Sadinov Fazliddin Pardaevichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining veterinariya terminologiyasi” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1937
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ermatov Ixtiyor Rizoqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi veterinariya terminlarining struktur, semantik, leksikografik xususiyatlarini ochib berish, mavzuiy guruhini belgilash hamda soha terminlari qo‘llanishining bir xilligini ta’minlashni aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
veterinariya terminologik tizimining vujudga kelish tarixi, ijtimoiy, lisoniy omillari yoritilib, veterinariya terminlarining ideografik hamda izohli lug‘atini tuzishning ko‘p komponentli, o‘z va o‘zlashgan terminlar shakllanishining lug‘aviy, semantik, leksikografik tamoyillari asoslangan;
veterinariya terminlari turli tillarga xos istilohlardan tashkil topganligi, veterinariya terminologiyasining lingvistik parametrlaridagi kuydir+gi, ko‘tar+am kabi affiksatsiya, qora+son, ko‘k+maraz kabi kompozision, jigar to‘qimalari, katta qorin alkalozi kabi birikmali, tuya chechagi, qo‘chqor epididimiti singari semantik va Osiyo touni, Ringer eritmasi kabi eponimik usullar bilan boyib borishi isbotlangan;
stomatit, astma, ketonuriya kabi veterinariya mutaxassislari leksikonida qo‘llanadigan o‘zlashma terminlarni milliylashtirish yuzasidan qilov, ko‘ksov, bosqoq singari terminlar tavsiya etilib, ularning og‘zaki nutqda qulayligi, xalqchilligi, barcha shevalarga mos kelishi dalillangan;
sohada ishlatiladigan kimyoviy terminlar qo‘llanishidagi har xilliklarni bartaraf etish, ularning tarixiy taraqqiyoti, boshqa tillardan o‘zlashish sabablari hamda kimyoviy terminlarning paydo bo‘lishida tabiiy hodisalar, hayvonlar migratsiyasi, makon bilan bog‘liq jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda qo‘lga kiritilgan nazariy va amaliy natijalari soha terminlarini tartibga solish, shuningdek, sohaga doir lug‘aviy birliklarni tadqiq qilish asosida:
veterinariya terminologik tizimining vujudga kelish tarixi, ijtimoiy, lisoniy omillari yoritilib, veterinariya terminlarining ideografik hamda izohli lug‘atini tuzishning ko‘p komponentli, o‘z va o‘zlashgan terminlar shakllanishining lug‘aviy, semantik, leksikografik tamoyillari asoslangan o‘rinlardan Samarqand telekanali orqali 2024-yil oktabr oyi davomida efirga uzatilgan “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-noyabrdagi 01-07/343-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi va ahamiyati oshishiga xizmat qilgan.
veterinariya terminlari turli tillarga xos istilohlardan tashkil topganligi, veterinariya terminologiyasining lingvistik parametrlaridagi kuydir+gi, ko‘tar+am kabi affiksatsiya, qora+son, ko‘k+maraz kabi kompozision, jigar to‘qimalari, katta qorin alkalozi kabi birikmali, tuya chechagi, qo‘chqor epidimiti singari semantik va Osiyo touni, Ringer eritmasi kabi eponimik usullar bilan boyib borishi isbotganligiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanildi (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 12-iyundagi 348/1-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.
stomatit, astma, ketonuriya kabi veterinariya mutaxassislari leksikonida qo‘llanadigan o‘zlashma terminlarni milliylashtirish yuzasidan qilov, ko‘ksov, bosqoq singari terminlar tavsiya etilib, ularning og‘zaki nutqda qulayligi, xalqchilligi, barcha shevalarga mos kelishi dalillangan o‘rinlardan Veterinariya ilmiy tadqiqot institutda 2021–2022-yillarda bajarilgan A–BK–2021–486-sonli “Qoramollar qon parazitar teliryoz kasalligiga qarshi vaksina yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Veterinariya ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 6-noyabrdagi 27/1-416-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va to‘plamlarning hamda olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
sohada ishlatiladigan kimyoviy terminlar qo‘llanishidagi har xilliklarni bartaraf etish, ularning tarixiy taraqqiyoti, boshqa tillardan o‘zlashish sabablari hamda kimyoviy terminlarning paydo bo‘lishida tabiiy hodisalar, hayvonlar migratsiyasi, makon bilan bog‘liq jihatlari ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan olib borilgan 2022–2023-yillarda bajarilgan AL-442105872-raqamli “Kimyo atamalarining izohli lug‘atini yaratish” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan berilgan 2024-yil 7-noyabrdagi 1593-sonli ma’lumotnomasi) mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. Natijada loyiha ishining veterinariya bilan bog‘liq terminlarini ishlatish o‘rinlari bugungi kun uchun ahamiyatli jihatlari bilan to‘ldirildi.