Babajanov Maqsadbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari» mavzusidagi 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2024.2.PhD/P900.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: .Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xalimova Mashraboy Vahidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim talabalari diqqatining individual xususiyatlarini aniqlash, ularni tizimli tahlil qilish asosida ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixologik trening dasturini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etishdir.
III. Tadqiqotning yangiligi:
talabalik davrida diqqatning ixtiyorsizdan ixtiyoriy nazoratga o‘tish jarayoni metakognitiv monitoring va neyropsixologik integratsiyasiga ko‘ra diqqatning barqarorligi, konsentratsiyasi, ko‘chuvchanligi, perseptiv tanlovchanligi va bajarish tezligi yosh, jins, kurs, dominant idrok kanali hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq holda farqlanishi tufayli ixtiyoriy diqqatning kognitiv-regulyativ tizim doirasida o‘zaro integratsiyalashgan psixik boshqaruv modeli modellashtirilgan.
diqqat faoliyatini baholashga mo‘ljallangan yangi diagnostik modelning psixometrik parametrlari Kronbax alfa orqali ishonchliligi, konfirmator faktor tahlili orqali konstruksion validligi, power tahlili yordamida statistik kuchi va klaster usuli orqali individuallik darajalari o‘rganilishi natijasida yuqori, o‘rta va past funksional profillardan kelib chiqib diqqat tizimining ichki ierarxiyasi hamda uning regulyativ kognitiv mexanizmlari tizimi dalillangan.
talabalarda diqqatni rivojlantirishga qaratilgan trening modelini ishlab chiqishda meditatsiya orqali ichki mushohada, kognitiv fidbek vositasida fiziologik teskari aloqa, metakognitiv monitoring va refleksiv tahlil usullari yordamida kognitiv jarayonlarni anglangan boshqarish tizimi asosida psixik barqarorlik, tanlovchan diqqat va tafakkurning ritmik uzlyuksizligi kabi funksiyalarning integratsiyalangan ongli idora tizimi asoslangan.
talabalarda diqqatni rivojlantirishda adaptiv algoritmlarga ko‘ra real vaqt rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi intellektual tizim orqali diqqat holatini baholash va rivojlantirish kabi teskari aloqa mexanizmlari tufayli foydalanuvchining dominant idrok kanali, o‘zini boshqarish ko‘rsatkichlari hamda tafakkur darajasiga xos individual mashg‘ulotlarni moslashtiruvchi raqamli platforma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari mavzusida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalik davrida diqqatning ixtiyorsizdan ixtiyoriy nazoratga o‘tish jarayoni metakognitiv monitoring va neyropsixologik integratsiyasiga ko‘ra diqqatning barqarorligi, konsentratsiyasi, ko‘chuvchanligi, perseptiv tanlovchanligi va bajarish tezligi yosh, jins, kurs, dominant idrok kanali hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq holda farqlanishi tufayli ixtiyoriy diqqatning kognitiv-regulyativ tizim doirasida o‘zaro integratsiyalashgan psixik boshqaruv modeli modellashtirilganligiga oid ilmiy xulosa Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 23-avgustdagi 444-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 20-avgustdagi 444a-son ma’lumotnomasi). Natijada, diqqatning ixtiyorsizdan ixtiyoriyga o‘tish mexanizmlarini ifodalovchi psixik boshqaruv tizimi sifatida modellashtirilgan konseptual yondashuv shakllantirilgan;
diqqat faoliyatini baholashga mo‘ljallangan yangi diagnostik modelning psixometrik parametrlari Kronbax alfa orqali ishonchliligi, konfirmator faktor tahlili orqali konstruksion validligi, power tahlili yordamida statistik kuchi va klaster usuli orqali individuallik darajalari o‘rganilishi natijasida yuqori, o‘rta va past funksional profillardan kelib chiqib diqqat tizimining ichki ierarxiyasi hamda uning regulyativ kognitiv mexanizmlari tizimi dalillanganligiga oid ilmiy xulosa Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 23-avgustdagi 444-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 20-avgustdagi 444a-son ma’lumotnomasi). Natijada diqqat tizimining ichki strukturasi asosida trening samaradorligini aniqlovchi ilmiy asos yaratilgan;
talabalarda diqqatni rivojlantirishga qaratilgan trening modelini ishlab chiqishda meditatsiya orqali ichki mushohada, kognitiv fidbek vositasida fiziologik teskari aloqa, metakognitiv monitoring va refleksiv tahlil usullari yordamida kognitiv jarayonlarni anglangan boshqarish tizimi asosida psixik barqarorlik, tanlovchan diqqat va tafakkurning ritmik uzlyuksizligi kabi funksiyalarning integratsiyalangan ongli idora tizimi asoslanganligiga oid yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 23-avgustdagi 444-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 20-avgustdagi 444a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ixtiyoriy diqqat boshqaruvi asosida diqqat funksiyalarini faollashtirishga doir trening vositalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda diqqatni rivojlantirishda adaptiv algoritmlarga ko‘ra real vaqt rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi intellektual tizim orqali diqqat holatini baholash va rivojlantirish kabi teskari aloqa mexanizmlari tufayli foydalanuvchining dominant idrok kanali, o‘zini boshqarish ko‘rsatkichlari hamda tafakkur darajasiga xos individual mashg‘ulotlarni moslashtiruvchi raqamli platforma ishlab chiqilganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 23-avgustdagi 444-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2025-yil 20-avgustdagi 444a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixik faoliyatni individual parametrlar asosida nazorat qilish va diqqatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv vositalar taqdim etilgan.