Yuldosheva Umida Temurovnning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidrouzel pastki befidagi bog‘langan gruntli kanalning deformatsiyalarini tadqiq etish”,
05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T6051
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Qarshiev Rustam Juraevich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Yangiev Asror Abdixamidovich, texnika fanlari doktori, professor, Suyunov Javlon Sheralievich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: pastki bef bog‘langan gruntli kanal o‘zanining deformatsiyalanadigan uchastkasidagi mahalliy yuvilishning gidravlik hisob usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inshoot pastki befidagi kanal o‘zanining deformatsiyalanadigan uchastkasida bog‘langan grunt va gidravlik sakrash sharoitlari inobatga olinib oqim tezligining mahalliy yuvilish zonasini o‘lchamlariga ta’siri baholangan;
bog‘langan gruntli kanalning mahalliy yuvilish jarayonida kinetik energiya koeffisientining aniqlanishi so‘ndirgichdan keyingi sakrashning sharoiti va tezliklarning tarqalish notekisligi inobatga olinib takomillashtirilgan;
inshoot pastki befidagi bog‘langan gruntli kanalning mahalliy yuvilishi chuqurligini vaqt bo‘yicha yuvilishi inobatga olinib bog‘langan grunt yuvilishining intensivligini baholash olingan ma’lumotlarni statistik qayta ishlash usuliga ko‘ra asoslangan;
inshoot pastki bef mahkamlangan uchastkadan keyingi mahalliy yuvilish zonasining maksimal chuqurligigacha bo‘lgan masofani va mahalliy yuvilish zonasini umumiy uzunligini aniqlashning hisobiy empirik bog‘lanishlari inobatga olinib, bog‘langan gruntli o‘zanning mahalliy deformatsiyalarini gidravlik hisob usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inshoot pastki befi bog‘langan gruntli uchastkasidagi mahalliy yuvilishni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pastki bef bog‘langan gruntli uchastkasida deformatsion jarayonlarni hisoblash usuli Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining “Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida joylashgan M-3 kanalida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 27-sentyabr 2025-yil 04/19-5286-son ma’lumotnomasi). Natijada kanallarning suv o‘tkazish imkoniyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi asosida 5-8 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
“Inshoot pastki befi deformatsiyalanadigan uchastkasidagi mahalliy yuvilishni hisobi bo‘yicha tavsiyalar” “Gidroproekt” MChJ da foydalanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 27-sentyabr 2025-yil 04/19-5286-son ma’lumotnomasi). Natijada kanallarning suv o‘tkazish imkoniyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi asosida 7-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
“Inshoot pastki befi deformatsiyalanadigan uchastkasidagi mahalliy yuvilishni hisobi bo‘yicha tavsiyalar” “Suv xo‘jaligi vazirligi” tasarrufidagi “UZGIP” AJ loyihalash institutida gidrotexnika inshootlarini loyihalashda foydalanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 27-sentyabr 2025-yil 04/19-5286-son ma’lumotnomasi). Natijada kanal deformatsion jarayonlarining kamayishiga va foydalanish samaradorligini 7-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.