Maxkamova Guluzroxon Abdumutalibovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning o‘quv-kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish (5-6-sinf ona tili darslari misolida)”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.1.PhD/Ped.4509
Ilmiy rahbar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Hasanov Sharobiddin A’zamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor; Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning o‘quv-kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning o‘quv-kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mazmuni ta’lim oluvchilar lingvistik bilimlarini chuqurlashtirish tizimiga ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanishga qaratilgan kontekstual o‘yinlar va kommunikativ topshiriqlar to‘plamini o‘quv vaziyatlariga samarali transfer qilish asosida takomillashtirilgan;
ona tili ta’limida ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarda metonimik tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashni chuqurlashtiruvchi kommunikativ yondashuv va ijodiy topshiriqlar majmuiga o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida metaforik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muloqot muhitini sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanishning didaktik ta’minoti metaforik tafakkurini rivojlantirish hamda bilimlarni real kommunikativ vaziyatlarda qo‘llashni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoniga metonimik birliklarni o‘zlashtirish va nutqda faol qo‘llashni ta’minlaydigan integratsiyalashgan metodik tizimni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanishning innovatsion texnologiyasi lingvistik birliklarni o‘rgatishda bosqichma-bosqich yondashuv, kontekstual tahlil, interfaol mashqlar va ijodiy faoliyatga asoslangan metodlarni kognitiv-emotsional o‘zlashtirishni rivojlantiradigan zamonaviy IT tizimiga (“Tezaurus” platformasi) adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning o‘quv-ta’limiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning o‘quv-kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mazmuni ta’lim oluvchilar lingvistik bilimlarini chuqurlashtirish tizimiga ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanishga qaratilgan kontekstual o‘yinlar va kommunikativ topshiriqlar to‘plamini o‘quv vaziyatlariga samarali transfer qilish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan 2022–2023-yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli “Mamlakatimizda millatlararo munosabatni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi 02-12-05-788-son ma’lumotnoma). Natijada o‘quvchida ma’no nozikliklarini his qilishga erishish, hissiyotga ta’sir qilish yo‘llari aniqlashtirilgan, ko‘chma ma’noli so‘zlarning jozibadorligini idrok etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ona tili ta’limida ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarda metonimik tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashni chuqurlashtiruvchi kommunikativ yondashuv va ijodiy topshiriqlar majmuiga o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida metaforik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muloqot muhitini sinxronlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Ona-tili o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-305 raqamli ruxsatnoma). Natijada o‘quvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirish hamda kundalik hayotda foydalanish, ijodiy fikrlash, ijtimoiy muhitga tez kirishish, muammoni hal qilish qobiliyatlarining didaktik ta’minoti takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarning ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanishning didaktik ta’minoti metaforik tafakkurini rivojlantirish hamda bilimlarni real kommunikativ vaziyatlarda qo‘llashni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoniga metonimik birliklarni o‘zlashtirish va nutqda faol qo‘llashni ta’minlaydigan integratsiyalashgan metodik tizimni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid yangiliklaridan 2021-2022-yillarda bajarilgan AI-201704 raqamli “Umumta’lim mussasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirsh va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2024-yil 12-dekabrdagi 1405/300204 son ma’lumotnoma). Natijada o‘quvchilarning o‘quv-ta’limiy kompetensiyalarini ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirish bo‘yicha metodik ta’minotni aniqlashga xizmat qildi;
o‘quvchilarning o‘quv-kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanishning innovatsion texnologiyasi lingvistik birliklarni o‘rgatishda bosqichma-bosqich yondashuv, kontekstual tahlil, interfaol mashqlar va ijodiy faoliyatga asoslangan metodlarni kognitiv-emotsional o‘zlashtirishni rivojlantiradigan zamonaviy IT tizimiga (“Tezaurus” platformasi) adaptatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan 2022–2023-yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli “Mamlakatimizda millatlararo munosabatni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi 02-12-05-788-son ma’lumotnoma). Natijada o‘quvchilarning o‘quv-ta’limiy kompetensiyalarini ko‘chma ma’noli so‘zlar orqali rivojlantirishning samaradorligi ortishiga xizmat qilgan.