ko‘rsatkichlarga asoslangan baholash mezoni Parkinson kasalligini erta tashxislash va og‘irlik darajasini aniq baholashda samarali usul sifatida taklif etildi.