Abdurahmonov Pahlavon Qahramon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“O‘zbekiston Respublikasi sharoitida elektr poezd vagonlari xizmat muddati uzaytirilishini ilmiy asoslash”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T4741
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor; Zayniddinov Nuriddin Savranbek o‘g‘li – texnika fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektr poezd vagonlarining xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini ilmiy asoslash orqali ularning resursidan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elektr poezd motor vagoni ekspluatatsiyasining xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuzov elementlarining ularga ta’sir etuvchi dinamik kuchlardan yuklanganligini aniqlash imkonini beruvchi elektr poezd motor vagoni kuzovining yuqori aniqlikdagi chekli-elementli fazoviy modeli ishlab chiqilgan;
tenzometriya usulini qo‘llashni inobatga olgan holda, elektr poezd motor vagoni kuzovi va aravachasi elementlarining yuklanganligini aniqlash imkonini beruvchi harakat-mustahkamlik sinovlarini o‘tkazish dasturi va uslubiyoti ishlab chiqilgan;
elektr poezd motor vagoni kuzovi va aravachasi elementlarining mustahkamlik zaxirasi va qoldiq resursini baholashni hisobga olgan holda, ularning xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini asoslash uchun ko‘rsatilgan vagon elementlarining kuchlanish-deformatsiya holatining harakat tezligiga bog‘liqligi aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida real o‘lchovlar va ularni hisobiy ma’lumotlar bilan taqqoslash natijalari ishonchliligini oshirish imkonini beruvchi, elektr poezd motorli vagoni kuzovi va aravachasi elementlarida tenzorezistorlarni o‘rnatish uchun optimal «nazorat nuqtalari tarmog‘i» chekli elementlar usuli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Elektr poezd vagonlarining xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini ilmiy asoslash orqali ularning resursidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
elektr poezd motor vagonining ekspluatatsion samaradorligi va ishonchliligini oshirishni ta’minlaydigan yangi konstruktiv echimlar ishlab chiqilgan va “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 29 oktyabrdagi 4/E1564-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan konstruktiv echimlar elektr poezd motor vagoni ekspluatatsiyasi jarayonida yuzaga keladigan maksimal kuchlanishlarni kamayishi hisobiga uning qoldiq resursi va, tegishlicha, xizmat muddatini uzaytirishga imkon bergan;
elektr poezd motor vagoni kuzovi va aravachasi elementlarining yuklanganligini tenzometriya usuli yordamida aniqlash, ularning qoldiq resursini va xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini baholash hamda ekspluatatsiya paytida yuzaga keladigan maksimal kuchlanishlarni baholashga xizmat qiluvchi dastur va uslubiyot “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 29 oktyabrdagi 4/E1564-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr poezd motor vagonini harakat-dinamik sinovlardan o‘tkazish vaqti va narxini qisqartirish, ishonchli va aniq statistik ma’lumotlar hajmini oshirish, shuningdek, sinovdan o‘tkazilayotgan harakatlanuvchi tarkibning temir yo‘l tajriba uchastkalari bo‘ylab harakatlanish sonini kamaytirish hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 784 mln so‘mni tashkil etgan.