Muxammadieva Matluba Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holat ko‘rsatkichlarini dinamik modelini yaratish (Qashqadaryo viloyati misolida)” 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.RhD/T4988
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Shermatov Ermat, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Shavkat Abbasovich - Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy- tadqiqot instituti “Gidrometriya va metrologiya” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori., katta ilmiy xodim, Quvvatov Dilshod Ashuralievich – Qarshi davlat texnika universiteti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini quyosh energiyasi quvvati, tuproq harorati, o‘simlik barg qalinligining o‘zgarishi va kollektor suvlari oqimining o‘zgarish dinamikasiga asosan tezkor baholash uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quyosh energiyasi quvvatini tuproq haroratiga bog‘lash, korrellyasion tahlili asosida sug‘oriladigan maydonning tuproq harorati va sizot suvlari sathi orasidagi funksional bog‘liqlik uslubi ishlab chiqilgan;
kollektor suvlari sarfi va sizot suvlari chuqurligi orasidagi imperik bog‘lanishlar asosida, sizot suvlari mineralashuvi va drenaj oqimining o‘zgaruvchanligi statistik baholash uslubi ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatida turlicha sho‘rlangan sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish darajasini quyosh energiyasi quvvati orasidagi funksional bog‘liqligi asosida, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini bashorat qilish uslubi yaratilgan;
mikrometr yordamida g‘o‘za bargini qalinligini o‘lchash asosida tuproqning sho‘rlanish darajasini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holat ko‘rsatkichlarini dinamik modelini yaratish (Qashqadaryo viloyati misolida) bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
Quyosh energiyasi quvvatini tuproq haroratiga bog‘lash, korrellyasion tahlili asosida sug‘oriladigan maydonning tuproq harorati va sizot suvlari sathi orasidagi funksional bog‘liqlik uslubi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Meliorativ ekspedisiyasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 21-maydagi 02/19-2225-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim ko‘rsatkichlari orqali to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilishning aniq usuli ta’minlanib, sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holat ko‘rsatkichlarini aniq baholash imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida turlicha sho‘rlangan sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish darajasini quyosh energiyasi quvvati orasidagi funksional bog‘liqligi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini bashorat qilish uslubi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Meliorativ ekspedisiyasida joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 21-maydagi 02/19-2225-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatida g‘o‘za ekilgan sug‘oriladigan maydonlar tuproqlarining sho‘rlanishi bo‘yicha tahlillar olib borish samaradorligi oshdi hamda ekinlarning hosildorligini bashorat qilish imkoniyati yaratildi;
G‘o‘za bargining qalinligi mikrometr yordamida o‘lchash asosida sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holat ko‘rsatkichlarini o‘zgaruvchanligini tezkor baholash uslubi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Meliorativ ekspedisiya bo‘limida hamda Oq-suv irrigatsiya tizim boshqarmasida joriy qilindi. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 21-maydagi 02/19-2225-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sevarova Rohat” fermer xo‘jaligi misolida paxta hosildorligini 10-15 foizga oshirishga erishildi.