Djalalova Moxinur Abdusattor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha yosh davri  (6-7 yosh) bolalarida ruhiy salomatlik va agressivlik holatlarining o‘zaro bog‘liqligi», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi . 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P631.
Ilmiy rahbar: Isakova Muazzam Tulkinovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ahrorov Vorisxon Yunusovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yosh davri bolalarida agressivlik va ruhiy salomatlik holatining o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish va  tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
6-7 yoshli bolalarning ontogenetik taraqqiyotiga ko‘ra maktabgacha yosh davrida ruhiy salomatlik hissiy, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishni shaxslararo munosabatlar negizida namoyon bo‘lishi bilan identivligi tufayli bolaning o‘z “Men” haqidagi tasavvurlarini kattalar fikriga bog‘liq shakllanishidagi pozitiv va salbiy emotsional jihatlar situativ xulq kongruentligi asosida aniqlashtirilgan; 
maktabgacha yosh davridagi bolalar ruhiy salomatligiga agressiv holatlarning ta’siri bolalarning o‘zgalarni e’tiborini jalb qilishdagi impulsiv-namoyishkorona hatti-harakatlari, yoqtirgan o‘yinchoqlariga erishish istagida aks etgan jismoniy faolligi bilan bog‘liqligiga ko‘ra situativ harakterda namoyon bo‘luvchi vegetatik, emosional belgilarning intensivligi orqali o‘zgaruvchi ijtimoiy ko‘nikmalarga identivligi aniqlashtirilgan; 
bolalarning kattalar bilan munosabatlariga ko‘ra tarbiyachi va ota-onalarning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolani emotsional qabul qilganlik darajasi orqali o‘zaro aloqalardagi xavotir hissi va agressiv reaksiyalar vektorini hosil bo‘lishiga asoslanib shaxs ruhiy salomatligining “bola-ota-ona”, “bola-tarbiyachi” muloqoti modalligini belgilab beruvchi bolani hissiy o‘zini baholashiga oid sub’ektiv omillar dalillangan; 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning agressiv holatlarini bartaraf etishda impulsiv-namoyishkorona harakatlar, qoidalarga bo‘ysunmaslik, atrofga nisbatan tajovuzkorlik kabi salbiy odatlarga emosiyalarni barqarorlashtirish orqali ta’sir etish muhimligiga ko‘ra konstruktiv muloqot ko‘nikmasi va empatiyani bola tomonidan kattalar xulqini qadriyatlar asosida identifikatsiyalanishiga muvofiq rivojlantirish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Maktabgacha yosh davri  (6-7 yosh) bolalarida ruhiy salomatlik va agressivlik holatlarining o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha olingan tadqiqot ishi natijalari asosida:
6-7 yoshli bolalarning ontogenetik taraqqiyotiga ko‘ra maktabgacha yosh davrida ruhiy salomatlik hissiy, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishni shaxslararo munosabatlar negizida namoyon bo‘lishi bilan identivligi tufayli bolaning o‘z “Men” haqidagi tasavvurlarini kattalar fikriga bog‘liq shakllanishidagi pozitiv va salbiy emosional jihatlar situativ xulq kongruentligi asosida aniqlashtirilgan  ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 23-avgustdagi 442-son buyrug‘i bilan « Ontogenez va rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 20-avgustdagi 442a-son ma’lumotnomasi).  Natijada, ruhiy salomatlik hissiy, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishni shaxslararo munosabatlar negizida namoyon bo‘lishi aniqlanishiga erishilgan;
maktabgacha yosh davridagi bolalar ruhiy salomatligiga agressiv holatlarning ta’siri bolalarning o‘zgalarni e’tiborini jalb qilishdagi impulsiv-namoyishkorona hatti-harakatlari, yoqtirgan o‘yinchoqlariga erishish istagida aks etgan jismoniy faolligi bilan bog‘liqligiga ko‘ra situativ harakterda namoyon bo‘luvchi vegetatik, emosional belgilarning intensivligi orqali o‘zgaruvchi ijtimoiy ko‘nikmalarga identivligi aniqlashtirilgan haqidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 23-avgustdagi 442-son buyrug‘i bilan « Ontogenez va rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 20-avgustdagi 442a-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yosh davridagi bolalar ruhiy salomatligiga agressiv holatlarning ta’siri va ijtimoiy ko‘nikmalarga identivligi aniqlashtirilishiga erishilgan;
bolalarning kattalar bilan munosabatlariga ko‘ra tarbiyachi va ota-onalarning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolani emosional qabul qilganlik darajasi orqali o‘zaro aloqalardagi xavotir hissi va agressiv reaksiyalar vektorini hosil bo‘lishiga asoslanib shaxs ruhiy salomatligining “bola-ota-ona”, “bola-tarbiyachi” muloqoti modalligini belgilab beruvchi bolani hissiy o‘zini baholashiga oid sub’ektiv omillar dalillanganligi borasidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 23-avgustdagi 442-son buyrug‘i bilan « Ontogenez va rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 20-avgustdagi 442a-son ma’lumotnomasi). Natijada, boʻlajak pedagog-psixolog mutaxassislarni oilada «ota-ona–bola» munosabatlari psixologiyasiga oid oʻquv mashgʻulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan; 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning agressiv holatlarini bartaraf etishda impulsiv-namoyishkorona harakatlar, qoidalarga bo‘ysunmaslik, atrofga nisbatan tajovuzkorlik kabi salbiy odatlarga emotsiyalarni barqarorlashtirish orqali ta’sir etish muhimligiga ko‘ra konstruktiv muloqot ko‘nikmasi va empatiyani bola tomonidan kattalar xulqini qadriyatlar asosida identifikatsiyalanishiga muvofiq rivojlantirish zarurligi dalillangan to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 23-avgustdagi 442-son buyrug‘i bilan « Ontogenez va rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 20-avgustdagi 442a-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yosh davri boalarida ruhiy salomatlik holatlarini pozitivlashtirish, agressiv holatlarini pasaytirishga qaratilgan korreksion ishlarni amalga oshirish sharoiti yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish