Urishova Dilafruz Boboraimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalarning energiya tejamkor gidravlik ish rejimlarini hisoblash uslublarini takomillashtirish”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6049
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Eshev Sobir Samadovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Bekmamat - texnika fanlari doktori, dotsent; Rahimov Ashraf Rasul o‘g‘li - texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos stansiyalarning energiya tejamkor gidravlik ish rejimlarini agregatlar energiya iste’molini minimallashtirish asosida hisoblash uslublarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki bosimli quvurlar va ulardagi jihozlar o‘lchamlarini optimallashtirish uslubiyoti nasoslar energiya iste’moli minimumi va foydali ish koeffisienti maksimumi mezonlarini inobatga olib takomillashtirilgan;
parallel ishlayotgan nasoslar soni, rusumi, quvurlar tizimi va nasos napor xarakteristikalarining o‘zgarmas gidravlik koeffisientlarini inobatga olgan holda umumiy naporni hisoblashning analitik ifodasi olingan. 
parallel ishlayotgan nasoslarning energiya iste’molini va nasoslar rusumini aniqlash uslubiyoti napor va suv berish unumdorligining maksimal foydali ish koeffisientini ta’minlaydigan qiymatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;.
parallel ishlayotgan nasoslar soni o‘zgarganda nasos foydali ish koeffisientini oshirish imkonini beradigan uning ish rejimini rostlash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nasos stansiyalarning gidravlik ish rejimi parametrlarini energiya iste’molini minimallashtirish asosida hisoblash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parallel ishlayotgan nasoslar soni o‘zgarganda nasos foydali ish koeffisientini oshirish imkonini beradigan nasos stansiyasining ish rejimini rostlash tizimi uchun Qozoqiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan berilgan foydali model uchun patent olingan (№10733). Ushbu tizimdan foydalanish natijasida nasoslarning foydali ish koeffisientini 3...5 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
 nasos stansiyasi ichki bosim quvurlari va ulardagi jihozlarning optimal parametrlarini aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi Vazirligiga qarashli Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Qorasuv nasos stansiyasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 27 sentyabrdagi 04/19-5285 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur nasos stansiyasining ichki bosimli quvurlari va jihozlarning parametrlarini o‘zgartirish asosida bir yilda bitta nasosda 59361 kVt·soat elektr energiyasi tejalgan.
ichki bosimli quvurlarning optimal o‘lchamlarini va parallel ishlaydigan nasoslarning parametrlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari "RUS GIDRO PROJECT" MChJ loyihalash tashkilotida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yildagi 27 sentyabrdagi 04/19-5285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kompyu`ter dasturlaridan foydanilganligi uchun olingan natijalar aniqligi 10 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish