Abduraxmonova Shohidaxon Abduqodirovna 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
 e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integratsiyalashgan ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarning amaliy kasbga tayyorgarlash metodikasini takomillashtirish (“Materialshunoslik” fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va  tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped6988
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: pedagogika fanlari doktori, professor, Himmataliev Do‘stnazar Omonovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor, Xakimova Muxabbat Fayzievna (13.00.05); texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Berdimuratov Paraxat Tadjimuratovich (05.07.01).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti. 
Dissertatsya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika oliy ta’lim muassasalarida integratsiyalashgan ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarning amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasiga xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliy kasbiy faoliyatining mazmuni, tuzilishi va ko‘p o‘lchovli xususiyatlarini aniqlab, amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda ixtisoslik fanlarni o‘qitish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bo‘lajak muhandislarning amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning metodik asoslari aniqlashtirilgan;
talabalarning amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda o‘z darajasini aks ettirishi uchun testlar, yozma ishlar, dasturlar, so‘rovnomalar, imtihonlar va tashxislashning muqobil usullarini ishlab chiqish va ilmiylik, uzlyuksizlik, tizimlilik, integrativlik, prognostik, innovatsionlik tamoyillari yordamida bo‘lajak muhandislarning amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning metodik modeli ishlab chiqilgan;
integratsiyalashgan ta’lim muhitida texnologik, tadqiqiy va integrativ yondashuvlar asosida va ixtisoslik fanlarni o‘qitishning uslubiy ta’minotini mazmunan rivojlantirish, amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishni modellashtirish, ixtisoslik fanlarni o‘qitish metodikasi Critical thinking development, “SCAMPER” strategiyasi, Violent attask of thougths, Blask Box Testing, Paradokslar kabi interfaol metodlar yordamida takomillashtirilgan;       
talabalarning reproduktiv, kreativ hamda izlanuvchan kabi amaliy kasbiy kompetentlik ko‘rsatkichlari hamda vitagen (amaliy faoliyat tajribasi) parametrlarini masofaviy shaklda kompleks va avtomatik baholash bosqichlari differensial  va metodologik yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida integratsiyalashgan ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarning amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliy kasbiy faoliyatining mazmuni, tuzilishi va ko‘p o‘lchovli xususiyatlarini aniqlab, ixtisoslik fanlarni o‘qitish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bo‘lajak muhandislarning amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning metodik asoslarini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalari “Materiallarning fizik xossalari”, “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi” va “Materialshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 26-iyundagi 02/01-01-235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning muhandislikka doir amaliy kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lingan;
talabalarning integratsiyalashgan ta’lim muhitida ilmiylik, uzlyuksizlik, tizimlilik, integrativlik, prognostik, innovatsionlik tamoyillari yordamida bo‘lajak muhandislarning amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning metodik modeli mazkur tamoyillarni mantiqiy asosiga tayangan holda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Jizzax politexnika institutlarida tajriba-sinovidan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 26-iyundagi 02/01-01-235-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur model talabalarning amaliy kasbiy kompetensiyasini oshirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarning amaliy kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik mexanizmini talabaning shaxsiy potensialini namoyon bo‘lishiga qaratilgan subekt-subekt munosabatlar tizimini individual ta’lim traektoriyasi bilan talabalarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga mo‘ljallangan “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi” nomli elektron darslik va mobil ilovalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 26-iyundagi 02/01-01-235-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni amaliy kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish