Yuldasheva Dildora Baxodirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Tabiiy ipakdan  to‘qima ishlab chiqarish uchun pishitilgan ip tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5711
Ilmiy rahbar: Muhammadrasulov Shamsiddin Xasanovich texnika fanlari falsafa doktori,  katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti DSc.03./04.10.2025.T.174.01 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Jamshid Qambaralievich  t.f.d. (DSc), Abdullaev Ulug‘bek To‘lanbaevich t.f.d. professor
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi chiziqli zichlikdagi bir qavatli xom ipakni to‘qishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish va eshilgan bir qavatli xom ipakdan yupqa, nafis ipak gazlama assortimentini yaratish va uni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir qavatli tabiiy ipakdan ko‘ylakbop to‘qimalarini ishlab chiqarishda tanda va arqoq iplariga buram berish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
tabiiy ipakdan to‘qimalar ishlab chiqarish uchun ipning yaxlitligini ta’minlaydigan bir qavatli tanda va arqoq iplariga buram berish jarayonida ularga 300, 400 va undan ortiq buram berib, bir qavatli ipakdan to‘qima olish uchun eshishning maqbul varianti ishlab chiqilgan;
bir qavatli quyi chiziqli zichligli xom ipak tanda va arqoq iplarini eshishning texnologik parametrlarini optimal qiymatlari to‘la omilli tajriba usuli yordamida olingan regressiya modellarini tahlili asosida iplarini uzilishga chidamliligi yuqori bo‘lishi aniqlangan;
takomillashtirilgan usulda to‘quvga tayyorlangan bir qavatli xom ipakdan tanda  va arqoq iplariga 450  buram berilgan 2,33Z to‘quv iplaridan tashkil topgan, to‘quv iplari zichligi o‘zgarmagan holda to‘qimaning jipsligini  ortishini ta’minlaydigan ko‘ylakbop tabiiy ipak to‘qimasining turi yaratilgan va na’muna variant ishlab chiqilgan. 
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
xom ipakni to‘qishga tayyorlash texnologiyasi ularga ma’lum miqdorda buram berish texnologik jarayonini kiritish orqali takomillashtirilgan, natijada xom ipak ipining uzuvchi kuch va uzulishdagi cho‘zilish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilangan;
respublika ipakchilik sanoatida ilk bor bir qavatli tanda iplariga ham, arqoq iplariga ham ma’lum miqdorda buram berilgan va uning optimal parametrlari ishlab chiqilgan;
olingan bir qavatli xom ipakdan yuza zichligi yuqori bo‘lgan yupqa ipak gazlama to‘qish uchun bir qavatli xom ipakka ma’lum darajada buram berish uchun beriladigan buramning optimal parametri to‘liq omilli tajriba o‘tkazish asosida aniqlab olingan;
o‘tkazilgan laboratoriya sinovi natijalarini tahliliga ko‘ra xom ipakning uzuvchi kuch bo‘yicha ko‘rsatkichi eshilgandan keyin 18,6% ga, uzilishdagi cho‘zilish ko‘rsatkichi esa 15% ga ortgan. Eshilgan xom ipak ipining jipsligini esa eshilmagan xom ipakka nisbatan 23% ga oshirishga erishilgan;
laboratoriya sinovlari natijasida takomillashtirilgan usulda tayyorlangan bir qavatli xom ipakdan to‘qilgan to‘qimaning 10,0 sm qirqimdagi uzuvchi kuchi tanda iplari bo‘yicha standart ko‘rsatkichiga nisbatan 54,4% ga, nazorat variantiga nisbatan esa 85,3% ga, xuddi shu ko‘rsatkichlar arqoq iplari bo‘yicha standart ko‘rsatkichiga nisbatan 17,75% ga, nazorat variantiga nisbatan esa 64,3% ga orttirishga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy ipakdan yuqori sifatli yupqa nafis ko‘ylakbop gazlamalar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish asosida:
yupqa nafis pardozlangan gazlamalar olishni takomillashtirilgan usulini Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi “Sharq ipagi Durdonasi” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025-yil 29-iyuldagi №4-2/1304-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xom ipakdan to‘qilgan to‘qimaning uzish kuchi tanda iplari bo‘yicha 85,3% ga, arqoq iplari bo‘yicha esa 64,3% ga yaxshilangan hamda korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 2 507 707 ming (ikki milliard besh yuz etti million etti yuz etti ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish