Yo‘ldoshov Rustam Madamin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Yuk vagonining dinamik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini takomillashtirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6022
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor; Zayniddinov Nuriddin Savranbek o‘g‘li – texnika fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuk vagonining dinamik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha texnik echimlarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
harakatlanuvchi tarkibning temir yo‘l bilan o‘zaro ta’sirida yuzaga keladigan ta’sir etuvchi ekspluatatsion kuchlarni hisobga olgan holda ikki o‘qli aravacha yon ramasining yuklanganlik holatini aniqlash imkonini beruvchi uning chekli-elementli modeli ishlab chiqilgan;
yuk vagoni dinamik sifatlarini baholash aniqligini oshirish imkonini beruvchi aravacha ressorlanmagan qismining dinamik qo‘shimcha koeffisienti va rama kuchini aniqlash usuli kuch ta’sirining fazoviy xarakterini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
ikki o‘qli uch elementli yuk vagon aravacha yon ramasiga g‘ildirak juftligidan ta’sir etuvchi yon va bo‘ylama kuchlarning aravacha ressorlanmagan qismining dinamik qo‘shimcha koeffisienti va rama kuchini o‘lchash aniqligiga ta’siri konstruktiv xususiyatlar va ekspluatatsiya sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
ekspluatatsiya sharoitida yuk vagoni harakatlanishi xususiyatlarini o‘lchash aniqligini oshirish imkonini beruvchi, dinamik qo‘shimcha koeffisienti va rama kuchini hisoblashning taklif etilgan usulini hisobga olgan holda yuk vagoni dinamik sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun harakat sinovlarini o‘tkazishning takomillashtirilgan dasturi va uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Yuk vagoni dinamik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
aravachaning ressorlanmagan qismi uchun dinamik qo‘shimcha koeffisienti va rama kuchini aniqlashning ishlab chiqilgan takomillashtirilgan usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 4/E1375-son ma’lumotnomasi) va mamlakat vagonsozlik korxonalari (“Quyuv-mexanika zavodi” AJ va “Andijon mexanika zavodi” AJ) tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining dinamik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Natijada poezdlar harakati ishonchliligi va xavfsizligi masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan aravacha yon ramasiga ta’sir etuvchi vertikal va yon kuchlarning o‘lchangan qiymatlari bo‘yicha aravachaning ressorlanmagan qismi uchun dinamik qo‘shimcha koeffisientini hamda hisobiy rama kuchini o‘lchash aniqligi oshgan;
ko‘p kanalli tenzometrik MIC-185 stansiyasi va aravachaning ressorlanmagan qismi uchun dinamik qo‘shimcha koeffisientini va rama kuchini aniqlashning taklif etilgan usullarini qo‘llagan holda harakat sinovlarini o‘tkazishning ishlab chiqilgan takomillashtirilgan dasturi va uslubiyoti mamlakat vagonsozlik korxonalari (“Quyuv-mexanika zavodi” AJ va “Andijon mexanika zavodi” AJ) tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining dinamik sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 3-oktyabrdagi 4/E1375-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuk vagonini harakat dinamik sinovdan o‘tkazish vaqti va narxini qisqartirish, ishonchli va aniq statistik ma’lumotlar hajmini oshirish, shuningdek, sinovdan o‘tkazilayotgan harakatlanuvchi tarkibning temir yo‘l tajriba uchastkalari bo‘ylab harakatlanishi sonini kamaytirish hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 360 mln so‘mni tashkil etgan.