Abdullaeva Ra’no Abdumuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Serbargli ittikanak (Videns frondosa L.) o‘simligini farmakognostik o‘rganish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Far99.
Ilmiy rahbar: Farmanova Nodira Taxirovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zakirdjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda invaziv tur bo‘lgan serbargli ittikanak (Bidens frondosa L.) o‘simligini tibbiyot amaliyotida qo‘llash va uning asosida yallig‘lanishga qarshi samarador dori vositasi hamda biologik faol qo‘shimchani yaratish imkoniyatini asoslash uchun farmakognostik aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ilk bor serbargli ittikanak (Bidens frondosa L.) o‘simligining xom ashyosi tarkibidagi biologik faol birikmalardan flavonoidlar, polisaxaridlar, askorbin kislotasi, karotinoidlar, tanidlar, aminokislotalar, makro- va mikroelementlarning tabiati va miqdori aniqlangan;
serbargli ittikanak (Bidens frondosa L.) xom ashyosini standartlash uchun o‘ziga xos bo‘lgan morfologo-anatomik diagnostik ahamiyatga ega belgilari (barglardagi ko‘plab anamotsit turdagi og‘izchalar, oddiy tuklar, sekretor yo‘llar, gullarda epidermis hujayralarining egri-bugri o‘simtali, qat-qat kutikula qavati, to‘q sariq rangli tomchi shaklidagi karotinoidlar) va uning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
xom ashyoning ekologik tozaligi va qo‘llashdagi xavfsizligini asoslash uchun mikrobiologik tozaligi, tarkibidagi og‘ir metallar, radionuklidlar va pestisidlar miqdori aniqlangan;
serbargli ittikanak (Bidens frondosa L.) o‘simligini turli rivojlanish davrlarida flavonoidlar tarkibi va miqdorini o‘zgarish dinamikasi aniqlanib, o‘simlik qiyg‘os gullagan davrida maksimal darajada bo‘lishi isbotlangan;
serbargli ittikanak (Bidens frondosa L.) er ustki qismi asosida olingan «Qoraqiz» biologik faol qo‘shimchasining chinlik va sifat ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Serbargli ittikanak (Bidens frondosa L.) o‘simligini farmakognostik o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Serbargli ittikanak er ustki qismi (Herba Bidentis frondosae)» yangi dorivor o‘simlik xom ashyosi uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasiga ro‘yhatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasining 2025 yil 12 martdagi №41/11-3977-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjat tasdiqlanishi yallig‘lanishga qarshi yangi fitopreparatlar ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Qoraqiz» biologik faol qo‘shimchasini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma (TI 15842845-06:2025) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «Gerbofarm» XK da yuqori nafas yo‘llarini yallig‘lanishida qo‘llaniladigan mahalliy BFQ lar assortimentini kengaytirish imkoniyatini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida Serbargli ittikanak (Bidens frondosa L.) er ustki qismining spesifik farmakologik faolligi, o‘tkir va nim o‘tkir toksikligi, kumulyativ xossalarni namoyon etmasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada mazkur o‘simlik xom ashyosining samaradorligi va bezararligi isbotlangan.